MEKSIKA

MEKSIKA (Mexiko), Meksika Qoʻshma Shtatlari (Estados Unidos Mexicanos) — Shim. Amerikaning jan. qismida joylashgan davlat. Mayd. 1958,2 ming km2. Aholisi 101,9 mln. kishi (2001). Poytaxti — Mexiko sh. Maʼmuriy jixatdan 31 shtat va 1 poytaxt federal okrugiga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Meksika — federativ respublika. Meksika Qoʻshma Shtatlarining 1917-y. 5 fev. dagi Siyosiy Kon-stitutsiyasi amal qiladi, … Читать далее

PISISTRAT

PISISTRAT (? – mil. av. 527) – afinalik tiran (hokim). 560-y. dan 527-y. gacha (tanaffuslar b-n) hokimlik qilgan. Dehqonlar va savdo-hunarmandlar tabaqasi manfaati yoʻlida islohotlar oʻtkazgan (yevpatriylardan musodara qilingan yerlarni qishloq kambagʻallariga boʻlib berilishi, davlat tangalarini (P. tetradraxmasi) zarb qilinishi, urush nogironlariga davlat nafaqasi belgilanishi va b.). Yollanma qoʻshin tuzgan, jamoat insho-otlari (bozor, vodoprovod, Pirey … Читать далее

PUGACHYOV Yemelyan Ivanovich

PUGACHYOV Yemelyan Ivanovich (1740 yoki 1742—75) — Rossiyada dehqonlar urushi (1773—75) rahbari, Don kazagi, Yetti yillik (1756—63) va rusturk (1768—74) urushlari qatnashchisi, xorunjiy. Imperator Pyotr III nomi os-tida Yoyiq kazaklari qoʻzgʻoloniga boshchilikqilgan (q. Pugachyov qoʻzyuloni). Ml A y. sent. da fitnachilar tomonidan hukumatga tutib berilgan. Moskvadagi Bolotnaya maydonida qatl etilgan. Пост Навигацияси

PLEBEYLAR

PLEBEYLAR (lot. plebeii — oddiy xalq) — 1) Qad. Rimdagi erkin aholi tabaqalaridan biri. Mil. av. 3-a. gacha Plebeylar jamoa yeridan foydalanish huquqiga ega boʻlmagan, faqat chek yerlardan shaxsiy mulk sifatida foydalangan. Ular dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo b-n shugʻullangan. Plebeylar mil. av. 5—4-a. larda davlat lavozimlarini egallashlari va patritsiylar bilan nikoh tuzishlari mumkin boʻlmagan. Plebeylar … Читать далее

TURKISTON AVTONOM SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI

TURKISTON AVTONOM SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI (TASSR) — Turkiston oʻlkasida sovet tuzumi oʻrnatilgandan keyin bolsheviklar tomonidan tuzilgan va RSFSR ga kirgan avtonom respublika (1918—24). Mayd. 1.324.994 kv. versta. Aholisi 5 mln. dan ziyod kishi (1922). Poytaxti — Toshkent sh. Turkiston oʻlka sovetlarining 5syezdi (1918-y. 20 apr. —1 may)da 30 apr. kuni Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet … Читать далее

MAHDIYLIK

MAHDIYLIK — zamona oxir boʻlganda imom Mahdiy yerga kaytib keladi va adolatli tuzum oʻrnatadi deb hisoblaydigan diniy taʼlimot. Bu taʼlimot dastlab shialar oʻrtasida kelib chiqqan, keyinchalik sunniylar orasida ham qisman tarqalgan. Islom mamlakatlarida Mahdiylik gʻoyalaridan ayrim davlatga qarshi harakatlarning rahnamolari ham foydalangan. Mac, Eronda bobiylar qoʻzgʻolonining boshligʻi Ali Muxammad (q. Bob) va 1881-y. da Sudanda … Читать далее

PUGACHYOV QOʻZGʻOLONI

PUGACHYOV QOʻZGʻOLONI (1773-75) rossiyada hokimiyatga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon. Uralboʻyi, Uralorti, Oʻrta va Quyi Volgaboʻyiga tarqalgan. Unga Ye. I. Pugachyov rahbarlik qilgan. Yoyiq kazaklari, z-d ishchilari, krepostnoy dehqonlar, Volgaboʻyi aholisi, Salavat Yulayev, Kinzya Arslonov boshchiligidagi boshqirdlar dehqonlar urushining harakatlantiruvchi kuchlari boʻlgan. 1773-y. sent. da qoʻzgʻolonchilar Ilesk va b. istehkom shaharchalarini egallaganlar. 1773-y. okt. da Pugachyov 2500 … Читать далее

MISR

MISR, Qadimgi Misr — Afrikaning shim.-sharqida, Nil daryosining quyi oqimida joylashgan qad. davlat. Tarixi. Misrda odamlar paleolit davridan boshlab yashagan. Mil. av. 10—6ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terimchilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shugʻullanishgan. Ular orasida kad. som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar • boʻlib, ularning aralashuvidan mil. av. 4ming … Читать далее

XALQ SELEKSIYASI

XALQ SELEKSIYASI — seleksiyaning rivojlanish tarixidagi bir boskich va yoʻnalish; q. x. ekinlarining yangi nav, klon, payvandlarini hamda chorva mollarining yangi zotlari, guruxlarini nomaʼlum mualliflar, mirishkor dehqonlar va chorvadorlar tomonidan oddiy usullarda tanlab, saralab yaratilishi. Xalq seleksiyasi bir necha ming yillik tarixni oʻz ichiga oladi. Oʻrta Osiyo hududida koʻpgina madaniy ekinlar — bugʻdoy, arpa, sholi, … Читать далее

KASTALAR

KASTALAR (asli lot. — toza, sanskritcha jati) — kishilarning biqiq endogam guruhi. Kastalar oʻziga xos sotsial vazifalarni bajarish, merosiy kasbhunarlar bilan shugʻullanish natijasida ajraladiki, bu hol muayyan etnik, baʼzan diniy mushtaraklikka mansublik bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Kastalar baland-past tabaqalar hosil qiladi, ular oʻrtasidagi munosabatlarda qatʼiy cheklanishlar mavjud. Arxaik Kastalar (tabaqaviy yoki sotsial darajalar) bir qancha … Читать далее