PATOLOGIK FIZIOLOGIYA

PATOLOGIK FIZIOLOGIYA — kasal organizm (odam va hayvon) ning hayot faoliyati, undagi funksional oʻzgarishlar, kasallikning paydo boʻlishi, avj olishi, kechishi va oqibati qonu-niyatlarini oʻrganadigan fan. P. f. normal fiziologiya, patologik anatomiya, xususiy patologiya bilan chambarchas bogʻlangan. Patologik fiziologiya umumiy va xususiy qismdan iborat. Umumiy qismda kasallik biologik qonuniyat, bir butun organizmning reaksiyasi sifatida oʻrganiladi. Kasallik … Читать далее

PAYPASLAGICHLILAR

PAYPASLAGICHLILAR (Tentaculata) — dengiz va chuchuk suvda yashaydigan umurtqasiz hayvonlar tipi. Selomik hayvonlarning mustaqil guruhi hisoblanadi. Oʻtroq hayot kechiradi. Bilateral simmetriyali; selomik gavda boʻshligʻi uncha aniq boʻlmagan 3 ta segmentga boʻlinadi. Ogʻizoldi paypaslagichlari yaxshi rivojlangan. Ichagi ilmoqsimon, anal teshigi orqa tomonda ogʻiz teshigi yaqinida joylashgan. Ayirish organlari —1—2 juft metanefridiylar. Qon aylanish sistemasi rivojlangan. Jinsiy … Читать далее

PAVIANLAR

PAVIANLAR (Papio) — martishkalar kenja oilasiga mansub tor burunli maymunlar urugʻi. Tanasining uz. 75 — 80 sm, dumi 50—60 sm, ogʻirligi 25 kg dan ortiq. Juni uzun, baʼzan yol hosil qiladi. Quymich qadogʻi katta, qizil. Z — 5 yoshda voyaga yetadi, boʻgʻozlik davri 170 kun, odatda, bitta bola tugʻadi. Afrika, Arabiston va Sulavesi orolida uchraydi. … Читать далее

MODDALAR ALMASHINUVI

MODDALAR ALMASHINUVI, metabolizm — tirik organizmlarning oʻsishi, hayot faoliyati, koʻpayishi, tashqi muhit bilan munosabatlarini do-imiy taʼminlaydigan kimyoviy oʻzgarishlar majmui. Moddalar almashinuvi tufayli xujayra tarkibiga kiradigan molekulalar parchalanadi va sintezlanadi, hujayra strukturalari va hujayralararo moddalar hosil boʻladi, yemiriladi va yangilanadi. Mas, odamda barcha toʻqima oqsillarining yarmisi taxm. 80 sutkada parchalanib, yangidan hosil boʻladi; jigar va qon … Читать далее

MAISHIY JANR

MAISHIY JANR — tasviriy sanʼatning kundalik ijtimoiy va shahsiy qayotni, maishiy turmushni aks ettiradigan janri. Turmushda koʻzga tashlanaligan oʻzaro munosabatlar va xattiharakatlarni, uning imki mohi-yati va ijtimoiytarixiy mazmunini chuqur ochib berish kabi xususiyatlarga ega. Demokratik va realistik badiiy anʼanalarning oʻsishi, rassomlarning xalq hayoti va mehnat faoliyatini atroflicha tasvirlashga qiziqishining ortishi bilan bogliq holda rivojlandi. Maishiy … Читать далее

MADANIY QATLAM

MADANIY QATLAM (arxeologiyada) — inson faoliyatining izlari (qad. inshootlar, qurilish va xoʻjalik chiqindilari, kul va h. k.) saqlangan yer qatlami. Qalinligi bir necha sm dan bir necha 10 m gacha boʻlishi mumkin. Madaniy qatlam oʻtmishimizning gʻor va ungurlarda, dare va koʻl boʻylarida qad koʻtargan makon va manzilgohlarda hosil boʻlgan madaniy qoldiqlarning jamiyat taraqqiyoti bilan bogʻliq … Читать далее

MAJOLIS UN-NAFOIS

«MAJOLIS UN-NAFOIS» («Nafislar majlislari») — Alisher Navoiy tazkirasi (1490—91; 1497—98 y. da qayta ishlangan). Turkiy tazkirachilikning ilk namunasi. Asarda 15-a. da Xuroson va qoʻshni mamlakatlarda yashagan shoir, yozuvchi va olimlar (jami 459 kishi) ijodiga oid qisqa maʼlumotlar berilgan. Maʼlumotlar yillar, geografik oʻrinlar hamda sulolaviy tartiblarga tayanib joylashtirilgan. 8 kiyem — «majlis»dan iborat. 1—2majlislarda muallifning salaflari … Читать далее

MAQOLA

MAQOLA — publitsistik janr. M. da ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, il-gor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh M., nazariy va targʻibot Maqola, muammoli Maqola keng qoʻllanadi. Bosh Maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan Maqola) tahririyatning eng … Читать далее

MATBUOT

MATBUOT — barcha bosma mahsulotlar majmui; tor maʼnoda davriy nashrlar, asosan, gazeta va jurnallarni ifodalaydi(sinonimi — pressa). Matbuot ijtimoiy ongning oʻtkir va taʼsirchan vositasi sifatida kishilik jamiyatiga doimiy va faol taʼsir koʻrsatadi, jamoatchilik fikrini shakllantiradi, omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishda qudratli gʻoyaviy omil hisoblanadi. Matbuot jamiyat hayotini turli (ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy-i. ch., ilmiytexnikaviy va b.) yoʻnalishlarda … Читать далее

MANZARALI OʻSIMLIKLAR

MANZARALI OʻSIMLIKLAR, dekorativ oʻsimliklar — kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishda foydalaniladigan turli botanik oilalarga mansub madaniy va yovvoyi oʻsimliklar guruhi. Manzarali oʻsimliklar shahar va qishloqlarni koʻkalamzorlashtirish, istirohat bogʻlari, ijtimoiy, i. ch. binolari va turar joylarni bezatish, guldastalar yasash uchun oʻstiriladi. Chiroyi, barglari, gullari, mevalari rangi, tanasining gʻaroyib shakllari (shoxlari osilgan, soyabonsimon, us-tunsimon) bilan tavsiflanadi. Bir qator … Читать далее