NERV

NERV, nervlar (yun. neuron — tola, ip) , asab — murakkab anatomik tu-zilma. Bosh miya, orqa miya va nerv tu-gunlarini gavdaning boshqa aʼzo va toʻqimalari bilan bogʻlaydi; asosan, nerv tolalari tutam idan iborat. Bu tolalar biriktiruvchi toʻqimalar pardasi bilan qoplangan. Odam va umurtqali hayvonlarda bosh miyadan bogi miya nervlari, orqa miyadan esa orqa miya nervlari … Читать далее

SANATORIY

SANATORIY (lot. sano — davolayman, sogʻaytiraman) — davolashprofilaktika muassasasi Slarda tabiiy davolash omillari (iqlim, mineral suvlar, shifobaxsh balchiq va b.) bilan bir qatorda davo badan tarbiyasi qoʻllaniladi, parhez ovkatlar beriladi, davo va dam olish tartibiga amal qilinadi. Sanoat korxonalariga yaqin joylarda ishchixizmatchilar uchun sanatoriyprofilaktoriylar tashkil qilinadi (q. Profilaktoriy). Sanatoriyprofilaktoriylar korxona maʼmuriyati va kasaba uyushmalari nazoratida … Читать далее

SHOVQIN

SHOVQIN — 1) keng maʼnoda — nutq va musiqani toʻgʻri qabul qilishga, xordiq chiqarishga va aqliy mehnatga xalaqit beruvchi begona tovushlar. Shovqin detsibel bilan oʻlchanadi. Mas, nafas olish, barglarning shitirlashi 10, qattiq gapirish 60—70, transportning shovqini 80—100, reaktiv samolyot ovozi 140—175 detsibelga teng va h. k. Qattiq, suyuq, gazsimon muhitlardagi har qanday tebranishlar, turli dvigatel … Читать далее

SHOK

SHOK (frans. sos — zarba) — odam hayotiga xavf tugʻdiruvchi holat; haddan tashqari kuchli taʼsirotlar natijasida nerv, endokrin, qon aylanishi, nafas sistemalari faoliyatining hamda moddalar almashinuvining buzilishi bilan ifodalanadi. Koʻpincha shikastlanish, kuyish, operatsiya oqibatida, nomos qon quyilganda, miokard infarktida, yurak faoliyati buzilganda va boshqalar tufayli roʻy beradi. Shok boshlanishida bemor bezovtalanadi, rangi oqaradi, qarashlari bejo, … Читать далее

TIBBIYOT

TIBBIYOT, meditsina, tabobat — kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui. Tibbiyot tibbiybiologik, klinik, tibbiyijtimoiy va gigiyenik fanlarga boʻlinadi. Tibbiybiologik fanlarga: odam gavdasining tuzilishini oʻrganadigan anatomiya, gistologiya va sitologiya; organizmning odatdagi holatini, unda kasallikning paydo boʻlishi, avj olishi, kechishi va yuz beradigan struktur … Читать далее

QIMIZ BILAN DAVOLASH

QIMIZ BILAN DAVOLASH — qimizni davo sifatida iqlim bilan davolash (klimatoterapiya) bilan birga qoʻllash. U sigir sutiga nisbatan yengil hazm boʻlishi va soʻrilishi bilan ajralib turadi. Qimizning tibbiy jihatdan foydali ekanligi oʻrganilgan. Darmonsizlik, kamqonlik, meʼda-ichak, asab tizimi kasalliklari, sil va b. da davo maqsadida qimizdan foydalaniladi. U ishtahani ochadi, meʼda sekretsiyasini kuchaytiradi va ovqatni ichaklarda … Читать далее

JAZAVA

JAZAVA — kuchli asab qoʻzgʻalishi, oʻz xatti-harakatlarini nazorat qilolmay qolish, xayolot va voqelik oʻrtasidagi muvozanatning yoʻqolishi natijasida yuzaga keladigan holat. Jazava holatidagi insonda hayajonli raqslar, oʻzini oʻzi qiynash, bedorlik, diqqat-eʼtiborni bir yoʻnalishga qaratish, ogʻriq sezmaslik hollari kuzatiladi. Giyohvandlik, ichkilikbozlik va b. vositalar yordamida Jazavani sunʼiy qoʻzgʻatish hollari ham mavjud. Jazavaning eng koʻp turlari, odatda, shomonlikaa., … Читать далее

DARMANA

DARMANA (Artemisia cina) — qoqidoshlar (murakkabguldoshlar) oilasiga mansub oʻq ildizli chala buta. Boʻyi 40 — 70 sm. Poyasi sershox, qizgʻish. Barglari ikki karra patsimon qirqilgan. Gullari kichik savatchalarda 3—6 tadan joylashgan. Sent. da gullab, okt. da urugʻ beradi. Jan. Qozogistonda daryo boʻylarida, soylar, tekisliklar va togʻ etaklarida oʻsadi. Darmana ekiladi ham. Endigina ochila boshlagan toʻpgulidan … Читать далее

ISTERIYA

ISTERIYA (yun. hystera — bachadon; yunonlar Isteriyani bachadonning zararlanish oqibati deb bilishgan) — asabiy-ruhiy kasallik; nevrozlar guruhiga kiradi, ruhiyat, harakat, sezuvchanlik va ichki aʼzolar faoliyatining funksional buzilishlari bilan ifodalanadi. Isteriya Pavlov taʼbiricha, asabi zaif kishilar Isteriyaga moyil boʻladi. Bosh miya poʻstlogʻidagi tormozlanish va qoʻzgʻalish jarayonlarining buzilishi va ishdan chiqishi asab faoliyatining turli buzilishlariga olib keladi; … Читать далее

INNERVATSIYA

INNERVATSIYA (lot. in — ichga, nervus — nerv) — odam va hayvonlar aʼzolari hamda toʻqimalarining markazga intiluvchi va markazdan qochuvchi nerv (asab) tolalari orqali markaziy nerv sistemasi bilan bogʻlanishi. Toʻqima va aʼzolardagi qoʻzgʻalish markazga intiluvchi (afferent) nerv tolalaridan markaziy nerv sistemasiga boradi va undan markazdan qochuvchi (efferent) nerv tolalari orqali ishchi aʼzolarga qaytadi. Innervatsiya tufayli … Читать далее