SUT EMIZUVCHILAR

SUT EMIZUVCHILAR (Mammalia) umurtqali hayvonlar sinfi. Trias oxirida yirtqich sudralib yuruvchilar — sinodontlardan kelib chiqqan. Sinodontlar bir guruhidan koʻp boʻrtiqlilar (qirilib ketgan), ikkinchisidan kloakalilar paydo boʻlgan. Koʻp boʻrtiqlilardan Yura davrida pantoteriyalar, ulardan esa hozirgi xaltalilar va yoʻldoshlilar vujudga kelganligi taxmin qilinadi. Sut emizuvchilarning tashqi koʻrinishi va oʻlchami har xil. Pakana oq tishlining (hasharotxoʻrlardan) uz. 4 … Читать далее

KALLA SUYAGI

KALLA SUYAGI, bosh skeleti — umurtqali xdyvonlar va odamning bosh skeleti. Katta yoshdagi kishilarda Kalla suyagi choklar bilan birlashgan, chaqaloqlarda bu suyaklar oʻrtasida suyaklanmagan kism — liqildoklar boʻladi. Odam kallasi 23 suyakdan iborat, ular juft va ayrimlari toq boʻladi. Odamda bosh miya juda rivojlanganligi uchun Kalla suyagining miya qismi (K. s. qutisi) katta, yuz qismi … Читать далее

ESHITUV-MUVOZANAT NERVI

ESHITUV-MUVOZANAT NERVI — bosh miya nervlarining 8-jufti. Ikki funksional — vestibulyar apparat (muvozanat aʼzosidan impulslarni uzatuvchi) va chigʻanoq (tovushni qabul qiluvchi) qismdan iborat (q. Quloq). Vestibulyar qism ichki eshitish yoʻlining tagida yotuvchi dahliz tugunchasidan, chigʻanoq qism esa chigʻanoqning suyak plastinkasi asosigacha boruvchi spiral tugunchadan boshlanadi. Eshituv-muvozanat nervining chigʻanoq qism tolalari zararlansa (infeksion yoki shikastlanish tufayli), … Читать далее

XALQLAR DOʻSTLIGI SAROYI

XALQLAR DOʻSTLIGI SAROYI — Toshkent sh. dagi madaniyat markazlaridan biri; turli tadbirlar (syezd, qurultoy, festival va b.) oʻtkazish, konsertlar berishga moʻljallangan. 1981-y. da ochilgan (meʼmori Ye. Bukina, S. Odilov, Ye. Rozanov, Ye. Suxanova, F. Tursunov, V. Shestopalov, Ye. Shumov va b.). Bino qiyofasi va bezaklarida milliy meʼmorlikka xos boʻlgan muqarnasga oʻxshash shakllardan foydalanilgan; binoni bezashda … Читать далее

TOVUSH YOZIB OLISH

TOVUSH YOZIB OLISH (texnikada) — tovush (nuqt, musiqa, qoʻshiq va b.) ni tovush eltgich (magnit lenta, grammofon plastinkasi, disk va b.) ga yozib olish jarayoni. Akustik va elektroakustik usullar bilan amalga oshiriladi. Akustik usulda tovush tebranishlari yozuv (tovush) eltuvchi moddaga taʼsir qiluvchi asbobni bevosita boshkaradi. Elektroakustik usulda tovush tebranishlari mikrofon vositasida elektr tebranishlariga aylantiriladi va … Читать далее

ESHITISH ANALIZATORLARI

ESHITISH ANALIZATORLARI, eshitish sistemasi — tovush tebranishlarini eshitish organlari orqali sezib, tahlil qiladigan mexanik retseptorlar va nerv tuzilmalari majmui. Eshitish analizatorlarining tuzilishi, ayniqsa, uning periferik qismi odamda va hayvonlarda farq qiladi. Eshitish analizatorlari hasharotlarda timpanal organ, suyakli baliqlarda suzgich pufagi hisoblanadi. Suzgich pufagining tebranishi veberov apparatiga, undan ichki quloqqa oʻtadi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib … Читать далее

OTORINOLARINGOLOGIYA

OTORINOLARINGOLOGIYA (oto…, yun. rhis — burun, larynx — tomoqva…logiya) , laringootorinologiya (LOR) — quloq, burun va tomoq hamda uning atrofidagi aʼzolar kasalliklarini oʻrganadigan fan. Eshituv fiziologiyasi, uning buzilishi va shunga aloqador kasalliklarni oʻrganish (audiologiya), ovoz fiziologiyasi, uning oʻzgarishi va bu oʻzgarishlarni keltirib chiqargan kasalliklarni oʻrganish (foniatriya), quloq ogʻir boʻlib qolishi, karlik sabablarini oʻrganish (surdologiya) ham … Читать далее

KASBGA ALOQADOR ZARARLAR

KASBGA ALOQADOR ZARARLAR, ishlab chiqarish zararlari — odamning salomatligi va mehnat qobiliyatiga bevosita va bilvosita salbiy taʼsir koʻrsatadigan mehnat jarayoni va i. ch. omillari. Kasbga aloqador zararlar maʼlum sharoitlarda kasb kasalliklarini paydo qilishi va umumiy kasalliklarni zoʻraytirib yuborishi mumkin. Kasbga aloqador zararlar yangi texnologiyaning, baʼzan toksik va organizmning sezuvchanligini oʻzgartiradigan allergik xossaga ega moddalarning qoʻllanilishi, … Читать далее

SOQOVLIK

SOQOVLIK — tugʻma yoki ilk bolalik davrida roʻy bergan karlik oqibatida kelib chiqadigan nuqson. Eshitish qobiliyati saqlanib qolganda esa Soqovlikka nutq markazi yoki markaziy nerv sistemasining zararlanishi sabab boʻladi. Agar markaziy nerv sistemasi yengil zararlangan yoki unga vaqtida tegishli davo qilingan boʻlsa, unda ayrim hollarda nutq faoliyatini tiklash mumkin (yana q. Alaliya, Afaziya). Пост Навигацияси

TIMPANAL ORGANLAR

TIMPANAL ORGANLAR (yun. tympanon — timpan — nogʻora) — hasharotlar (toʻgʻri qanotlilar, jizildoqlar, ayrim kapalaklar, toʻrqanotlilar)ning ovoz chiqarish organlari; oʻz turi va ayrim yirtqichlar (mas., koʻrshapalaklar exolokatsiya) signallarini qabul qiladi. Timpanal organlar timpanal membranalar va ularga yoki traxeyalarga birikkan sezgir xordotonal sensillalardan iborat. Ular soni 2—4 dan (tangachaqanotlilar) bir necha oʻnta (toʻgʻriqanotlilar), hatto bir necha … Читать далее