MORGAN

MORGAN (Morgan) Tomas Xant (1866.25.9, Leksington, Kentukki — 1945.4.12, Pasadena, Kaliforniya) — amerikalik zoolog, genetika asoschilaridan biri, AQSH Milliy FA prezidenti (1927—31). London Qirollik jamiyati aʼzosi (1919-y. dan). Kentukki (1886) va J. Xopkins un-tlarini (1891) tugatgan. Brin-Mordagi xotinqizlar kolleji (1891 — 1904) va Nyu-Yorkdagi Kolumbiya untida (1904—28) prof., Pasadenadagi Kaliforniya texnologiya in-tining biol. lab. boshligʻi … Читать далее

PAYPASLAGICHLILAR

PAYPASLAGICHLILAR (Tentaculata) — dengiz va chuchuk suvda yashaydigan umurtqasiz hayvonlar tipi. Selomik hayvonlarning mustaqil guruhi hisoblanadi. Oʻtroq hayot kechiradi. Bilateral simmetriyali; selomik gavda boʻshligʻi uncha aniq boʻlmagan 3 ta segmentga boʻlinadi. Ogʻizoldi paypaslagichlari yaxshi rivojlangan. Ichagi ilmoqsimon, anal teshigi orqa tomonda ogʻiz teshigi yaqinida joylashgan. Ayirish organlari —1—2 juft metanefridiylar. Qon aylanish sistemasi rivojlangan. Jinsiy … Читать далее

MAGNIY

MAGNIY (Magnesium), Mg — Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element; ishkoriy — yer metallarga kiradi. Tartib rakami 12, at. m. 24,305. Tabiiy Magniy 3 ta barqaror izotopdan iborat. 24Mg (78,60%), 25Mg (10,11%), 26Mg (11,29%). Uchta sunʼiy radioaktiv izotopi (23Mg, 27Mg, 28Mg) olingan. Magniyni 1808 i. dastlab ingliz fizigi A. Devi amalgama holida olgan. … Читать далее

POPULYATSIYA

POPULYATSIYA (lot. populus — guruh, uyushma, xalq) — erkin chatisha oladigan (yoki chatishish imkoniyatiga ega boʻlgan), aniq yashash arealini egallagan va maʼlum darajada zamon va ma-konda bir-biriga oʻzaro taʼsir kursa-tadigan organizmlar guruhi. Populyatsiya dagi genetik oʻzgarishlar turlarning kelib chiqishi, yangi oʻsimlik navlari, hayvon zotlarini yaratish va b. asosini tashkil qiladi. «Populyatsiya» terminini daniyalik genetik V. … Читать далее

MARKAZII NERV SISTEMASI

MARKAZII NERV SISTEMASI — odam va hayvonlar nerv sistemasining asosiy qismi; nerv hujayralari (neyronlar) va ularning oʻsimtalaridan tarkib topgan. Markazii nerv sistemasi umurtqasiz hayvonlarda oʻzaro birikkan nerv tugunlari (gangliy) sistemasidan, umurtqali hayvonlar va odamda bosh miya va orka miyadan iborat. Markazii nerv sistemasi va periferii, nerv sistemasi funksional jiqatdan bir butun sistema boʻlib, sezuvchi (afferent) … Читать далее

MARSHALLAGIOZLAR

MARSHALLAGIOZLAR — oʻtxoʻr hayvonlarda uchraydigan gelmintoz kasallik. Marshallagiya avlodiga mansub, hayvonlarning shirdonida (oshqozonida) parazitlik qiluvchi nematodalar qoʻzgʻatadi. Kasallik qoramol, qoʻy, echki va yovvoyi hayvonlar oʻrtasida keng tarqalgan. Marshallagiozlar qurgʻoqchil, keskin oʻzgaruvchan iqlimli joylarda uchraydi. Hayvon organizmida gijja 23—30 kun davomida jinsiy yetiladi va tashqi muhitga koʻplab miqdorda tuxum chiqarib turadi. 2—3 oylik qoʻzilar ogʻir kasalanadi. … Читать далее

MANQA

MANQA — odam va hayvonlarda uchraydigan infeksion kasallik. Teri, shilliq pardalar, muskullar va ichki aʼzolarning zararlanishi bilan kechadi. Kasallikni tayoqchasimon bakteriya — Pseudomonas mallei qoʻzgʻatadi. Manqa zoonoz infeksiya boʻlib, aksari bir tuyokli hayvonlar (ot, eshak, xachir, tuya va zebralar)da uchraydi. Kasallik, koʻpincha, odamga Manqa bilan ogʻrigan otlardan yuqadi. Infeksiya qoʻzgʻatuvchisi shikastlangan teri yoki shilliq qavatlar … Читать далее

MOʻYLOVOYOQLILAR

MOʻYLOVOYOQLILAR (Cirri pedia) qisqichbaqasimonlar sinfiga mansub turkum (boshqa sistema boʻyicha kenja sinf). Suv ostidagi turli narsalar, koʻpincha harakatlanuvchi hayvonlar tanasiga yopishib yashaydi. Yumshoq tanasi alohida yaproqlardan iborat chigʻanoqb-n qoplangan. Bunday «uycha» ichidagi Moʻylovoyoqlilar qorin qismi tepaga qaragan boʻladi. Moʻylovga oʻxshash koʻkrak oyoqlar uychaning ochiladigan t«omcha»sidan chiqarilib, yelpigʻich singari yoyiladi. Moʻylovoyoqlilar moʻylovoyoqlari yordamida suvdan mayda filtratlarni … Читать далее

PARAZITIZM

PARAZITIZM (yun. parasitos — tekinxoʻr, hamtovoq, parazit va ismos — kasallik holati) — (biologiyada) oziklanish orqali bogʻlangan va oʻzaro moddalar almashinuviga asoslangan, genetik jihatdan turlicha boʻlgan organizmlarning tarixiy shakllangan assotsiatsiyasi. Parazitizmda bir organizm (parazit) ikkinchi organizm (xoʻjayin)dan yashash muhiti va ozik, manbai sifatida foydalanadi: ikkala organizm ham oʻzaro antagonistik munosabatda boʻladi. Bundan tashqari, parazit—xoʻja-yin munosabatlari … Читать далее

PIGMENT HUJAYRALAR

PIGMENT HUJAYRALAR, xromotoforlar — neyroektodermadan hosil boʻladigan, erkin joylashgan yoki epiteliy tarkibiga kiruvchi hujayralar; koʻpchilik umurtqasizlar va barcha umurtqali hayvonlarda teri va uning hosilalari (pat, yung), koʻzning rangini belgilovchi pigmentlarni sintez qiladi. Pigment hujayralar organizmni ultrabinafsha nurlardan himoya qilish, termoregulyatsiya funksiyasini bajaradi. Pigment hujayralar hayvonlar jinsni tanib olishi va ular rangining xilma-xil boʻlishida katta ahamiyatga … Читать далее