OʻTKINCHI BALIQLAR

OʻTKINCHI BALIQLAR — baliqlarning ekologik guruhi; uvildiriq tashlashi davrida dengizlardan daryolarga (anadrom migratsiya) yoki daryolardan dengizlarga (katadrom migratsiya) koʻchib oʻtadi.

Anadrom migratsiya seldsimonlar, losossimonlar, osyotrsimonlar va boshqalar baliklar uchun xos. Bu balikdarning bir qismi kuzda jinsiy hujayralari yetilmasdan oldin daryolarga oʻtib, bahorda koʻpayishga kirishadi (qishki irqlar); boshqa qismi bahorda jinsiy hujayrasi yetilish oldidan daryolarga oʻtadi va tezda koʻpayishga kirishadi (bahorgi irklar).

Katadrom migratsiya ayrim buqabaliqlar, daryo ilon baligʻi (ugor) va tropik laqqa baliqlar uchun xos. Oʻtkinchi baliqlar6., odatda, suv shoʻrlanishining keng miqyosda oʻzgarishiga moslashish xususiyatiga ega. Koʻplab har xil toʻsiqlar (kuchli oqim, sharsharalar, sayozliklar)ni oʻtishi uchun juda kup energiya sarflanishi sababidan Oʻtkinchi baliqlar migratsiya oldidan zaxira oziq (asosan, yogʻ) toʻplaydi. Oʻtkinchi baliqlar uvildiriq tashlaydigan joylar muhofaza qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x