BALZAM

BALZAM, balzamlar (yun. balsamon — xushboʻy smola) — efir moylari va ularda erigan smolalar, xushboʻy birikmalar, aldegidlar, ketonlar, murakkab efirlar va b. moddalardan tarkib topgan tabiiy moddalar. Odatda Balzam xushboʻy shiraga uxshash, taʼmi oʻtkir, quyuq suyuqliklardan iborat boʻlib, suvda deyarli erimaydi, ammo spirt, efir, xloroform, benzin va b. organik erituvchilarda eriydi. Aksarisi oʻsimliklarda normal moddalar … Читать далее

BROMGEKSIN

BROMGEKSIN (Bromhexinum) — balgʻamni suyultirib, koʻchishini tezlashtiradigan dori; yoʻtalga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Tabletka holida chiqariladi. Oʻtkir va surunkali bronxit, oʻpka sili, bronxiol astma, zotiljam va b. yoʻtal bilan kechadigan shamollash kasalliklarida qoʻllaniladi. Faqat vrach buyurganda ichiladi. Пост Навигацияси

BRIONIYA

BRIONIYA (Bryonia) — qovoqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. 15 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 4 turi uchraydi. Oq B. (V. alba) — yoʻgʻon ildizli, mayda sariq gulli oʻsimlik. Kavkaz va Oʻrta Osiyoda oʻsadi. Tarkibida brionin degan zaharli glikozid va b. moddalar bor. Xalqtabobatida ogʻriq qoldiruvchi, qon toʻxtatuvchi, surgi dori sifatida, yoʻtal va yaralarni … Читать далее

BOLQURAY

BOLQURAY (Dorema sabulosum Litv.) — soyaziradoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt, ildizi turpga oʻxshab yoʻgʻonlashgan boʻladi. Qizilqumdagi qumloq yerlarda oʻsadi. Poyasi va ildizi sutli. Sutida efir moyi, smola va kamed (yelim) bor. Balgʻam koʻchiruvchi va siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi (q. Sassiqquray). Пост Навигацияси