PLATSENTA

PLATSENTA (yun. plakus — kulcha) , bola oʻrni — homiladorlik davrida hosil boʻladigan va homila bilan ona organizmini bir-biriga bogʻlab, ular oʻrtasida moddalar almashinuvini taʼminlaydigan organ. Homila Platsenta orqali ona qonidan kislorod hamda oziq moddalar olib, unga parchalanish mahsulotlari va karbonat angidrid ajratadi. Platsenta homilaga har xil moddalar kelishini boshqarib, toʻsiq vazifasini ham oʻtaydi. Platsentada … Читать далее

FOTODAVRIYLIK

FOTODAVRIYLIK — oʻsimliklar va hayvonlarda kechakunduzning yorugʻ (kun uzunligi) va qorongʻi (tun uzunligi) davrlari nisbatlariga, ularning uzunqisqaligiga javob reaksiyasi; oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishi jarayonlari oʻzgarishlarida namoyon boʻladi. Fotodavriylik ekologik omil sifatida turning yashash imkoniyatini belgilaydi. Ontogenezning tashqi sharoitlardagi mavsumiy oʻzgarishlariga moslashishi bilan bogʻliq holda evolyutsiya jarayonida vujudga kelgan. Kun uzunligi oʻsimliklarda yilning (davrimavsum) koʻrsatkichi va … Читать далее

FOLLIKULALAR

FOLLIKULALAR (lot. folliculus xaltacha) — hayvonlarning turli organlarida joylashgan yumshoq, oval yoki noksimon koʻp qavatli kovak tuzilmalar; har xil funksiyani bajaradi. Sut emizuvchilar tuxumdonidagi Follikulalarda tuxum hujayra yetiladi. Qalqonsimon bez F. ida tireoid gormonlar sintezlanishi uchun lozim boʻlgan sekret ishlab chiqariladi. Soch follikulasi (soch xaltasi) ga yogʻ bezlarining chiqarish yoʻli ochiladi. Ovqat hazm qilish, nafas … Читать далее

TIREOTROP GORMON, TTG

TIREOTROP GORMON, TTG, tirotropin, tireostimullovchi gormon — odam va umurtqali hayvonlar gipofiz bezining oldingi boʻlagida ishlanadigan gormon. Qalqonsimon bez faoliyatini boshqaradi; uning asosiy gormonlari — tiroksin va triyodtironin ajralishi hamda sinteziga taʼsir etadi. Kimyoviy tabiatiga koʻra, glikoproteid, mol. m. 28000—30000. T. g. qalqonsimon bez follikulalarida tireoglobulin parchalanishini hamda krnga tiroksin va triyodtironin ajralishini kuchaytiradi. Follikulyar … Читать далее

ENDOKRINOLOGIYA

ENDOKRINOLOGIYA (endo… va yun. kppet — ajratish va…logiya) — klinik tibbiyotning bir sohasi. Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi, rivojlanishi va funksiyalarini, ular ishlab chiqaradigan gormonlar hamda ularga aloqador kasalliklarni oʻrganadi. Endokrinologiya fan sifatida 19-asrning 2-yarmidan shakllandi. Nemis fiziologi A. Bertold xoʻrozlarning urugʻdonini olib bichilgan yoki yosh xoʻrozlarga oʻtkazgan, bunda urugʻdon oʻtkazilgan xoʻrozda turli fiziologik va morfologik … Читать далее

ENDOPLAZMATIK TOʻR

ENDOPLAZMATIK TOʻR, endop lazmatik retikulum — eukariotlar hujayrasining membranali umumiy organoidi. AQSH olimi K. Porter fibroblastlar endoplazmasida kashf etgan (1945). Uning nafis tuzilishi elektron mikroskop kashf etilganidan keyin oʻrganilgan. Endoplazmatik toʻr hujayrada oʻzaro tutashgan bir qavat membrana bilan sitoplazmadan chegaralangan mayda vakuolalar va naychalar sistemasidan iborat. Endoplazmatik toʻr qalinligi 5 — 7 nm, koʻpincha yadroning … Читать далее

PROTEIDLAR

PROTEIDLAR (yun. protos — birinchi) , oddiy oqsil — protein va oqsil boʻlmagan komponentlardan ibo-rat murakkab oqsillar. Koʻpincha pros-tetik guruh deb ataladi. Oqsil boʻlmagan komponentlarning tabiatiga koʻra, Proteidlar quyidagi guruhga: glikoproteidlar, lipoproteidlar, nukleoproteidlar, metalloproteidlar, fosfoproteidlar, xromoproteidlarga boʻlinadi. Organizmning hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Koʻpincha fermentlar, oqsillar, toʻqimalar, hujayralar, qon zardobi, sut, tuxum, viruslarning anchagina qismi, … Читать далее

BRONZA KASALLIGI

BRONZA KASALLIGI, Addison kasalligi — buyrak usti bezi poʻstloq qavati faoliyatining buzilishi oqibatida kelib chiqadigan kasallik; birinchi boʻlib ingliz vrachi T. Addison tasvirlab bergan (1849). Asosan 20—40 yashar kishilarda uchraydi; kasallikka buyrak usti bezi oʻsmasi, sil, zaxm, amiloidoz va b. sabab boʻladi. Bronza kasalligi astasekin avj oladi, darmonsizlik, tez toliqish, gipotoniya (qon bosimining tushib ketishi), … Читать далее

EPIDERMIS

EPIDERMIS (epi… va derma) hayvonlarda teri epiteliysining ektodermadan hosil boʻladigan sirtqi qavati. Umurtqasizlarda bir qavat Epidermis, yaʼni gipoderma chigʻanoq yoki kutikulani hosil qiladi. Umurtqalilarda Epidermis bazal membrana ustida joylashgan bir necha qavat epiteliydan iborat. Bazal hujayralar ustida 5—10 qavat pixli hujayralar joylashgan. Epidermisning quyi qavati bazal membrana hujayralari bilan birga oʻsadigan qavatni hosil qiladi. Boʻlinib … Читать далее

MINERAL OZIQLANISH

MINERAL OZIQLANISH — 1) (oʻsimliklarda) oʻsimliklarning oʻz hayot faoliyati uchun zarur kimyoviy elementlarni mineral tuzlar ionlari shaklida tuprokdan oʻzlashtirish jarayonlari majmui. Mineral oziqlanish tuproqdan mineral tuzlar ionlarini oʻzlashtirish, ionlarning almashinuv jarayoniga koʻshilishi va oʻsimlik boʻylab harakatlanishidan iborat. Mineral oziqlanish elementlari sirasiga makroelementlar (N, S, R, K, Sa, Mg) va mikroelementlar (Gʻye, V, Mn, Cu, Zn, … Читать далее