PROTEINLAR

PROTEINLAR, oddiy oqsillar — molekulalari aminokislotalar qoldigʻidan tuzilgan (bir-biri b-n, asosan, amin va karboksil guruxlari orqali birikkan) moddalar. Suvda va tuzli eritmalarda eruvchanligiga koʻra, Proteinlarga tegishli oqsillar 7 xilga ajratiladi: albulinlar, globulinlar, glutaminlar, gistonlar, prola-minlar, protaminlar, skleroprote-inlar. Pepsin, tripsin, ximotrip-sin, papain kabi proteolitik fermentlar ham Proteinlarga taalluqli. Proteinlar termini, koʻpincha, oqsillar sinoni-mi sifatida qoʻllanadi. Пост … Читать далее

PESTITSIDLAR

PESTITSIDLAR (lot. pestis — maraz, caedo — oʻldiraman) , zaharli kim-yoviy moddalar — oʻsimlik zararkunandalari va kasalliklari, begona oʻtlar, shuningdek, yogʻoch, paxta tolasi mahsulotlari, jun, teri zararkunandalari, uy hayvonlarining xavfli kasalliklari qoʻzgʻatuvchilariga qarshi kurashishda foydalaniladigan kimyoviy moddalar. Shuningdek, auksinlar, gibberellinlar, defoliantlar, desikantlar, retradantlar ham Pestitsidlarga kiritiladi. Pestitsidlar tirik organizmlar hujayralariga ki-rib ularning fizik va kimyoviy … Читать далее

MUTSINLAR

MUTSINLAR (lot. mucus — shilliq) — glikoproteidlarga mansub uglevodoqsilli birikma, shilimshiqning asosiy tarkibiy qismi, shilliq modda. Odam va hayvonlarning nafas, ovqat hazm qilish, siydiktanosil yoʻllari shilliq qavatlaridagi, shuningdek, jagʻ osti, til osti soʻlak bezlaridagi epitelial hujayralaridan ajraladi. Choʻziluvchan massa, proteolitik fermentlar taʼsiriga chidamli. Mutsinlar ogʻiz boʻshligʻi va meʼdaichak yoʻli shilliq qavatini turli mexanik va kimyoviy … Читать далее

MIKROBIOLOGIYA SANOATI

MIKROBIOLOGIYA SANOATI — sanoat tarmogʻi; i. ch. jarayonida turli nooziq-ovqat xom ashyo turlari (neft va gaz uglevodorodlari, gidrolizatlar, yogʻoch)dan va qand lavlagi, makkajoʻxori, moyli va yormabop ekinlar va b. ning donini sanoatda kayta ishlash chiqitlaridan qimmatli mahsulotlarni mikrobiologik sintez qilib olishga asoslanadi. Oqsilvitaminli konsentratlar, aminokislotalar, vitaminlar, ferment preparatlari, antibiotiklar, oʻsimliklarni zararkunanda va hasharotlardan himoya qilishda … Читать далее

MEʼDA

MEʼDA, oshqozon — ovqat hazm qilish sistemasining kengaygan qismi (q. Ovqat hazm silish sistemasi). Meʼdada ovqat saqlanadi, maydalanadi va qisman hazm boʻladi (q. Ovqat hazm kilish). Meʼda ichakning oldingi ixtisoslashgan qismi sifatida birinchi marta ayrim boʻshliqichlilar, yassi chuvalchanglar va xalqali chuvalchanglarda paydo boʻladi (q. Ichak). Umurtqali hayvonlarda Meʼda ichakning oldingi kengaygan qismi hisoblanadi. Biroq yumaloqogʻizlilarda … Читать далее

MONO Jak Lyusyen

MONO Jak Lyusyen (1910-1976) – fransuz biologi va mikrobiologi. Sorbonna untini tugatgan (1931). 1940-y. dan boshlab Paster in-tida ishlagan. Sorbonna, keyinchalik de Frans kolleji prof. Ilmiy ishlari bakteriyalar irsiyati va bakteriya hujayrasi enzimologiyasining molekulyarbiologik aspektlariga bagishlangan. Fermentlar va viruslar sintezini irsiy nazorat qilishni kashf qilgan. Nobel mukofoti laureati (1965; F. Jakob va A. M. Lvov … Читать далее

PROFAG

PROFAG (yun. pro — ilgari va… fag) — bakteriya hujayrasida xromosoma bilan bir vaqtda replikatsiya kilinadigan urta miyona bakteriofag genomi; bakteriofagning latent (yashirin) infeksiyasiz shakli. Odatda, bunday fag genomi Profag holatga utishdan oldin bakteriya xromosomasining muayyan qismiga birikib oladi, baʼzan birikmasdan bakteriya hujayrasida DNK halqasi shaklida joylashadi. Fag genomi bilan birikkan bakteriya lizogen bakteriya deyiladi. … Читать далее

MITOXONDRIYA

MITOXONDRIYA (yun. mitos – ip, chondrios — donacha) — eukariot hujayralar organoidi. Mitoxondriya ikki qavat membrana bilan oʻralgan; ichki membranasi kristalar (burmalar) hosil qiladi. Mitoxondriyaning ichki membrana bilan oʻralgan boʻshligʻi matriks deyiladi. Hujayrada Mitoxondriya soni bir nechtadan mingtagacha yetadi. Mitoxondriyaning asosiy funk-siyasi energiya hosil qilishdan iborat. Mitoxondriya energiyasi manbai biologik oksidlanish boʻlib, unda glikolizda hosil … Читать далее

TISH

TISH — odam va koʻpchilik jagʻogʻizli umurtqali hayvonlar ogʻiz boʻshligʻi (baʼzi balikdar halqumi)dagi suyak tuzilma; ovqatni tishlab uzib olish, chaynash va tutib turish uchun xizmat qiladi. Odamda bundan tashqari, baʼzi tovushlarni talaffuz etishda ham qatnashadi. Embrional rivojlanish davrida Tish epitelial burmalar — tish plastinkalaridan hosil boʻladi. Homiladorlikning 5haftasidayoq hrmilada Tish shakllana boshlaydi. Tishlar ketma-ket joylashib, … Читать далее

TERI

TERI — odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirotlardan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va b. da qatnashadi. Katta yoshdagi odamda Teri satqi 1,5 — 2 m2, qalinligi gavdaning turli joyida turlicha boʻlib, 0,5 mm dan 2 mm gacha. Kaft va tovonda 4 mm ga yetadi. Teri butun … Читать далее