GLADIOLUS

GLADIOLUS (Gladiolus L.) — savsarguldoshlar (savsargullilar oilasi)ga mansub tuganak piyozli koʻp yillik, manzarali oʻsimlik. 200 ga yaqin turi bor. Oʻrta Osiyoda 3 turi oʻstiriladi. Ekma Gladiolusning 8 mingga yaqin navi bor. Poyasi tik, deyarli shoxlamaydi, boʻyi 40—200 sm. Bargi qilichsimon, poyada ikki qator boʻlib joylashadi. Guli karnay shaklida, sal qoʻsh labli va bukilgan naysimon, 20 … Читать далее

BIR YILLIK EKINLAR

BIR YILLIK EKINLAR — rivojlanish sikli (urugʻi ekilgandan to yangi urugʻ yetilguncha boʻlgan davr)ni bir yilda tugallaydigan oʻsimliklar. Bularga dukkaklilar, gʻalladon ekinlari, pomidor, baklajon, qalampir, ismaloq, salat va b. kiradi. Bir yillik ekinlar, asosan, oʻtsimon boʻlib, mevalari (urugʻi) pishib yetilgandan soʻng poya va palaklari quriydi. Ayrimlarini iqlim sharoitiga qarab koʻp yillik ekin sifatida oʻstirish ham … Читать далее

BEGONA OʻTLAR

BEGONA OʻTLAR, begona oʻsimliklar — odamlar ekmaydigan, ammo ekinlar orasida oʻsib, ularga zarar yetkazadigan, maʼlum bir maydonda oʻsi-shi maqsadga muvofiq boʻlmagan oʻsimliklar. B. oʻ. madaniy oʻsimliklar hosilini kamaytirib, q. x. ga katta zarar yetkazadi. Jahoi miqyosida Begona oʻtlar tufayli hosil nobudgarchiligi 20 mlrd. dollarni yoki umumiy hosilning 14,5% ni, Oʻzbekistonda paxta va b. ekinlar hosilining … Читать далее

BACHKI

BACHKI — 1) oʻsimlik ildizidagi kurtaklardan yoki tana ostidan oʻsib chiqadigan novdalar. Bachki larning oʻsib chiqishi tabiiy vegetativ koʻpayishning bir usulidir. Yantoq, pechak, olcha, olvoli, terak, qayragʻoch, boʻztikan B. lar orqali koʻpayadi. Bunday koʻpayishda oʻsimliklarning tuproq orasidagi po-yasi bilan birga ildizlari ham kurtaklanib, poya chiqaradi; 2) ustki kiyim (chopon, chakmon, yaktak va b.)ning tagi tor … Читать далее

GULXAYRI

GULXAYRI (Althaea) — gulxayridoshlarta mansub bir yillik va koʻp yillik oʻtlar turkumi. Yevropa va Osiyoning oʻrta mintaqalarida 12 turi oʻsadi. Oʻzbekistonda Gulxayrining bitta ekma va 7 ta yovvoyi turi bor. G. lar toʻqaylarda, sugʻoriladigan maydonlarda va b. yerlarda uchraydi. Gullari toʻgʻri, 5 boʻlaqli, ikki jinsli. Gulxayri dorivor, manzarali oʻsimlik, undan boʻyoq olinadi. Oʻzbekistonda Gulxayrining A. … Читать далее

YOʻSINSIMONLAR

YOʻSINSIMONLAR, moxsimonlar (Briopsida) — yuksak oʻsimliklarning bir boʻlimi. Baʼzi olimlar arxegonial oʻsimliklar sinfi deb hisoblaydi. Yoʻsinsimonlarda chin ildiz va oʻtkazuvchi toʻqima boʻlmaydi. Tuban Yoʻsinsimonlar tallomli, birmuncha murakkablari esa poya va bargli. Yoʻsinsimonlarda yashil oʻsimlik jinsiy boʻgʻin gametofit, jinssiz boʻgʻin sporofitdan ustunlik qiladi. Jinsiy urchish anteridiy va arxegoniy yordamida sodir boʻladi. Anteridiyda hosil boʻlgan 2 xivchinli … Читать далее

YUKSAK USIMLIKLAR

YUKSAK USIMLIKLAR — evolyutsion taraqqiyot natijasida murakkab morfologik tuzilishga ega boʻlgan, tanasi poya va bargga differensiyalangan oʻsimliklar. Ularda koʻp hujayrali murtak (embirion) hosil boʻladi. Yuksak usimliklarga xos belgilardan biri jinsiy (gametofit) va jinssiz (sporofit) nasllarning gallanishidir. Yuksak usimliklar 3000 ga yaqin turdan iborat 9 boʻlimni oʻz ichiga oladi. Bularga: riniotoifalar zosterofiltoifalar, yoʻsintoifalar, plauntoifalar, psilotoifalar, qirqboʻgʻimtoifalar, … Читать далее

GʻOZPANJA

GʻOZPANJA — raʼnodoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda sharq Gʻ. si (R. opepshNzZig.), pakana Gʻozpanja (R. virta .), koʻp qirqilgan Gʻozpanja (R. tiShSha I..), jungʻor Gʻozpanjasi (R. 50op§opsa V§1.), chiviqsimon Gʻozpanja (R. U1p>a1a yet), oʻrmalovchi Gʻozpanja (R. ger1ap5 .), osiyo Gʻ. si (R. a51apsa Zt.) va b. koʻplab turlari uchraydi. Osiyo … Читать далее

GʻUMAY

GʻUMAY — boshoqdoshlarga mansub koʻp yillik begona oʻt. Poyasi silliq, boʻyi 2 m gacha oʻsadi. Barglari choʻziqnashtarsimon, poya uchida koʻp boshokli choʻzinchoq roʻvaksimon toʻpgul hosil qiladi. Iyul-avg. da gullaydi va mevalaydi. Bir tupi 2—4 minggacha urug beradi. Urugʻi tangacha qobiqli boʻlib, tuproqda 3—4 yilgacha unuvchanlik qobiliyatini saqlaydi. 30—35° optimal t-rada yaxshi unadi. Iddizpoyasi oq rang … Читать далее

BALIQKOʻZ

BALIQKOʻZ (Climacoptera) — shoʻradoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtlar turkumi. Boʻyi 5 — 50 sm, poyasi tukli. Barglari mayda, etdor, poyada qaramaqarshi joylashgan. Mevasi qizgʻish yoki sargʻish pardasimon qanotchalarga ega. Iyun — iyulda gullaydi, okt. da pishadi. Oʻrta Osiyo hududida choʻl mintaqalarida shoʻr (taqir) va shoʻrxok tuproqlarda oʻsadi. 10,5% protein, 11,5% kletchatka va 1,5% moi, … Читать далее