YADRO

YADRO — koʻpchilik bir hujayrali va hamma koʻp hujarayli organizmlar hujayralarining asosiy tarkibiy qismi. Yadroning boʻlishi yoki boʻlmasligiga binoan, organizmlar eukariotlar va prokariotlarp ajratiladi. Prokariotlar hujayrasida irsiy modda DNK sitoplazmadan chegaralanmagan, bir qancha organoidlar boʻlmaydi. Eukariotlar hujayrasida DNK saklovchi strukturalar — xromosomalar va mitoxondriyalar bor. Genlardagi irsiy axborot orqali Yadro hujayrada oqsil sintezi, morfologik va … Читать далее

BUYRAK YETISHMOVCHILIGI

BUYRAK YETISHMOVCHILIGI — buyrak faoliyatining pasayishi sindromi. Toʻsatdan (oʻtkir) yoki sekinasta (surunkali) roʻy beradi. Koʻp qon yoʻqotish, mexanik shikastlanish tufayli qon bosimining pasayib ketishi yoki bemorning qon guruhiga moye kelmaydigan qon quyish, tok urishi, septik abort va b. ; dorilar va b. metall tuzlaridan zaharlanish oqibatida buyrak parenximasining shikastlanishi; siydik yoʻlining oʻsma yoki buyrak toshlari … Читать далее

VEGETATIV NERV SISTEMASI

VEGETATIV NERV SISTEMASI (lot. vegetatio — oʻsish, rivojlanish, qoʻzgʻalish) — odam va umurtqali hayvonlar nerv sistemasining bir qismi; V. n. s. ning tolalari barcha ichki aʼzolarning silliq muskullariga tarqalib, ular faoliyatini kishi ixtiyorisiz (avtonom holda) boshqarib turadi. Ammo Vegetativ nerv sistemasi animal (skelet muskullarigacha tarqaluvchi) nervlar singari bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi boshqaruvida faoliyat … Читать далее

GIPOFIZAR KAXEKSIYA

GIPOFIZAR KAXEKSIYA (Cachexia hypophysialis) , Simmonds kasalligi — gipotalamus yadrolari shikastlanganda va gipofiztsht oldingi boʻlagida tropgormonlar ishlab chiqarilishi kamayganda yoki butunlay boʻlmaganda kelib chiqadigan kasallik; gipotalamus markazlarining funksional buzilishi; gipotireoz, gipokortitsizm, gipogonadizm bilan ifodalanadi. Asosan jinsiy bezlar va qalqonsimon bez hamda buyrak usti bezi pust qavati faoliyatining yetishmaslik belgilari namoyon boʻladi. Bemor tez orada choʻpustixon … Читать далее

BIOENERGETIKA

BIOENERGETIKA — molekulyar biologiyaning bir boʻlimi; organizmlarning hayot faoliyati jarayonlarida energiyaning jamgarilishi va sarf etilish qonuniyatlarini hamda energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishini, biosferadagi energetika jarayonlarini oʻrganadi. Bioenergetika tadkikotlari energiyaning saqlanishi va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonunini kashf etgan (1841) nemis vrachi Yu. R. Mayer tomonidan boshlab berildi. Oʻsimlik toʻqimalaridagi asosiy energetik jarayonlar — … Читать далее

BALZAM

BALZAM, balzamlar (yun. balsamon — xushboʻy smola) — efir moylari va ularda erigan smolalar, xushboʻy birikmalar, aldegidlar, ketonlar, murakkab efirlar va b. moddalardan tarkib topgan tabiiy moddalar. Odatda Balzam xushboʻy shiraga uxshash, taʼmi oʻtkir, quyuq suyuqliklardan iborat boʻlib, suvda deyarli erimaydi, ammo spirt, efir, xloroform, benzin va b. organik erituvchilarda eriydi. Aksarisi oʻsimliklarda normal moddalar … Читать далее

GAZ ALMASHINUVI

GAZ ALMASHINUVI — nafas olish, fotosintez va b. jarayonlarda gazlarning organizm bilan tashqi muhit oʻrtasida almashinuvi. Organizm nafas xarakatlari vaqtida kislorod olib, karbonat angidrid, moddalar almashinuvining boshqa gazsimon mahsulotlari va suv bugʻini chiqaradi; bu deyarli barcha organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonining zarur holati. Kislorodsiz dissimilyatsiya jarayoni sodir boʻlishi mumkin emas. Shuning uchun organizm isteʼmol qilgan kislorod … Читать далее