GINEKOLOGIYA

GINEKOLOGIYA (yun. gynaikos — ayol va…logiya) — klinik tibbiyotning bir sohasi; turli yoshdagi xotin-qizlar organizmining oʻziga xos anatomik-fiziologik xususiyatlarini hamda ularning jinsiy aʼzolari kasalliklarini oʻrganadi. Ayollarning normal jinsiy faoliyati — hayz koʻrishi, bola tugʻishi, shuningdek, bola tugʻish va hayz koʻrishdan qolishi (klimakteriya davri) hamda shu davrga xos kasalliklar, tugʻmaslik sabablari, ularning oldini olish va davolash … Читать далее

YOMON JAROHAT

YOMON JAROHAT, — Borovskiy kasalligi, Toshkent yarasi, Qoʻqon yarasi — leyshmaniozning bir xili, teri leyshmaniozi. Infeksiyani tarqatuvchi iskabtoparlar bor joyda — Yevropaning Oʻrta dengiz boʻyidagi mamlakatlarida, Shim. Afrikada. Kichik va Jan. Osiyo mamlakatlarida, shuningdek, Turkmaniston, Tojikiston va Oʻzbekistonda uchraydi. Leyshmaniya yuqqan iskabtopar badanni chaqib, gʻudda (doʻmbogʻcha) qiladi, keyin bu gʻudda yaraga aylanadi. Yomon jarohatning ikki … Читать далее

VIRUSLAR

VIRUSLAR (lot. virus — zahar) — faqatgina tirik hujayralarda koʻpayib, oʻsimlik, hayvon va odamda yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar. Oʻtmishda «Viruslar» termini har xil kasallik qoʻzgʻatuvchilarga, ayniqsa nomaʼlum agentlarga nisbatan qoʻllanilgan. Fransuz olimi L. Paster bir qancha kasalliklarning kelib chiqishida bakteriyalarning rolini isbotlab berganidan soʻng Viruslar tushunchasi «mikrob» soʻzining sinonimi sifatida qoʻllanila boshlandi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi bu … Читать далее

BRONXIAL ASTMA

BRONXIAL ASTMA (yun. asthma boʻgʻilish) , ziqnafas — mayda bronxlarning torayishi, shilliq pardasining koʻchishi va ichiga shilimshiq tiqilishi, bronxial oʻtkazuvchanlikning buzilishi, harakat faoliyatining izdan chiqishi natijasida vaqtbevaqt nafas qisishi va boʻgʻilish xuruji bilan oʻtadigan allergik kasallik (q. Allergiya). B. a., odatda, toʻsatdan, aksari kechasi tutib, bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi. Bronxial astma … Читать далее

VIRUSLI KASALLIKLAR

VIRUSLI KASALLIKLAR, virozlar — viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. Virusli kasalliklarga odam, hayvon va oʻsimliklarda uchraydigan juda koʻp yuqumli kasalliklar kiradi. Odamlarda viruslar qoʻzgʻatadigan gripp, qizamiq, suv chechak va chin chechak, virusli gepatit, poliomiyelit, ensefalit, quturish, gemorragik isitma kabi kasalliklar birmuncha mukammal oʻrganilgan. Kupincha teri kasalliklarini ham viruslar paydo qilishi aniqlangan. Hayvonlarning Virusli kasalliklar iga kirov (oqsim), … Читать далее