MADRASA

MADRASA (arab, darasa—oʻrganmoq) — musulmonlarning oʻrta va oliy oʻquv yurti. Ulamolar va maktabdorlar, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida davlat organlari xizmatchilarini ham tayyorlaydi. 7—8-a. larda islom dini ulamolari musulmon ilohiyoti masalalarini sharhlab berib turadigan markaz sifatida arab davlatlarida paydo boʻlgan. 9—13-a. larda islom diniga eʼtiqod qilinadigan mamlakatlarda, jumladan, Oʻrta Osiyoda tarqaldi. Madrasa larda milliy ziyolilar … Читать далее

MATERIALLAR QARSHILIGI

MATERIALLAR QARSHILIGI — inshootlar elementlari va mashinalar detallarining mustahkamligi va deformatsiyalanuvchanligi (ishlov berishga moyilligi) ni, ularni tayyorlashda foidalaniladigan materiallarning fizikmexanik xossalari va tuzilishiga xos xususiyatlarni oʻrganuvchi fan. Asosiy vazifasi — elementlar va detallarga statik va dinamik kuchlar (nagruzkalar) taʼsir etganda ularni mustahkamlik, bikrlik (qattiklik), us-tuvorlik va tebranishlarga hisoblash usullarini ishlab chiqish. Asosiy oʻrganish obyektlari — … Читать далее

MARMAR

MARMAR (lot. marmor, yun. marmaros — yaltiroq tosh soʻzidan) — kristalli togʻ jinsi. Ohaktosh yoki dolomitning toʻla qayta kristallanishidan hosil boʻlgan. Mineral donachalarining oʻlchamiga qarab (0,05 — 2,25 mm) mayda, oʻrtacha va yirik donachali Marmarlar farq qilinadi. Mayda donachali Marmar sifatli hisoblanadi, chunki unda gʻovak va darzlik kam. M. ningtarkibi, asosan, kalsit (SaSO3)dan iborat, ozroq … Читать далее

MUHAMMAD AMINXON

MUHAMMAD AMINXON (1817-55) — Xiva xoni (1846—55). Olloqulixonning oʻgʻli. Xiva xonligini iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan oldingi xonlar siyosatini davom ettirdi. Atrofidagi barcha isyonkor turkman qabilalarini boʻysundirdi va xonlik daromadini oshirdi. Muhammad Aminxon oʻz hukmronligi davrida Xuroson va Marvga 10-martadan koʻproq qoʻshin tortib bordi. Xonlik poytaxti boʻlgan Xiva sh. da va uning atrofida keng … Читать далее

POLIGONOMETRIYA

POLIGONOMETRIYA (yun. polygonos — koʻpburchakli va…metriya) — Yer sir-tidagi nuqtalarning oʻzaro vaziyatini aniqlash usullaridan biri. Serdaraxt va koʻp binoli joylarda triangulyatsiya oʻrniga qoʻllaniladi. Geodezik tayanch shoxobchalarini (q. Geodezik punkt) yasashda qoʻl keladi. Poligonometrik tarmoklar va yurishlarning anikdigi hamda navbatiga qarab, Poligonometriya triangulyatsiya talablariga javob beradigan 4 sinfga boʻlinadi. Geodezik tayanch shoxobchalari yordamida topografik syomkalardagi tayanch … Читать далее

MOʻYNOQ TUMANI

MOʻYNOQ TUMANI — Qoraqalpogʻiston Respublikasining shim. dagi tuman. 1931-y. 19 sent. da tashkil etilgan. Amudaryo deltasi, Orol dengizining jan. dagi hududlarni egallaydi. Qoraoʻzak, Chimboy, Boʻzatov tumanlari, Krzogʻiston Respublikasining Oqtoʻba, Qiziloʻrda viloyatlari bilan chegaradosh. Mayd. 37,94 ming km2. Aholisi 28,8 ming kishi (2003). Tumanda 5 ovul fukarolari yigʻini (Boʻzatov, Madali, Tikoʻzak, Uchsoy, Qozoqdaryo), 1 shahar (Moʻynoq) … Читать далее

MUHANDISLIK GEOLOGIYASI

MUHANDISLIK GEOLOGIYASI — geologiyaning Yer pusti yuqori qatlamlarining hoz. geologik sharoitlari va dinamikasini muhandislikqurilish va b. xoʻjalik tadbirlari nuqtayi nazaridan oʻrganadigan sohasi. Muhandislik geologiyasining asosiy vazifasi — geologiyaning turli inshootlarni loyihalash, qurish va undan foydalanish bilan bogʻliq amaliy masalalarni yechish. Shuningdek, Muhandislik geologiyasi geografik muhitdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda muhim rol oʻynaydi. Muhandislik … Читать далее

MUNCHOQTEPA YODGORLIKLARI

MUNCHOQTEPA YODGORLIKLARI — qad. arxeologik yodgorliklar majmuasi. Namangan viloyati, Pop sh. dan 2 km jan. da, Sirdaryo boʻyida joylashgan. Munchoqtepa, Balandtepa, Temirqasmoqtepalardan iborat. Arxeologik qazishmalarga koʻra, Balandtepa (1—8-a), Temirqasmoqtepa shahar xarobalari, Munchoqtepa esa shahar qabristoni (1—8-a.) hisoblanadi. Munchoqtepa yodgorliklari guruhida 1988-y. jahonshumul ahamiyatga molik arxeologik kashfiyot qilindi. Munchoqtepa I yodgorligida yakka tartibdagi qabrlar, Munchoqtepa II … Читать далее

MIRBOZOR

MIRBOZOR — Samarqand viloyati Narpay tumanidagi shaharcha (1992-y. dan). Samarqanddan 106 km. Tuman markazi (Oktosh sh.)dan 6 km shim. da. Yakin t. y. stansiyasi — Zirabuloq (5 km). Aholisi qariyb 5,3 ming kishi (2002). Mirbozorda avtokorxona, yoʻl qurilish idorasi, dehqon bozori, oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi, «Kamalak» maishiy xizmat uyi binolari, madaniy, savdo xizmati koʻrsatish shoxobchalari, biznes … Читать далее

MUHANDIS

MUHANDIS (arab) , injener — texnikaning muayyan bir sohasiga ixtisoslashgan mutaxassis; texnika sohalaridan biri boʻyicha oliy maʼlumotli kasb egasi. Ilgari Sharqda binokor, yer oʻlchovchi, bino va inshootlarni loyihalovchi, handasa (geometriya) bilan shugʻullanuvchi kishilar Muhandis deb atalgan. Bagʻdod, Damashq, Buxoro, Xiva, Samarqand, Toshkent, Qoʻqon va b. sha-xarlarda hozirgacha saqlanib qolgan qad. bino va inshootlar qurilishida foydalanilgan … Читать далее