MAGNIT LENTA

MAGNIT LENTA, magnit tasma — sirtiga magnit katlami surkalgan yupqa qayishoq lenta. Tovush (nutq, musiqa) ni yozib olish va qayta eshittirish uchun ishlatiladi (q. Magnitik yozish). Ishchi magnit qatlami temir gamma-oksid (v=F2O3), xrom (II) oksid (SYU2) va kobalt qoʻshilgan temir gamma-oksidning magnit jihatdan qattiq kukunidan iborat buladi (q. Magnit materiallar). M. l. asosi sifatida polietilenteleftalat, … Читать далее

ELEKTROTEXNIKA POʻLATI

ELEKTROTEXNIKA POʻLATI — magnit jihatdan yumshoq yupqa list poʻlat. Elektrotexnika jihozlari (transformator, generator va boshqalar) ning magnit oʻtkazgichi (oʻzagi) ni yasash uchun ishlatiladi. Magnit xossasi darajasiga qarab, poʻlatga har xil miqdorda kremniy qoʻshib legirlanadi. I. ch. texnologiyasiga qarab, sovuqlayin prokatlanadi (izotropli yoki anizotropli; 3,3% gacha §1) yoki qizdirib prokatlanadi (izotropli; 4,5% gacha 81); legirlovchi qoʻshilmalar … Читать далее

POYDEVOR

POYDEVOR, fundament (lot. fundamentum — asos) — imorat va inshootning ost qismi yoki mashina (kompressor, nasos, stanok)ning asosi. Ularning ogirligi Poydevor orqali tabiiy yoki sunʼiy zaminga tushadi. Poydevor turlari kurilish maydonining geologik va gidrogeologik shart-sharoitlariga, kuriladigan imorat yoki inshootning vazifa-siga, tushadigan ogʻirlikka qarab tanlanadi. Qatlam grunti xususiyati, yer osti suvlarining sathi, zaminga taʼsir etuvchi yuk … Читать далее

EKINLARNI EKISH

EKINLARNI EKISH — hosil olish uchun oʻsimlik urugʻini tuproqning yuqori qatlamiga joylash; asosiy afotexnika tadbirlaridan biri. Ekinlarni ekish usullari ekinlarning oziqlanish maydoniga, yorugʻlik va namga boʻlgan talabini, ekin parvarishini, birinchi navbatda, qator oralarini mexanizatsiya yordamida ishlashni hisobga olgan holda tanlanadi. Sochib ekish — eng oddiy usul; bunda qoʻl bilan sepilgan urugʻ tuproq ustiga tushib, borona … Читать далее

TABULYATOR

TABULYATOR (lot. tabula — jadval, yozuv) — elektr mexanik raqamli hisoblash mashinasi; bunda perforatsion lentalarga belgilangan son va raqamli axborotlar avtomatik tarzda ishlanadi, hisoblash natijalari qogʻoz lenta yoki maxsus xos qogʻozga yoziladi. Tabulyator tarkibiga: boshqarish qurilmasi, perfokartalardagi axborotlarni kiritish qurilmasi; axborotni «bosish» yoki perfokartaga chiqarish qurilmasi kiradi. Tabulyator mashinahisoblash styasining asosiy texnologik jihozi hisoblanadi. Пост … Читать далее

TORTISHMACHOQ

TORTISHMACHOQ — oʻyin turi; qad. zamonlardan bolalar, yoshlar va kattalar oʻrtasida qoʻllanib kelingan. Arqon tortish, arqon talashish, tortishuv, bellashuv nomlari bilan xam ataladi. Navroʻz bayrami, xalq sayillari, toʻylar va b. marosimlarda Tortishmachoq boʻlgan. Tortishmachoqning, asosan, 2 turi bor. Birinchisida, maydonchaning oʻrtasidan koʻndalang chiziq oʻtkaziladi. Yoshi, kuchi va jinsi jihatidan bir xil ikki jamoa tuzilib qaramaqarshi … Читать далее

TRIMMER

TRIMMER (ing. trimmer — tartibga solmoq) — 1) aviatsiyada — uchish apparati (mas., samolyot) ruli (yoki eleron) ning quyruq qismidagi kichkina ogʻdiruvchi qism. Apparatni boshqarish tizimidagi zoʻriqish (kuch) ni kamaytirish uchun xizmat qiladi; 2) irgʻituvchi konveyer; koʻchma yuk ortishtushirish mashinasi. Yuk ortish yoki tushirish paytida Trimmer rotori parraklari, disk yoki harakatlantiruvchi lenta yuk (tuproq, don … Читать далее

KOTORAYA

KOTORAYA, paxtaron, ftormeturon, fluometuron (C10HnF3N2O) — singib va tanlab taʼsir etuvchi gerbitsid, 80% li hoʻllanuvchi kukun, rangi oq yoki kulrang. Paxtazorlarda bir yillik, asosan, ikki pallali begona oʻtlarga qarshi qoʻllaniladi. Machin, olabuta, ituzum, semizoʻtlarni quritadi, shamak, itqoʻnoq, gʻumay va b. ni esa shikastlaydi. Oʻsimlikka ildizi orqali singadi. Preparatning taʼsir kuchi 2—3 oy. Tuproqda tez parchalanadi. … Читать далее

TORMOZ

TORMOZ (yun. tormos — gʻildirakni aylantirmay qoʻyadigan mix tiqiladigan teshik) — mashina yoki mexanizmning harakat tezligini pasaytirish yoki butunlay toʻxtatish uchun, koʻtarishtashish mashinalarida esa yukni osilgan holatda tutib turish uchun moʻljallangan qurilma. Ishlash usuli boʻyicha mexanik (friksion, ishqalanma), gidravlik (suyuklikli) va elektr (elektromagnit, induksion va b.); tuzilishiga koʻra, kolodkali, tasmali (lentali), disksimon, konussimon va b. … Читать далее

PAY

PAY — biriktiruvchi toʻqimadan iborat pishiq tuzilma. Shakli va uzunligi (lenta yoki plastinka) har xil; muskullar P. yordamida suyaklarga birikadi. Payning pishiq yoki choʻziluvchanligi, qayishqokligi u paydo boʻlgan biriktiruvchi toʻqimaga bogʻliq. Pay shunchalik pishiqki, koʻndalang kesimining 1 mm2 10 kg, chanoqni bel suyagiga biriktirib turadigan Paylar 350 kg, oyoq tagidagi uzun P. lar esa 200 … Читать далее