MIRZO GʻOLIB

MIRZO GʻOLIB, Mirzo Asadullaxon Gʻolib [1797.27.12, Akbar-obod (hoz. Agra) — 1869.15.2, Dexli] — shoir, faylasuf, tarixchi, lugʻatshu-nos olim. Asli samarqandlik. Buvasi Mirzo Qoʻqonbek Xon 1748—49 y. larda Samarqanddan Hindistonga keladi va Lohurda lashkarboshi etib tayinlanadi. Otasi Abdullabek Xon Lakxnau, Haydarobod va Alvarda yollanma harbiy askar boʻlib xizmat qilgan. 15 yoshida Asad va Gʻolib taxalluslarida sheʼrlar … Читать далее

MAHABHARATA

«MAHABHARATA» («Bharata avlodlari jangnomasi») — qad. hind qahramonlik eposi. Dastlabki namunasi mil. av. 10—8-a. larda yuzaga kelgan «Mahabharata» 25 ming misradan iborat sheʼriy qoʻshiqlardir. Aytilishicha, u avval «prakrit» (xalq) tilida ogʻizdan ogʻizga koʻchib yurib, keyinchalik sanskrit tilida yozma adabiyotga kirib kelgan. Asar qahramonlaridan biri afsonaviy avliyo Vyasa uning muallifi sanaladi. Epos turli hajmdagi 18 kitobdan … Читать далее

MANIFEST

MANIFEST (lot. manifestum — chaqiriq) — 1) Oliy davlat hokimiyatining aholiga qarata tantanali murojaati. Baʼzi hollarda krnunchilik normalarini oʻz ichiga oladi yoki muhim qonunlar qabul qilinishi haqida xabar beradi; 2) siyosiy partiya, jamoat tashkiloti va b. ning oʻz dasturi, qarashlari, qarorlari va sh. k. bayon qilingan yozma murojaatnomasi, deklaratsiyasi. Пост Навигацияси

MOʻGʻULLAR ISTILOSI

MOʻGʻULLAR ISTILOSI — Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻullarning Osiyo va Sharqiy Yevropaga qilgan bosqinchilik yurishlari (13-a.). Moʻgʻul noʻyonlari harbiy tashkilot tuzib, koʻp xalqlarni bosqinchilik urushiga tortdilar. Ular qoʻshinining asosiy kuchi — koʻchmanchilardan iborat koʻp sonli va juda harakatchan otliq askarlar edi. Ular bosq-inchilik urushlarida bosib olgan mamlakatlarining harbiy kuchi va texnika yutuqlaridan ham foydalanganlar. Qoʻshin birlashgan qoʻmondonlikka … Читать далее

MIR ALI HIRAVIY

MIR ALI HIRAVIY (?, Hirot – 1557) — xattot va shoir. Xattotlik sanʼatini Zayniddin Mahmud va Sultonali Mashhadiydan oʻrgangan. Hirotda Sulton Husayn Mirzo va Buxoroda Abdulazizxon (1529-y. dan) kutubxonalarida xizmat qilgan. Mir Ali Hiraviy nafis xati hamda tez yoza olishi bilan zamondosh xattotlardan ajralib turgan, uz nomiga «Sultoni» yoki «Kotibi Sultoni» unvonini qoʻshib yozish huquqiga … Читать далее

MUHAMMAD YaʼQUB BUXORIY

MUHAMMAD YaʼQUB BUXORIY, Muhammad Yaʼqub Kenja ibn Ali Mirzo Buxoriy (taxm. 1771 — 1831) — buxorolik tarixchi olim, mangʻitlar sulolasining amaldagi 2hukmdori Doniyolbiy otaliq (1758—85) ning oʻgʻli. Uning bizgacha «Gulshan ul-muluk» («Podshoxlar gulshani») nomli tarixiy asari yetib kelgan. Asar 1825—31 y. larda yozilgan boʻlib, oʻz mazmuni hamda yozilish uslubi bilan 18-a. oxiri va 19-a. 1-yarmida … Читать далее

MUQADDIMA

MUQADDIMA (arab.) — adabiybadiiy, ilmiy, musiqiy asarlar va b. ning boshlanish qismi. Xususan, adabiybadiiy asarlardagi Muqaddima larda ayrim xrllarda mualliflarning ijtimoiy va estetik qarashlari bayon qilinadi. Mac, Navoiyning oʻz sheʼriy devonlariga yozgan 2 mashhur Muqaddimasida buyuk shoirning tarjimayi holiga, ijodi tarixiga, zamonasi haqidagi falsafiy karashlariga oid maʼlumotlar bor. M. baʼzan ijodkorning targʻibotchisi, asarni nashrga tayyorlovchi … Читать далее

MUFTIY

MUFTIY (arab. — fatvo beruvchi) , muft i — musulmonlarda oliy lavozimli ruhoniy. M. diniyhuquqiy masalalarni izohlash, talqin qilish, shariatni tatbiq etish borasida hal qiluvchi huquqqa ega. Odatda, uning fikr va qarorlari fatvolarda bayon etilib, musulmonlar uchun qoʻllanma hisoblanadi. Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga Muftiy boshchilik qiladi. U Ulamolar kengashi yigʻilishida 5 y. muddatga saylanadi. Пост Навигацияси

MUQADDAS KITOBLAR

MUQADDAS KITOBLAR, ilohiy kitoblar — muayyan dinda muqaddas va ilohiy hisoblanadigan kitoblar. Buddizmda Tripitaka, hinduiylikda vedalar va upanishadlar, xristianlikda Bibliya, yahudiylikda Tavropg, islomda Qurʼon shunday kitoblardan hisoblanadi. Islom dini taʼlimotiga koʻra, Alloh oʻtgan pay-gʻambarlarning baʼzilariga sahifalar, baʼzilariga esa kitoblar nozil qilgan. Ular 100 sahifa va 4 kitobdan iborat. 100 sahifadan 10 sahifani Odam (as) ga, … Читать далее

MUNIS

MUNIS Xorazmiy (taxallusi; asl ism-sharifi Shermuhammad Amir Avazbiy oʻgʻli) (1778 — Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻi — 1829) — shoir, tarixnavis, tarjimon, xattot va maʼrifatparvar. Dastlabki maʼlumotni tugʻilgan qishlogʻida olgan, keyinchalik Xiva madrasalarida oʻqigan. 1800-y. da otasi vafot etgach, Avaz Muhammad Inoq M. ni saroyning farmonnavis kotibi qilib tayinlagan. Munis zamonasining mashxur olim, shoir va sanʼatkorlari … Читать далее