KAXEKSIYA

KAXEKSIYA (yun. kakos — yomon, hexis — ahvol) — ochlik, toʻyib yoki yolchitib ovqat yemaslik, moddalar almashinuvining jiddiy buzilishi oqibatida haddan tashqari ozib ketish, choʻp-ustixon boʻlib qolish. Alimentar distrofiya, surunkali zaharlanishlar (margimush, simob va b. dan), holdan toydiradigan kasalliklar (sil, rak), shuningdek, ichki sekretsiya kasalliklari, baʼzi avitaminozlar Kaxeksiyaga olib keladi. Gavda vazni keskin kamayib ketadi, … Читать далее

FARMAKOTERAPIYA

FARMAKOTERAPIYA (yun. Pharmakon — dori va terapiya) , dori terapiyasi — doridarmon bilan davolash. Etiotrop Farmakoterapiyada doridarmonlar kasallik qoʻzgʻatuvchilarga taʼsir etadi (mas, infeksion kasalliklarni antibiotiklar bn, zaharlanishni esa antidotlar bilan davolashda). Oʻrin bosuvchi Farmakoterapiyada organizmga yuborilgan dorilar fiziologik faol moddalar oʻrnini bosadi (mas, ichki sekretsiya bezlari yetishmovchiligida gormonal preparatlar qoʻllanadi). Patogenetik Farmakoterapiyada doridarmon kasallikning patogeneziga … Читать далее

TIRISHISH

TIRISHISH — muskullarning toʻsatdan gʻayriixtiyoriy ravishda qisqarishi. Tirishish nerv sistemasi kasalliklarida (tutqanoq, qoqshol, nevrozlar), zaharlanish, moddalar almashinuvi va ichki sekretsiya bezlari ishi buzilganda roʻy beradi. Kelib chiqish sababiga koʻra, Tirishish epizodik, tasodifiy boʻlishi yoki hafta, oy, yil davomida maʼlum vaktda bir necha marta takrorlanib turishi mumkin. Baʼzi bemorlarda Tirishish tashqi taʼsirotlar (toʻsatdan kelgan kattik tovush, … Читать далее

SOCH TOʻKILISHI

SOCH TOʻKILISHI — sochning butunlay yoki qisman toʻkilishi. Qarilikda St. yosh ulgʻayishi bilan terida yuz beradigan oʻzgarishlarga, shuningdek, soch oqarishi kabi normal fiziologik holatga yoki organizmning umumiy qarishiga bogʻliq. Vaqtdan ilgari St. turli yoshda kuzatiladi, koʻpincha biror betoblik alomati boʻlishi mumkin. Baʼzan soqolmoʻylov, qosh va klpriklar, shuningdek, qoʻltiq osti va qov sohasidagi junlar ham toʻkiladi. … Читать далее

DANILOVA Rimma Ivanovna

DANILOVA Rimma Ivanovna (1906.16.1, Saratov — 1984.5.10, Toshkent) — patanatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1961), tibbiyot fanlari d-ri (1951), prof. (1951). ToshTIni tugatgan (1936). 1950-y. dan Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-ti patanatomiya kafedrasi mudiri. Sil kasalligida, kimyoviy moddalardan zaharlanganda, aterosklerozda ichki sekretsiya bezlaridagi morfologik oʻzgarishlarga oid i. t. ishlari olib borgan. Пост … Читать далее

POLIARTRIT

POLIARTRIT (poli… va artrit) — bir necha boʻgʻimlarning bir vaqtda yoki ketma-ket yalligʻlanishi. Mustaqil kasallik (infeksion nospetsifik — revmatoid Poliartrit) tarzida paydo boʻladi, shuningdek, revmatizm, sepsis, podagra, baʼzan brutsellyoz, sil, zaxm kabi yuqumli kasalliklar oqibatida roʻy beradi. Kasallikning turiga, organizmning reaksiyasiga, jarayonning ogʻir-yengilligiga koʻra, zardobli, yiringli, nekrotik Poliartrit farq qilinadi. Oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir … Читать далее

ENDOKRINOLOGIYA

ENDOKRINOLOGIYA (endo… va yun. kppet — ajratish va…logiya) — klinik tibbiyotning bir sohasi. Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi, rivojlanishi va funksiyalarini, ular ishlab chiqaradigan gormonlar hamda ularga aloqador kasalliklarni oʻrganadi. Endokrinologiya fan sifatida 19-asrning 2-yarmidan shakllandi. Nemis fiziologi A. Bertold xoʻrozlarning urugʻdonini olib bichilgan yoki yosh xoʻrozlarga oʻtkazgan, bunda urugʻdon oʻtkazilgan xoʻrozda turli fiziologik va morfologik … Читать далее

CHILLASHIR

CHILLASHIR (chilla va forstoj. — sut) — odamda toʻxtovsiz ich ketishi, glossit, anemiya, ozib ketish bilan kechadigan kasallik. Asosan, subtropik va tropik iqlimli joylarda uchraydi. Chillashir hammada, koʻproq tuqqan ayollarda chilla davriyaa kuzatiladi (nomi shundan). Oqsilli moddalarʻ kam, uglevodli ovqatlar koʻp isteʼmol kilinishi, issiq iqlim sharoiti va b. natijasida ichakda turli zamburugʻlarning koʻpayib, bijgʻish jarayonining … Читать далее

ENDOKRIN BEZLAR

ENDOKRIN BEZLAR (endo… va yun kppo—ajrataman) — ichki sekretsiya bezlari. Endokrin bezlarga gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezlari, buyrak usti bezlari, meʼda osti bezining orolcha qismi, jinsiy bezlar, shuningdek, epifiz va ayrisimon bez kiradi (yana q. Ichki sekretsiya). Loading… Пост Навигацияси Previous PostENDOKARD Next PostENDOKRINOLOGIYA

MINERAL OZIQLANISH

MINERAL OZIQLANISH — 1) (oʻsimliklarda) oʻsimliklarning oʻz hayot faoliyati uchun zarur kimyoviy elementlarni mineral tuzlar ionlari shaklida tuprokdan oʻzlashtirish jarayonlari majmui. Mineral oziqlanish tuproqdan mineral tuzlar ionlarini oʻzlashtirish, ionlarning almashinuv jarayoniga koʻshilishi va oʻsimlik boʻylab harakatlanishidan iborat. Mineral oziqlanish elementlari sirasiga makroelementlar (N, S, R, K, Sa, Mg) va mikroelementlar (Gʻye, V, Mn, Cu, Zn, … Читать далее