OHANGARON

OHANGARONToshkent viloyati Ohangaron tumanidagi shahar (1962-y. dan). Tuman markazi. Qurama togʻining etagida, Ohangaron daryosining oʻng sohilida, 525—600 m balandlikda. Toshkentdan 68 km. Toshkent—Angren t. y. dagi stansiya. Shahar hududidan Xoʻjabaland, Xonariq va b. ariqlar oqib oʻtadi. Aholisi 34,7 ming kishidan ziyod (2003).

Shahar nomi «oxangaron» — «temirchilar» maʼnosini anglatadi. Ohangaronning tez oʻsishiga uning yaqinidagi Angren koʻmir koni va Olmaliq rangli metall konlarining ochilishi sabab boʻldi. Ohangaronda sementli shifer korxonasi, «Santexlit», «Ohangarondon» z-dlari bor. 8 umumiy taʼlim maktabi (5700 ga yaqin oʻquvchi), bolalar sport maktabi, bolalar sanʼat musiqa maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, 2 kutubxona, 2-madani-yat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion faoliyat koʻrsatadi. 2-jahon urushi qurbonlariga yodgorlik oʻrnatilgan. Kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, 10 dorixona mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x