IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA — turli mamlakat va rayonlarda i. ch. kuchlarining joylashish xususiyatlari hamda hududiy iqti-sodiyijtimoiy sistemalarning shakllanish qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. Uning asosiy vazifalari i. ch. va aholi hayoti b-n bogʻliq soxalarning joylanishiga taʼsir etuvchi omil va sharoitlarni taxlil qilish, vujudga kelgan iqtisodiy geografik vaziyat — i. ch. ning hududiy tarkibi va struktu-rasini baholash, … Читать далее

BOBURNOMA

«BOBURNOMA» — jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik; uzbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiyilmiy asar. Muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur. Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan (taxm. 1518/19—1530). «Boburiya», «Voqeoti Bobur», «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy», «Tabaqoti Boburiy», «Tavorixi Boburiy» kabi nomlar bilan ham maʼlum. Boburning oʻzi esa «Vaqoye» va «Tarix» degan nomlarni ishlatgan. «Boburnoma»da 1494—1529-y. … Читать далее

BRAHMANIZM

BRAHMANIZM, barahmanlik — qad. hind dini. Veda dinmasosida mil. av. 1-ming yillikning boshida paydo boʻlgan. Brahmanizmning muqaddas adabiyotiga vedalar va ularga yozilgan juda koʻp sharhlar (brahmanlar, arnyaklar, upanishadlar) kiradi. Brahmanizmda veda dinidagi koʻpgina xudolarning taʼsiri deyarli yoʻqqa chiqib, asosan 3 xudo: Braxma, Shiva va Vishnu eʼtiborli hisoblangan. Brahma olamni yaratuvchi va boshqaruvchi, Vishnu — olamlarni … Читать далее

BEDIL

BEDIL (taxallusi; asl ismi Mirzo Abdulqodir) (1644, Bengaliya, Azimobod sh. — 1721, Dehli) — shoir, mutafakkir. Harbiy xizmatchi oilasida tugʻilgan. Ota-bobosi kesh (shahrisabz)lik, turkiy bar-los urugʻidan. Yoshligidan turli fanlarga qshiqqan. Shayx Kamol, shoh Fozil va Mirza Abdulqosim kabi olimlardan taʼlim sshgan. Hindiston boʻylab koʻp sayohat qilgan, 1685-y. dan umrining oxirigacha Dehpida yashagan. Fors tilida ijod … Читать далее

YUSUPOV Akrom Mamatovich

YUSUPOV Akrom Mamatovich (1905.1.5, Quva — 1975.26.11, Toshkent) — sirk artisti, masxaraboz. Oʻzbekiston xalq artisti (1961). 8 yoshidan amakisi — dorboz Hotam Madaliyevdan dorbozlik va muallaqchilikni oʻrgangan. 14 yoshidan xalq sirkchilari truppasida ishlagan. 1920—30 yillarda komik akrobatika, voltijyorlik, turnik ustida mashq bajarish, chavandozlik tomoshalarida qatnashgan. 1942-yildan Oʻzbek sirki jamoasi tarkibidagi Toshkanboyevlar dasturida ishtirok etdi va … Читать далее

YER RESURSLARI

YER RESURSLARI — xalq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish mumkin boʻlgan yerlar. Oʻzbekistonda Yer resurslari tarkibiga foydalanib kelinayotgan yerlar va istiqbolda foydalanish mumkin bulgan yerlar kiradi (jadvalga q.). Ye. r. maydoni va sifati jihatidan baholanadi. Yer resurslaridan foydalanish darajasini tahlil (q. Yerdan foydalanish tahlili) etish va ularning samaradorligini aniqlash natijasida yer maydoni birligiga toʻgʻri keladigan yalpi … Читать далее

DAFN MAROSIMI

DAFN MAROSIMI — marhumni koʻmish bilan bogʻliq boʻlgan marosim va urfodatlar. Dafn marosimi insoniyat paydo boʻlganidan buyen geografik muhit, ijtimoiy hayot va kishilarning imkoniyatlari, shuningdek, tabiiy-ilmiy tasavvurlariga va dunyoqarashiga bogʻliq holda oʻzgarib borgan. Bundan 40—18 ming yil oldingi paleolit davridayoq Dafn marosimi oshkora liniy tuye olgan. Keyinchalik Dafn marosimi har bir dinning tarkibiy qismi hisoblangan … Читать далее

BIOINDIKATORLAR

BIOINDIKATORLAR (bio… va lot. indico—koʻrsataman, aniqlayman) — soni yoki rivojlanish xususiyatlarining oʻzgarishi orqali yashash muhitida sodir boʻlayotgan tabiiy jarayonlar, sharoit yoki antropogen oʻzgarishlardan darak beruvchi tirik organizmlar. Koʻpchilik organizmlar yashash muhiti omillari (tuproq, suv va atmosferaning kimyoviy tarkibi, ikdim va obhavo sharoiti, boshka organizmlarning boʻlishi va b.)ga juda sezgir boʻlib, bu omillar muayyan, koʻpincha cheklangan … Читать далее

BERUNIY

BERUNIY Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (973.4.9, qad. Kot (Kat) sh. — 1048.11.12. Gʻazna (hoz. Afgʻonistonda) — ulugʻ oʻzbek mutafakkir olimi, oʻrta asrning buyuk daholaridan. Oʻz zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (mat.), ilohiyot, maʼdanshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy … Читать далее

BERDAQ

BERDAQ (taxallusi; asl ismi Berdimurod Qargʻaboy oʻgʻli) (1827— Moʻynoq tumani—1900)—shoir, qoraqalpoq adabiyoti asoschisi. Avval ovul maktabida, soʻng madrasada tahsil koʻrgan. Alisher Navoiy, Fuzuliy, Maxtumquli va qoraqalpoq shoiri Kunxoʻja asarlarini chukur mutolaa qilgan, ulardan oʻrgangan. U tarixni va xalk, ogzaki ijodini yaxshi bilgan. Berdaqning lirik sheʼrlarida, dostonlarida qoraqalpoq xalqining 18 — 19-a. lardagi ijtimoiy hasti oʻz … Читать далее