KOBALTIN

KOBALTIN, kobalt yaltirogʻi — sulfidlar sinfiga oid mineral, kimyoviy formulasi: CoAsS (Co — 35,4%, As – 45,3%, S – 19,3%). Ni, Fe aralashmalari ham mavjud. Kub sistemada kristallanadi. Rangi oq, pushti donador agregat va kristallardan iborat. Metallsimon yaltiroq. Qattikligi 5,5; zichligi 6,2 g/ sm3. Moʻrt. Elektrni yaxshi oʻtkazadi. Gidrotermal, kontakt-metasomatik konlar temir rudali skarnlar va … Читать далее

SABATYE

SABATYE Pol (1854.5.11, Karkasson — 1941.14.8) — fransuz kimyogari. Parij FA aʼzosi (1913-y. dan). Tuluzadagi Oliy pedagogika in-tini tugatgan (1877). Parijdagi de Frans kollejida assistent (1878—80), Bordo (1881), Tuluza (1882—90) un-tlari xodimi (1884-y. dan prof.). Asosiy ilmiy ishlari termokimyo va katalizga oid. Ilk bor organik birikmalar sintezida asl metallar oʻrniga katalizator sifatida nikel, mis, kobalt … Читать далее

PARPIYEV Nusrat Aʼzamovich

PARPIYEV Nusrat Aʼzamovich (1931.14.9, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston FA akad. (1995), kimyo fanlari dri (1976), prof. (1981). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1953). Oʻzbekiston FA Kimyo in-tida lab. mudiri (1964—76), direktor muovini (1965 — 76), Oʻrta Osiyo neftni qayta ishlash sanoati i. t. instituti direktori (1976—77), Bu-xoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi in-ti rektori (1977—89), … Читать далее

MINERAL OZUQALAR

MINERAL OZUQALAR — chorva mollarining ozuqa ratsionida baʼzi ki-myoviy elementlar yetishmaganda yemxa-shakka qoʻshib beriladigan qoʻshimcha mineral ozuqalar. Chorva mollari tanasida turli mineral elementlar uchraydi. Ulardan 15 tasining hayvonlar organizmidagi fiziologik ahamiyati aniqlangan. Ftor, bariy, brom va stronsiy elementlari esa ehtimol zarur boʻlgan elementlar qatoriga kiritilgan. Hayvon tanasida koʻp yoki kam miqdorda uchrashiga qarab mineral elementlar … Читать далее

ECHKI

ECHKI — quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli kavsh qaytaruvchi hayvon. Echki turli iqlimsharoitga tez moslasha olishi tufayli dunyoning koʻplab mamlakatlarida uchratish mumkin. Xonaki Echkilar yovvoyi bezoar va burama shoxli echkilardan tarqalgan deb hisoblanadi. Echki dastlab xonakilashtirilgan mahsuldor hayvonlar jumlasiga kiradi. Anov (Ashxobod yaqini)da topilgan qazilmalar E. Oʻrta Osiyoda mil. dan bir necha ming yil avval … Читать далее

NORVEGIYA

NORVEGIYA (Norge), Norvegiya Qirolligi (Kongeriget Norge) — Shim. Yevropadagi davlat. Skandinaviya ya. o. ning gʻarbiy va shim. qismida. Mayd. 387 ming km2. Aholisi 4,5 mln. kishi (2002). Poytaxti — Oslo sh. Maʼmuriy jihatdan 19 fyulke (viloyat)ga, jumladan, fyulkega tenglashtirilgan Oslo sh. ga boʻlinadi. Shpisbergen arxipelagi, Medvejiy, Yan Meyen va Buve o. lari ham Norvegiyaga karaydi. … Читать далее

ERITRIN

ERITRIN (yun. — qizil) , kobalt gullari — arsenatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi So3[A804]8N20. Monoklin singoniyada kristallanadi. Rangi pushtiqizil; tarkibidagi M§, Sa, N1 miqdori oshishi bilan rangsizlanib oq ranggacha oʻzgarib boradi. Oʻta shaffof. Qattiqligi 1,5—2,5, zichligi 3—3,1 g/sm3. Moʻrt. Eritrin — kobalt va nikelkobaltli arsenidlarning va sulfoarsenidlarning nurash mahsuli. Oksidlanish jarayonida qora rangli kobaltning … Читать далее

OʻZBEKISTON KIMYO-FARMATSEVTIKA ILMIY TADQIQOT INSTITUTI

OʻZBEKISTON KIMYO-FARMATSEVTIKA ILMIY TADQIQOT INSTITUTI — ilmiy tekshirish muassasasi. 1964-yilda SSSR Neft kimyosi sanoati vazirligi qoshida tashkil etilgan. 1996-yildan shu nomda. Intga asoschisi A. S. Sultonov nomi berilgan (1994). Intning asosiy ilmiy tekshirish yoʻnalishi tabiiy birikmalar va sintetik moddalar asosida yangi dori vositalarini olish, ularga ilmiytexnik hujjatlar (reglament, farmakopeya maqolalari) tayyorlash hamda tajribasanoat namunalarini ishlab … Читать далее

STELLIT

STELLIT (ing. stellite — firmaning nomidan, lot. Stella — yulduz) — asosini kobalt (So) tashkil qiladigan quyma qattiq qotishmalar guruhining umumiy nomi. Tarkibida xrom (Sg, 2733%), volfram (W, 13—17%), kremniy (S, 1,8—2,5%) va b. elementlar boʻladi. Juda qattiq, yeyilishga chidamli va korroziyabardosh material. Yuqori tralarda ham qattiqligini saqlaydi. Stellit detal va asboblar (mas, klapanlar egarlari, … Читать далее

MINERAL OZIQLANISH

MINERAL OZIQLANISH — 1) (oʻsimliklarda) oʻsimliklarning oʻz hayot faoliyati uchun zarur kimyoviy elementlarni mineral tuzlar ionlari shaklida tuprokdan oʻzlashtirish jarayonlari majmui. Mineral oziqlanish tuproqdan mineral tuzlar ionlarini oʻzlashtirish, ionlarning almashinuv jarayoniga koʻshilishi va oʻsimlik boʻylab harakatlanishidan iborat. Mineral oziqlanish elementlari sirasiga makroelementlar (N, S, R, K, Sa, Mg) va mikroelementlar (Gʻye, V, Mn, Cu, Zn, … Читать далее