KIMYOVIY TOK MANBALARI

KIMYOVIY TOK MANBALARI — kimyoviy reagentlarning oksidlanishqaytarilish reaksiyalari energiyasi hisobiga elektr toki ishlab chikaradigan qurilmalar. Dastlabki Kimyoviy tok manbalari Volt ustuni, Leklanshe elementi boʻlgan. Uning asosini elektrolit bilan kontakt hosil qiladigan ikki elektrod (biri oksidlagich, ikkinchisi qaytargich) tashkil qilgan. Elektrodlar orasida potensiallar farqi — elektr yurituvchi kuch (oksidlanish-qaytarilish reaksiyasining erkin energiyasiga mos) hosil boʻladi. Kimyoviy … Читать далее

ELEKTROVOZ

ELEKTROVOZ [elektro… va rus. (vozit) — tashimoq] — asosan, kontakt tarmogʻi, baʼzan oʻziga oʻrnatilgan akkumulyatorlar yoki faqat akkumulyatorlardan energiya oladigan lokomotiv. Vazifasiga koʻra, magistral (yuk, yoʻlovchi va yukyoʻlovchilarga moʻljallangan), manyovrchi, sanoat va konlarda ishlatiladigan, foydalaniladigan tok turiga koʻra, oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tokda ishlaydigan turlarga boʻlinadi. Elektrovozga mexanik va elektr jihozlar oʻrnatiladi. Mexanik qismiga kuzov, ramalar, … Читать далее

KIBERNETIKA

KIBERNETIKA (yun. kybernetile – boshqarish sanʼati) — axborotni qabul qilish, saqlash, uni qayta ishlash qamda undan turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shugʻullanadigan fan. Avtomatik boshqarish, hisoblash texnikasi, neyrofiziologiya va matematik mantiklarning nazariya hamda amaliyotlarining rivojlanish natijalari sifatida vujudga kelgan. Kibernetikaning texnik asosini elektron hisoblash mashinalari (EHM) tashkil qiladi. Ular inson tafakkuriga oid masalalarni hal qilishga … Читать далее

RELE

RELE (frans. relayer — almashtirmoq) — biror qurilma yoki jarayonning parametrlari qiymati yoki yoʻnalishi oʻzgarganda ijro etish mexanizmga taʼsir qiladigan avtomatik qurilma. Nazorat qilinadigan parametrlar (bosim, tra, kuchlanish va b.) ga qarab, akustik, vaqt, himoya, mexanik, optik, issiqlik, elektromagnit, oʻlchamlar Relesi va b. xillarga boʻlinadi. Akustik Rele akustik parametrlar (chastota, bosim), tebranishlar yoki materiallarning akustik … Читать далее

ELEKTROKIMYOVIY ANALIZ USULLARI

ELEKTROKIMYOVIY ANALIZ USULLARI — moddalarni elektr toki yordamida tekshirishga asoslangan kimyoviy analiz usullari majmui. Amalda elektrokimyoviy analizning elektroliz (elektrogravimetrik analiz, ichki elektroliz, metallarni kontakt almashtirish — sementatsiya, polyarografik analiz) va titrimetrik (ampermetrik, konduktometrik, potensiometrik titrlash) usullaridan foydalaniladi. Elektrogravimetrik analiz elektroliz natijasida hosil boʻlgan elementning massasini aniqlashga asoslangan. U, asosan, rangli, ogʻir va baʼzan qora metallarni … Читать далее

TOQTOSH Rafail Hodiyevich

TOQTOSH Rafail Hodiyevich (1926.26.1, Qozon) — sanʼatshunos, rassom, Oʻzbekiston BAakad. (1997), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyatxodimi (1978). Sanʼatshunoslik dri (1973), prof. (1996). Moskvadagi I. Surikov nomidagi badiiy intda (1946—50) va Peterburg BAda (1950 — 54) taʼlim olgan. Tatar adibi Hodi Toqtoshpnng oʻgʻli. 1932-y. dan Oʻzbekistonda. 1960-y. dan Hamza nomidagi sanʼatshunoslik i. t. intida katta ilmiy xodim. … Читать далее

TALK

TALK (nem. Talk; arab — talg) — varaqsimon silikatlarning kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Mg3[Si4O10](OH)2 boʻlib, unda MgO31,7%, SiO263,5%, H2O 4,8%. Baʼzan magniy Fe, Ni, Al, Cr bilan oʻrin almashishi mumkin. Talkning villemseit (nikelli), minnesotait (temirning mikdori 50 — 80%), steatit (gilvatasimon yogʻli mineral; zich massivli) agalit (ingichka tolali) turlari mavjud. Oʻta asosli togʻ … Читать далее

SUV ISITKICH

SUV ISITKICH — sovuq suvni bugʻ, qaynoq suv, qaynoq gaz va elektr toki bilan isitish uchun moʻljallangan issiqlik almashish apparati. Sirtki isitish va tegishib isitish (kontakt) usulida ishlaydigan turlari bor. Sirtki isitish apparatlarida ichida bugʻ yoki qaynoq suv aylanib yuradigan quvurlarning sirti sovuq suvni isitadi. Bular koʻproq tarqalgan. Tegishib isitish apparatlarida sovuq suv bugʻ yoki … Читать далее

SILUR DAVRI

SILUR DAVRI (SISTEMASI), silur (Buyuk Britaniyaning Uels viloyatida yashagan qad. kelt qabilasi — sshturlar nomidan) — Yer geologik tarixi paleozoy erasining uchinchi davri. Ordovik davridan keyin, devon davridan oldin oʻtgan. Radiologik usullar bilan aniqlanishicha, Silur davri bundan 435+5 mln. yil avval boshlanib, taxm. 25±8,5 mln. yil davom etgan. Silur davri yotqiziklari Antarktidadan tashqari barcha materiklarda … Читать далее

ELEKTROXOD

ELEKTROXOD — oʻziyurar kema. Oʻzidagi elektr st-yadan, akkumulyatorlar batareyalaridan yoki tashqi kontakt tarmogʻidan energiya olib ishlaydigan elektr dvigatellar bilan harakatga keladi. Elektroxod bosh elektr generatorini harakatga keltiruvchi dvigatellarning tipiga qarab, generatorlari turbinalar yordamida ishlaydigan turbinali (bugʻli yoki gazli) va generatorlari ichki yonuv dvigateli yordamida ishlaydigan dizel Elektroxod larga boʻlinadi. Akkumulyatorlar bilan ishlaydigan Elektroxod larga suv … Читать далее