XLORID

XLORID KISLOTA, NS1 bir asos li kuchli kislota; vodorod xloridning suvdagi eritmasi. Rangsiz tiniq suyuklik, vodorod xlorid hidi keladi; X. k. ning maksimal konsentratsiyasi 36% dan oshmaydi; bunday konsentratsiyadagi eritmaning zichligi 1180 kg/m3, u havoda tutaydi. 16-a. ning oxirida Xlorid osh tuzini temir kuporosi bilan qizdirib olingan. 17-a. oʻrtalarida nemis kimyogari I. Glauber NaCl ga … Читать далее

PARUSINA

PARUSINA (rus. parus — yelkan) — zigʻir tolali yoki yarim zigʻir tolali qalin va zalvor mato. Yoʻgʻon kalava ipdan polotno oʻrilishda toʻqiladi (q. Oʻrilish). Dastlab, asosan, yelkanlar tayyorlash uchun ishlatilgan (nomi shundan). Hozir texnik maqsadlarda (yelkan, brezent, poyabzal va b. uchun), ish kiyimlari, maxsus kiyim-boshlar tikish uchun ishlatiladi. Пост Навигацияси

OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI

OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI (OʻzSSR), Oʻzbekiston SSR — Oʻrta Osiyoda milliyhududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida tashkil topgan va SSSR tarkibiga kirgan milliy respublika (1925—91). Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Buxoro Xalk Sovet Respublikasi va Xorazm Xalk Sovet Respublikasi hududlarining, asosan, oʻzbeklar va qoraqalpoqlar yashaydigan qismlarida vujudga kelgan. Oʻrta Osiyoning markaziy qismida joylashgan. Mayd. 447 400 km2. … Читать далее

TOSHKENT

TOSHKENT — shahar, Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti, Toshkent viloyati markazi. Markaziy Osiyoning yirik sanoattransport chorrraxasi va madaniyat markazlaridan. Respublikaning shim. sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440—480 m balandlikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. Iqlimi kontinental, yillik oʻrtacha t-ra 13,3°, yanv. ning oʻrtacha trasi —1,1°, eng past t-ra —29°. Iyulning oʻrtacha trasi 27,5°, eng yuqori t-ra 42°. Yiliga … Читать далее

BUYUK BRITANIYA

BUYUK BRITANIYA, Britaniya, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi (United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) — Shim. Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya o. (mamlakat hududining 90%i shu orolda) va Irlandiya o. ning shim. sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va b.)da joylashgan. Gʻarbdan Atlantika okeani, … Читать далее

MAJEYKYAY

MAJEYKYAY — Litvadagi Majeykyay rayoni markazi. Vilnyus sh. dan 291 km shim.-gʻarbda joylashgan. Liyepaya, Shyaulyay, Yelgava sh. lari yoʻnalishidagi t. y. tuguni. Aholisi 46,6 ming kishi (1995). Neftni qayta ishlash z-di (M. dan 15 km naryada), elektrotexnika, kompressor, zigʻir, pivo z-dlari, poyabzal va mebel f-kalari, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor. 19-a. da vujudga kelgan. Пост Навигацияси

OʻZBEKLAR

OʻZBEKLAR — xalq, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining asosiy qismini tashkil etadi. Oʻzbeklar nafaqat Oʻzbekiston, balki Oʻrta Osiyodagi eng koʻp sonli xalqdir. Oʻzbekistonda (20 mln. 800 ming kishi, 2005), Tojikistonda (1,2 mln. dan ziyod), Qirgʻizistonda (550—600 ming kishi), Qozogʻistonda (320—330 ming kishi),Turkmanistonda (320—330 ming kishi) yashaydi. Bundan tashqari, Afgʻonistonda (2,5 mln. dan 4 mln. gacha), RFda (taxm. … Читать далее

SANOAT

SANOAT, industriya — xalqxoʻjaligining jamiyat ishlab chikaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan yetakchi tarmogʻi; S. ning oʻzi uchun hamda xalq xoʻjaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va b. mahsulotlar i. ch., shuningdek, xom ashyo, yoqilgʻi qazib olish, energiya i. ch., yogʻoch tayyorlash, Sanoatda yoki q. x. da olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni … Читать далее

KIYEV

KIYEV — Ukraina poytaxti (1934-y. dan). Yirik sanoat, madaniyat va fan markazi, qahramon shahar, Kiyev viloyati markazi. Dnepr daryosidagi port. Yirik t. y., shosse va havo yoʻllari tuguni. Dnepr daryosining oʻrta oqimida joylashgan. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —5,8°, iyulniki 19,5°, Shahar mayd. 800 km2. Aholisi 2635,3 ming kishi (1998). Hoz. Kiyev xududida bundan bir necha … Читать далее

KOSTROMA VILOYATI

KOSTROMA VILOYATI — RF dagi viloyat, 1944-y. 13 avg. da tashqil etilgan. Mayd. 60,1 ming km2. Aholisi 786,3 ming kishi (2000), asosan, ruslar. Shaharliklar 66%, 24 tumanga boʻlingan; 12 shahar, 8 shaharcha bor (1998). Markazi — Kostroma sh. Kostroma viloyati hududi past-baland tekislik. Fapbida Kostroma pasttekisligi, markazida Galich-Chuxloma qirlari va Unja pasttekisligi, shim.-sharqida Shim. Uvallar … Читать далее