BALIQCHI TUMANI

BALIQCHI TUMANI — Andijon viloyatidagi tuman. Viloyatning shim.gʻarbiy qismida. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Namangan viloyatining Norin tumani va Andijon viloyatining Izboskan, Shahrixon, Oltinkoʻl, Boʻz, Ulugʻnor tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,34 ming km2. Aholisi.41,6 ming kishi (2000). Baliqchi tumanida 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Alimbek, Baliqchi, Boʻston, Guliston, Oxunboboyev, Siza, Xoʻjaobod, Eski Haqqulobod, Oʻrmonbek) bor. … Читать далее

BAIYA

BAIYA — Braziliya shim.-sharqidagi shtat. Mayd. 567 ming km2. Aholisi 11,7 mln. kishi (1990). Maʼmuriy markazi — Salvador sh. Braziliya yassitogʻligining sharqiy qismida, San-Fransisku daryosi havzasida joylashgan. Mamlakatning eng koʻp neft qazib oladigan va qayta ishlanadigan hamda olmos olinadigan shtati. Yirik Paulu-Afonsu GES ishlab turibdi. Shtat jan. da kakao, tamaki, shakarqamish plantatsiyalari bor. Oziqovqat, toʻqimachilik, … Читать далее

BAZEL

BAZEL — Shveysariyaning shim. chekkasidagi shahar, Bazel-Shtadt yarim kantonining maʼmuriy markazi. Fransiya — GFR chegarasi yaqinida, Reyn daryosidagi port. Aholisi 170 ming kishi (1990, shahar atrofi bilan 360 ming), koʻpchiligi nemis tilida soʻzlashadi. Bazel kattaligi jihatdan mamlakatda 2-oʻrindagi shahar. Xalqaro aeroport bor. Yirik savdo, moliya va sanoat hamda madaniyat markazi. Kimyo, poligrafiya, mashinasozlik, qurilish va … Читать далее

VIDIKON

VIDIKON (video…va yun. likon — tasvir) — fotooʻtkazuvchi nishonli uzatuvchi televizion trubka; telekameraning asosiy elementi. Ichki fotoeffekt yordamida obyektning optik tasvirini elektr signaliga aylantiradi. Vidikon tarqatuvchi va sanoat televideniyesi tizimida uzatuvchi trubkaning asosiy turi. Vidikonning asosiy elementi nishon; u shaffof oʻtkazgich taglikka oʻtkazilgan yupqa qatlamli yarimoʻtkazgichli fotoqarshiliklar majmuidan iborat. Dastlabki Vidikon larning nishoni SbS3 dan … Читать далее

BOʻRJAR GES

BOʻRJAR GES — Toshkentning Boʻzsuv kanalida qurilgan 3gidroelektr st-ya. 1936-y. mayida ishga tushirilgan. Quvvati 6,4 ming kVt. Uning ishga tushirilishi Toshkent sh. sanoat korxonalari va aholisini elektr energiyasi bilan taʼminlashni yaxshiladi. Boʻzsuv kanalida ishlab turgan GESlar Oʻrta Osiyoda birinchi energiya tizimini yaratishga imkon berdi. Hozir Boʻrjar ges GES Chirchiq — Boʻzsuv traktida qurilgan GESlardan biri … Читать далее

BURUNDI

BURUNDI, Burundi Respublikasi (frans. Republique du Burundi) — Markaziy Afrikadagi davlat. Mayd. 27,8 ming km2. Aholisi 6,4 mln. kishi (1990-y. larning oxirlari). Poytaxti — Bujumbura sh. Maʼmuriy jihatdan 15 viloyatga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Burundi — respublika. Davlat boshligʻi — prezident. 1996-y. 25-iyuldagi davlat toʻntarishi natijasida 1992-y. gi Konstitutsiyaning amal qilishi va Millat majlisi hamda partiyalarning … Читать далее

VROSLAV

VROSLAV — Polshaning jan.gʻarbidagi shahar. Vroslav voyevodaligining maʼmuriy markazi. Odra daryosi boʻyidagi port. Aholisi 640 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Vroslav yilnomalarda dastlab 980-y. da Breslavl nomi bilan tilga olingan. Bir necha asr nemislar qoʻl ostida (1945-y. gacha) Sileziyaning bosh shahri (Breslau) boʻlgan. Vroslav yirik sanoat shahri va muhim t. y. tuguni. Transport mashinasozligi, … Читать далее

BUDAPESHT

BUDAPESHT — Vengriya poytaxti, Pesht medyesining maʼmuriy markazi. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻrta Dunay pasttekisligida, Dunay daryosining har ikki sohilida joylashgan. Iqiimi moʻtadil kontinental, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0 dan —3° gacha, iyulda 21—22°. Aholisi 2 mln. kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Budapesht 1872-y. da tarixan tashkil topgan 3 kiyem: Buda, Obuda va … Читать далее

BRUNEY

BRUNEY, BruneyDorussalom (Brunei Darussalam) — Jan. sharqiy Osiyodagi davlat. Kalimantan o. ning shim. da joylashgan. Mayd. 5,8 mingkm2, aholisi 300 ming kishi (1996). Poytaxti — BandarSeriBegavan sh. Maʼmuriy jihatdan 4 okrugga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Bruney — konstitutsiyali monarxiya (sultonlik). Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiya 1959-y. 29 sent. da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — sulton. Mamlakatdagi … Читать далее

VOLGOGRAD

VOLGOGRAD (1925 i. gacha Saritsin, 1961-y. ga qadar Stalingrad) — RF dagi shahar, Volgograd viloyatining markazi. Volga daryosining oʻng sohilida. Yirik daryo porti, aeroport bor. T. y. tuguni. Kema qatnaydigan Volga-Don kanalining boshlangʻich punkti. Aholisi 1005 ming kishi (1999). Shaxarga 1589-y. da asos solingan. 18-a. oxiriga qadar harbiy istehkom boʻlgan. 1942-y. iyulidan 1943-y. fev. gacha … Читать далее