OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI

OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti (OʻzMU) — Oʻzbekistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri; Oʻrta Osiyo va Qozogʻistondagi birinchi unt. 1918 yil Turkiston xalq universiteti sifatida Toshkent shahrida tashkil etilgan. Turkiston xalq un-ti 1920-yildan Turkiston davlat unti, 1923-yildan Oʻrta Osiyo davlat un-ti (SAGU), 1960-yildan Toshkent davlat un-ti (ToshDU) deb nomlangan. OʻzR Prezidentining 2000-yil 28 yanv. dagi farmoniga muvofiq, untga milliy un-t maqomi berildi va u hoz. nomi bilan ataldi. 1995-yil Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan.

1920/21 oʻquv yili Turkiston untida tibbiyot, fizikamat., ijtimoiyiqtisodiy (ijtimoiy fanlar), tarixfilol., texnika, q. x., harbiy ftlar boʻlib, ularda 2969 talaba oʻqigan. Ishchi va dehqonlarni, ayniqsa, mahalliy millat vakillarini untga kirishga tayyorlash maqsadida uning huzuridagi ishchilar fakulteti muhim rol oʻynadi. un-t yildanyilga kengayib bordi. 1924-yil ijtimoiy fanlar fti asosida mahalliy xoʻjalik va huquq fti tuzildi. Baʼzi ftlar birlashtirildi, ayrim ftlarda bir qancha boʻlim va kafedralar ochildi. un-t mamlakatda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston uchun kadrlar tayyorlashning asosiy markaziga aylandi. Oʻzbek ziyolilarining tarkib topishida muhim rol oʻynadi. 20-y. larning 2-yarmidan untda ilmiy tekshirish ishlariga alohida ahamiyat berildi. 1929-yil aspirantura ochildi. un-t olimlari tomonidan xalq xoʻjaligi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan kashfiyotlar qilindi. Xususan, 1928-yil un-t olimi P. B. Grabovskiy. I. F. Belyanskiy bilan birgalikda elektron nur yordamida harakatdagi tasvirni bir joydan boshqa joyga uzatadigan va qabul qiladigan «radiotelefot» apparatini yaratdilar. 1928y. dan un-t ftlari asosida mustaqil tarmoq intlar, jumladan, Oʻrta Osiyo paxtachilik inti, Oʻrta Osiyo paxtachilik va irrigatsiya politexnika instituti (hoz. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti), Oʻrta Osiyo tibbiyot inti, Tojikiston q. x. instituti, Tojikiston agronomiyaped. inti, Turkmaniston zooveterinariya inti, Oʻrta Osiyo irrigatsiya muhandislari va texniklari inti, Oʻrta Osiyo geol. qidiruv inti, Oʻrta Osiyo industrial instituti (hoz. Toshkent texnika universiteti), Oʻrta Osiyo ipakchilik inti, Oʻrta Osiyo moliyaiqtisod instituti (hoz. Toshkent iqtisodiyot universiteti) va boshqalar institut hamda ilmiy tekshirish muassasalari tarkib topdi. 1931-yil untda biol., texnika, fizikamat., ishchi ftlari ishladi. 1935-yil tarix, tuproqshunoslikgeol. geogr. ftlari tashkil topdi. 1938-yil sirtqi boʻlim ochildi. 2-jahon urushi (1939— 45)dan oldingi davrda un-t oʻqituvchilar tarkibi uni tugatgan milliy kadrlar (T. N. QoriNiyoziy, T. Z. Zohidov, T. A. Sorimsoqov, O. S. Sodiqov va boshqalar) hisobiga kengaydi. 1941-yil noyab. da OʻzDU (hoz. Samarqand universiteti) SAGUga qoʻshildi (1945-yil yana ajralib chiqdi). Filol. (1942), sharq (1944), geogr. (1945), geol.

tuproqshunoslik (1945) ftlari tashkil etildi. 1943-yil apr. da aspirantura kengaytirilib, doktorantura ochildi. un-t olimlari 1943-yil Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasshtnt tashkil topishi va rivojlanishida asosiy rol oʻynadilar. Keyingi yillarda un-t faoliyati yanada kengaydi, oʻquv jarayonlari takomillashdi, i. t. lar yuksaldi. 1991-yil sharq va yuridik ftlari negizida Toshkent sharqshunoslik instituti, Toshkent yuridik instituti tashkil topdi. Untda 14 ft (fizika, mexanikamat., kimyo, biol. tuproqshunoslik, geogr., geol., oʻzbek filol. si, xorijiy filol., jurnalistika, tarix, falsafa, ijtimoiy-siyosiy fanlar, iqtisodiyot, huquqshunoslik), ft maqomidagi tillar markazi, tayyorlov boʻlimi, 102 kafedra, Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti, Oliy ped. instituti, Amaliy ekologiya va tabiatdan unumli foydalanish ilmiy tekshirish boʻlimi, botanika bogʻi, 16 ilmiy lab., milliy qadriyatlar markazi faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek, oʻquv, oʻquvuslubiy, aspirantura, marketing, ichki nazorat va monitoring, rejamoliya, hisob, kadrlar boʻlimlari, magistratura markazi, bosh muhandis xizmati va boshqalar mavjud. Untda 3 mln. dan ortiq asarga ega 14 ta kutubxona (ulardan 13 tasi ftlar qoshida) faoliyat koʻrsatadi. Kutubxonada toshbosma va nodir qoʻlyozmalar fondi bor.

