EKZISTENSIALIZM

EKZISTENSIALIZM (lot. — yashash, mavjudlik) , mavjudlik falsafasi — falsafadagi yoʻnalish. 20-asr boshida Rossiyada, 1-jahon urushidan keyin Germaniyada, 2-jahon urushi davrida Fransiyada, urushdan keyin boshqa mamlakatlarda paydo boʻlgan. S. Kyerkegor (1813—55) taʼlimoti, hayot falsafasi, fenomenologiya E. ning gʻoyaviy manbai hisoblanadi. Diniy Ekzistensializm (K. Yaspers, G. Marsel, N. A. Berdyayev, L. Shestov, M. Bubur) va ateistik … Читать далее

SOTSIALIZM

SOTSIALIZM (lot. socialis — ijtimoiy) — xususiy mulkni ijtimoiy (umumiy) mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi taʼlimot. S. tarafdorlari ana shu yoʻl bilan qurilgan ijtimoiy tuzumni ideal jamiyat deb hisoblaganlar. «Sotsializm» atamasi Fransiyada 19-a. ning 30y. larida isteʼmolga kirgan. Lekin ijtimoiy adolat jamiyati bilan bogʻliq tasavvurlar «oltin asr» … Читать далее

FARD

FARD (arab. — yakka, yolgʻiz) — Yaqin va Oʻrta Sharq adabiyotidagi poetik janr. Hajmi bir bayt, yaʼni 2 misradan iborat boʻladi. Muayyan mazmun, gʻoya ilgari suriladi, badiiy umumlashma, hayotiy tajribadan kelib chiquvchi hukm, xulosa tajassum topadi. Mac, Holimni sanga aytib hajr oʻtiga oʻrgandim, Ey yor, yomon qildim, har neki dedim, yondim (Bobur). Fardda dolzarb, salmoqli … Читать далее

OJESHKO

OJESHKO (Orzeszkowa) Eliza (1841.6.6 – Grodjmlahri – 1910.18.5) — polyak adibasi. Yirik yer egasining qizi. Varshava pansionida tarbiyalangan (1852—57). Asarlari 1866-y. dan nashr etila boshlagan. Ojeshkoning ilk roman va qissalari («Pan Grabe», 1869; «Marta», 1873 va b.) ayollarning insoniy qadr-qimmat va ijtimoiy erkinlik uchun kurashiga bagʻishlangan. Ojeshko ijodining asosiy mavzui eski pomeshchiklik tartibining inqirozi hamda … Читать далее

FIZIK MAYDONLAR

FIZIK MAYDONLAR — materiyaning alohida shakli; cheksiz katta erkinlik darajasiga ega boʻlgan fizikaviy tizimlar. Fizik kattaliklarning fazoda uzluksiz taqsimlanishi bilan tavsiflanadi va cheksiz erkinlik darajalari soniga ega boʻladi. Elektromagnit va gravitatsion maydonlar, yadro kuchlari maydoni, turli zarralarga tegishli toʻlqin (kvant) maydonlar Fizik maydonlar qisoblanadi. Maydon tushunchasini birinchi marta 19-a. 30-y. larida M. Faradey elektr va … Читать далее

METAFIZIKA

METAFIZIKA (yun. meta ta physika — fizikadan soʻng) — borliqning sezgilardan yuqori turuvchi pritsiplari va umumiy asoslari toʻgʻrisidagi fan. Fizikada tadqiqotchi bevosita hissiy obyektlar ustida izlanish olib borsa, Metafizikada esa tadqiqotchi sezgilar vositasida anglab olish mumkin boʻlmagan obyektlarni tadqiq etadi. Metafizikaning tadqiqot mavzuiga kiruvchi sifat, maz-mun, mohiyat, hodisa va b. obyektlar toʻgʻrisida fikr yuritganda ularni … Читать далее

XALQ SOʻZI

«XALQ SOʻZI» («Narodnoye slovo») — ommaviy ijtimoiy-siyosiy gazeta. Muassisi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi. 1991-y. 1 yanv. dan chiqa boshlagan. Haftada 5-marta, oʻzbek va rus tillarida chop etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, uning organlari, Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini, mamlakatimizda va xorijda roʻy berayotgan … Читать далее

HUQUQ

HUQUQ — davlat tomonidan belgilangan yoki tasdiqlangan umumiy majburiy ijtimoiy normalar tizimi. U huquqiy munosabatlar va fuqaroning davlat tomonidan mustahkamlanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza etiladigan asosiy huquqlarini oʻz ichiga oladi. Huquq davlat boʻlib uyushgan jamiyatda paydo boʻladi va mulkchilik munosabatlarini, xoʻjalik aloqalari mexanizmini mustahkamlaydi, mehnat va uning mahsulotlarini jamiyat aʼzolari oʻrtasida muayyan oʻlchov va shakllarda taqsimlab … Читать далее

KOSTYUSHKO

KOSTYUSHKO (Kosciuszko) Tadeush (1746-1817) – 1794-y. dagi Polsha qoʻzgʻoloni rahbari. Kostyushko Varshava Ritsarlik maktabi (1765—69) da, Parij harbiy akademiyasi (1769 — 74) da oʻqigan; 1774-y. da Polыlaga qaytib kelgan. K. Shim. Amerikada mustaqillik uchun boʻlgan urush qatnashchisi (1775—83). Polanes universal i (barshchinani kamaytirgan, dehqonlarga shaxsiy erkinlik vaʼda qilgan)ni nashr etgan (1794). K. Matseyovitsa boʻsagʻasidagi jangda … Читать далее

TENG HUQUQLILIK

TENG HUQUQLILIK — konstitutsionalizmning asosiy prinsiplaridan va demokratiyaning muhim elementlaridan biri; fuqarolarning davlat, qonun, sud oldida tengligini rasman eʼtirof etishni bildiradi. Unga koʻra, muayyan davlat fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, yashash joyi, dinga munosabati, eʼtiqodi, jamoat birlashmalariga taalluqligi, shuningdek, boshqa holatlaridan qatʼi nazar, teng huquq, erkinlik va majburiyatga ega boʻladilar. Teng huquqlilikning … Читать далее