MARKS

MARKS (Marx) Karl (1818. 5.5, Trir — 1883.14.3, London) — nemis faylasufi, iqtisodchi, jamiyatshunos, marksizm asoschisi. Advokat oilasida tugʻildi. 1835—41 y. larda Bonn va Berlin untlarining yuridik f-tlarida oʻqidi. Falsafiy qarashlari yosh gegelchilar taʼsirida shakllandi. 1842-y. «Reyn gazetasi» (Kyoln)ga muharrirlik qildi. 1843-y. Parijga koʻchib keldi. Bu yerda F. Engels bilan doʻstlashdi (1844) va u bilan … Читать далее

MARKAZIY BANK

MARKAZIY BANK — 1) mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki. Markaziy bank «banklarning banki» boʻlib, pul muomalasini tartibga solishda va byudjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ hisoblanadi. Pul emissiyasini amalga oshirish, davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, bank tizimini kreditlash, hukumat va … Читать далее

MARATHALAR DAVLATI

MARATHALAR DAVLATI — 17-a. ning 2-yarmi va 19-a. boshida Maharashtra (Hindiston)da mavjud boʻlgan davlat. Maharashtraning aholisi musulmon yer egalari tomonidan gʻoyat jabrlangan. Ular shu bois boburiylar hukmronligiga qarshi ozodlik harakatlari boshlagan. Bu qoʻzgʻolonga Shoxji, soʻngra uning oʻgʻli Shivaji boshchilik kilgan. 1674-y. da mustaqil Marathalar davlati tuzilgan. Marathalar davlatini markazlashtirish maqsadida bir necha maʼmuriy islohot oʻtkazilgan, … Читать далее

MATPANOBOY MADRASASI

MATPANOBOY MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1905). Xivalik boy Matpanoboy mablagʻiga qurilgan. Ustalardan Xudoybergan hoji va Qalandar Koʻchim qatnashgan. Madrasa toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (25,45X24,5 m), bosh tarzi peshtoqli (bal. 9 m), 3 gumbazli miyonsaroy, darsxona va masjiddan iborat. 2 yon qanoti burchaklariga guldasta ishlangan. Miyonsaroy 3 qismga ajratilgan, biridan ikkinchisiga ravoklar orqali oʻtiladi. Hovli (19,5x … Читать далее

METEOROLOGIK RAKETA

METEOROLOGIK RAKETA, geofizik raketa — atmosfera yuqori qatlamlari (ayniqsa, meeosfera va ionosfera)ni tekshirishda qoʻllaniladigan asboblarni olib chiqadigan raketa. Unga oʻrnatilgan meteorologik asboblar yordamida atmosfera t-rasi va bosimi, shamol yoʻnalishi, havo tarkibi, kosmik nurlar, Yer magnit maydonining joylashishi va b. aniqlanadi. Shuningdek, Quyosh nuri spektri va Yer sirti suratga olinadi. Meteorologik raketa koʻtariladigan balandlik cheklangan (100—150 … Читать далее

MENDELSON

MENDELSON, Mendelson-Bartoldi (Mendelssohn — Bartholdy) Yakob Lyudvig Feliks (1809.3.3, Gamburg – 1847.4.11, Leypsig) — nemis kompozitori, dirijyor, organchi, musiqa jamoat arbobi. Musiqiy romantizmtnt yirik namoyandasi. Bolalik davridan virtuoz pianinochi sifatida shuhrat qozongan. Uning ijodiy tafakkuri shakllanishiga Mendelsonlar oilasi bilan yaqindan tanish boʻlgan I. Gyote, G. Gegel, G. Geyne, aka-uka Gumboldtlar taʼsir oʻtkazishgan. 1820—30 y. lari … Читать далее

MIKROTSEFALIYA

MIKROTSEFALIYA (mikro… va yun. kephale — bosh) — rivojlanish nuqsoni; gavdaning boshqa qismlari raso boʻlgani holda kalla suyagi va bosh miyaning kichikligi. Homiladorlikda onaning virusli kasalliklar bilan ogʻrishi, toksoplazmoz, baʼzan homilaning meningoensefalit boʻlishi Mikrotsefaliyaga sabab boʻladi. Mikrotsefaliyada aqliy rivojlanishdan orqada qolish kuzatiladi. Bunda esipastlikning yengilroq xilidan to telbalikkacha boʻlgan shakli uchrashi mumkin. Пост Навигацияси

MUHAMMAD AMIN INOQ MADRASASI

MUHAMMAD AMIN INOQ MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (18-a.). Muhammad Amin inoq tomonidan qurdirilgan. Ichan qalʼa markazida joylashgan. Muhammad Amin inok, va uning oʻgʻli shu madrasaga dafn qilingan deb taxmin qilinadi. Madrasa bosh tarzi maydonga qaragan. Jan. peshtokdan 3 gumbazli miyonsaroy orqali toʻgʻri toʻrtburchak tarxli hovliga (25,4×24 m) kiriladi. Hovli atrofida bir qavatli hujralar va … Читать далее

PREDIKATIVLIK

PREDIKATIVLIK (lot. praedicativus — tasdiqlovchi, qatʼiy) — 1) zamonaviy mantiq fanida — belgilar va predmetlar oʻrtasida obyektiv mavjud boʻlgan aloqalarni aks ettiruvchi asosiy tushunchalardan biri; 2) tilshunoslikda — gapni shakllantiruvchi sintaktik kategoriya boʻlib, ran mazmuniga obyektiv borliqning u yoki bu hodisasi haqida xabar berish xususiyatini baxsh etadi. Predikativlik belgi (harakat, sifat va xususiyat) bilan predmetning … Читать далее

MUHABBATNOMA

MUHABBATNOMA — noma janrining mumtoz adabiyotdagi bir turi. Muhabbatnomada oshiqmaʼshuqaning oʻzaro munosabati, kayfiyati va istak-orzusi bayon etiladi. Muhabbatnomaning bosh qahramoni, odatda, oshiq — shoirning oʻzidir. U sevgi taronasining kuychisi sifatida maydonga chiqadi. Lirik qahramon maʼshuqani taʼriftavsif etadi, firoq alami va visol shodligini ifodalaydi. Unda lirika bilan epik tasvir unsurlari uygʻ-unlashadi. Muhabbatnomada shoir oshiq obrazi timsolida … Читать далее