Unt 34 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar, 108 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlaydi. 68 mutaxassislik boʻyicha aspirantura, 20 mutaxassislik boʻyicha doktorantura mavjud. 2005-yil 164 aspirant, 16 doktorant, 127 tadqiqotchi ilmiy tekshirish olib bordi, 14 ixtisoslashgan kengash (9 drlik va 5 nomzodlik) 30 mutaxassislik boʻyicha faoliyat koʻrsatadi. 2004/05 oʻquv yili untda 10250 talaba taʼlim oldi, 1059 prof. oʻqituvchi, jumladan, 136 fan d-ri va prof., 387 fan nomzodi va dotsent ishladi. un-t prof. oʻqituvchilari orasida OʻzR Fanlar akademiyasining akad. lari A(. A. Abduvahobov, J. A. Azimov, T. A. Azlarov, Sh. A. Alimov, Sh. A. Ayupov, T. N. Dolimov, T. J. Joʻrayev, T. S. Yoʻldoshboyev, A. T. Mamadalimov, J. A. Musayev, M. M. Musaxonov, A. R. Muhammadjonov, T. M. Moʻminov, N. A. Parpiyev, S. Sh. Rashidova, M. Salohiddinov, Sh. I. Solihov, N. Yu. Sotimov, B. O. Toshmuhamedov, S. Sh. Shermuhamedov va boshqalar) bor. Untda muhim fan tarmoqlari boʻyicha ilmiy maktab va yoʻnalishlar yaratildi. Xususan, un-t olimlarining mat. va mexanika (V. I. Romanovskiy, T. A. Sarimsoqov, S. H. Sirojidsinov, Sh. Q. Farmonov, T. A. Azlarov, M. S. Salohiddinov, Sh. A. Ayupov, Sh. O. Alimov, M. T. Oʻrozboyev, A. Begmatov), fizika (S. V. Starodubsev, O. Xolmuhamedov, Sh. Otajonov, S. U. Umarov, R. X. Mallin, kimyo (O. S. Sodiqov, R. Tillayev, K. S. Ahmedov, Oʻ. N. Musayev, S. Sh. Rashidova, Sh. T. Tolipov), biol. (Ye. P. Korovin, T. Z. Zohidov, A. T. Toʻlaganov, A. Vahobov), tuproqshunoslik va agrokimyo ( S. N. Rijov, X. A. Abdullayev), biokimyo va biofizika (Yo. X. Toʻraqulov), baland togʻlarni oʻzlashtirish (I. A. Raykova), genetika (JA. Musayev), geol. (A. S. Uklonskiy, O. I. Islomov, T. N. Dolimov), geogr. (L. N. Korjenevskiy, A. Soliyev, Z. M. Akramov, H. H. Hasanov), falsafa (A. T. Ayupov, K. S. Sodiqov, E. Yusupov, S. Shermuhamedov, J. M. Boboyev, I. Rahimov), tarix V(. V. Bartold, A. A. Semyonov), huquqshunoslik (H. S. Sulaymonova, O. E. Eshonov, Sh. Z. Oʻrazayev), sharqshunoslik (Sh. Shomuhamedov), filol. (Gʻ. K. Karimov, O. Sharafiddinov, S. D. Dolimov, A. Gʻ. Gʻulomov, L. P. Qayumov, B. Qosimov, U. Normatov, A. Abduazizov, Sh. Rahmatullayev), psixologiya (E. Gʻoziyev), sotsiologiya (N. Aliqoriyev) sohasidagi tadqiqotlari mashhur.

Unt tashkil topgandan beri 110 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlandi (2005). Untda taniqli shoir va yozuvchilardan Oybek, M. Avezov, A. Qahhor, A. Muxtor, P. Qodirov, O. Yoqubov, Oʻ. Hoshimov, Oʻzbekiston Qahramonlari O. Sharafiddinov, A. Oripov, E. Vohidov va boshqalar oʻqigan.

Untda «OʻzMU xabarlari» jur. (1997) va «Milliy universitet» gaz. (1918) chiqadi. un-t oʻz bosmaxonasiga ega boʻlib, unda har yili prof,oʻqituvchilarning 100 dan ortiq ilmiy asar va oʻquv metodik adabiyotlari nashr etiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x