MUTATSIONIZM

MUTATSIONIZM — yirik oʻzgarishlar tufayli evolyutsiyani sakrash yoʻli bilan sodir boʻladigan jarayon sifatida qaraydigan biol. dagi konsepsiya. M. ning asoschisi evolyutsiyaning mutatsion nazariyasini yaratgan X. De Friz hisoblanadi. Mutatsionizmga binoan makromutatsiyalar yoki saltatsiyalar deb atalgan yirik oʻzgarishlar boshlangʻich tur individlarida vujudga kelib, yangi hayotiy formalarni hosil qiladi. Bu formalar muhitning qulay sharoitlarida yangi turlarning boshlangʻich … Читать далее

METALLMASLAR

METALLMASLAR — metallarning xossalariga ega boʻlmagan kimyoviy elementlar. M. metallar kabi yaltiroqlikka, choʻziluvchanlikka va yassillanuvchanlikka ega emas, issiklik va elektr tokini yomon oʻtkazadi, aksariyat hollarda kimyoviy reaksiyalar jarayonida elektronlarni qabul qilib oladi. Metallmaslarga 22 element kiradi: bor V, uglerod S, kremniy Si, azot N, fosfor R, margimush As, kislorod O, oltingugurt S, selen Se, tellur … Читать далее

METILETILKETON

METILETILKETON (2-butanon) , SN3SOS2N5 — atsetonni eslatuvchi hidli, rangsiz, uchuvchan suyuklik. Mol. m. 72,12. Suyuklanish t-rasi —86,3°, qaynash t-rasi 79,6°, zichligi 805 kg/m3. Suvda eruvchanligi massasi jihatdan 26,8%. Suv bilan azeotrop aralashma (qaynash t-rasi 73,41°; 88,7% M.) hosil qiladi. Organik erituvchilar bilan yaxshi aralashadi. Alifatik ketonlarga tavsifli kimyoviy xossalarni namoyon qiladi. Sanoatda Metiletilketon butenlardan olinadi. … Читать далее

PSIXOANALIZ

PSIXOANALIZ (psixo… va analiz) — psixoterapiya metodi va 3. Freyd tomo-nidan rivojlantirilgan psixologik taʼlimot. Ongsiz psixik jarayonlar va motivatsiyani diqqat markaziga qoʻyadi. Inson xulqi asosini lazzat olish (libido)ga nisbatan, ayniqsa, ilk bolalikda paydo boʻlgan seksual (jin-siy) mayl tashkil qiladi degan gʻoyani ilgari surib, odam xulqidagi ijtimoiylik, onglilikni inkor etadi. Ongdan unga muvofiq kelmaydigan (asosan, seksual) … Читать далее

MOLEKULA

MOLEKULA (lot. moles — massa) – muayyan moddaning barcha kimyoviy xossalarini namoyon qiladigan eng kichik zarrachasi. Bir xil (oddiy moddalarda) yoki har xil (kimyoviy birikmalarda) atomlardan tashkil topishi mumkin. Mustaqil ravishda mavjud boʻla oladi. Molekulaning xossasi uning tuzilishiga — qanday atomlardan tashkil topganiga, ularning soniga, atomlarning fazoviy joylashish tartibiga, ular oʻrtasidagi tortishish kuchining tabiatiga bogʻliq. … Читать далее

MISKEVICH

MISKEVICH Adam (1798.24.12, Novo-grudka yaqinidagi Zaosye qishlogʻi — 1855.26.11, Istanbul) — polyak shoiri, milliy ozodlik harakati arbobi. Polyak romantizmining asoschisi. Vilen untini tugatgan (1819), polyak yoshlarining «Filomatlar» («Fan doʻstlari»), «Filaretlar» («Yaxshilik doʻstlari») tashkilotlarida faol ishtirok etgan. Miskevichning ilk toʻplami («Sheʼriyat», 1-j., 1822) Polsha adabiyotida romantik oqimning manifesti boʻldi. Miskevich «Sheʼriyat» (2-j., 1823)ga kirgan romantik ruxdagi … Читать далее

MOLEKULYAR BIOLOGIYA

MOLEKULYAR BIOLOGIYA — hayotning asosiy xususiyatlari namoyon boʻlishini molekulyar darajada oʻrganadigan fan. M. b. ning muhim yoʻnalishlariga irsiy axborotni amalga oshirish mexanizmlari va hujayraning genetik apparati strukturasi xamda funksional tuzilishini tekshirish (molekulyar genetika), viruslarning hujayra bilan oʻzaro taʼsiri mexanizmlarini oʻrganish (molekulyar virusologiya), organizmning immun reaksiyalari krnuniyatlarini aniqlash (molekulyar immunologiya), energiyaning hosil boʻlishi va oʻzgarishining molekulyar … Читать далее

MAYL

MAYL — tirik organizmning biror ehtiyojini qondirishga intilishi. U qoʻmsash, noaniq ichki dard, sababsiz zerikish tuygʻulari tarzida kechishi mumkin. Intilish, havas, tilak, xohish, ishtiyoq, hatto orzu koʻrinishlarida ham mujassamlashali. U bajo keltirilgan taqdirda kishiga mamnuniyat baxsh etadi. Mayl kishidagi qobiliyat yoki endigina shakllanib kelayotgan individual xislatlarning darakchisi sifatida erta namoyon boʻlali. Mayl larning baʼzilari rivojlanib, … Читать далее

MAISHIY JANR

MAISHIY JANR — tasviriy sanʼatning kundalik ijtimoiy va shahsiy qayotni, maishiy turmushni aks ettiradigan janri. Turmushda koʻzga tashlanaligan oʻzaro munosabatlar va xattiharakatlarni, uning imki mohi-yati va ijtimoiytarixiy mazmunini chuqur ochib berish kabi xususiyatlarga ega. Demokratik va realistik badiiy anʼanalarning oʻsishi, rassomlarning xalq hayoti va mehnat faoliyatini atroflicha tasvirlashga qiziqishining ortishi bilan bogliq holda rivojlandi. Maishiy … Читать далее

MALIKBOYEVA Erkli Vohidovna

MALIKBOYEVA Erkli Vohidovna (1928.16.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1971). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1950). 1949-y. dan Hamza teatri (hoz. Oʻzbek milliy akademik drama teatri)da. Ijodining dastlabki yillari mumtoz va zamonaviy dramaturgiyada chuqur lirik obrazlar — Ofeliya («Gamlet»), Sarvinoz («Sevgi afsonasi»), Nazira («Ogʻriq tishlar»), Xannyan («Sabr kosasi») va b. ni mahorat bilan … Читать далее