NORVEGIYA

NORVEGIYA (Norge), Norvegiya Qirolligi (Kongeriget Norge) — Shim. Yevropadagi davlat. Skandinaviya ya. o. ning gʻarbiy va shim. qismida. Mayd. 387 ming km2. Aholisi 4,5 mln. kishi (2002). Poytaxti — Oslo sh. Maʼmuriy jihatdan 19 fyulke (viloyat)ga, jumladan, fyulkega tenglashtirilgan Oslo sh. ga boʻlinadi. Shpisbergen arxipelagi, Medvejiy, Yan Meyen va Buve o. lari ham Norvegiyaga karaydi.

Davlat tuzumi. Norvegiya — konstitutsiyali monarxiya. 1814-y. 17-mayda qabul qilingan N. Qirolligi konstitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻiqirol (1991-y. 21 yanv. dan Xarald V). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali (yuqori palatasi lagting, quyi pala-tasi odelsting) parlament — storting amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyat qirol qoʻlida boʻlib, u Davlat kengashi (hukumat)ni tayinlaydi.

Tabiati. Norvegiya — togʻli oʻlka. Hududining qariyb 2/3 qismi dengiz sathidan 500 m dan baland; dengiz sohilidagina pasttekislik bor. Gʻarbiy qir-gʻogʻida tik yon bagʻirli tor qoʻltiq (fyord) koʻp. Yirik orollari — Lo-foten, Vesterolen, Senya, Mageryo va b. Hududining katta qismini Skandinaviya togʻlari ishgʻol qiladi (eng baland joyi Galxyopiggen togʻi — 2470 m). Foydali qazilmalari: temir, nikel, mis, titan, uran, molibden, kobalt va kumush rudalari. Shim. dengizning quruklikka yaqin sayoz qismida neft va gaz konlari bor. Iklimi moʻtadil, shim. chekkasida subarktika, sohilida okean iklimi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi shim. da —2—4°, jan. da 2°. Yozi salqin, tez-tez yomgʻir yogʻadi. Yillik yogʻin 1000—3000 mm. Muzliklarning umumiy maydoni 3000 km2 ga yaqinni tashkil etadi. Yirik daryolari — Glom-ma, Logen (Gudbransdal), Logen (Nu-medal). Katta gidroenergiya salohiya-tiga ega boʻlgan bu daryolar qor, yomgʻir va muzliklardan toʻyinadi. Eng katta koʻli — Myosa. Asosiy tuprogʻi — yupqa tundra tuprogʻi, jan. da togʻ podzol tup-rogʻi uchraydi. Mamlakat hududining 27% oʻrmon. Yovvoyi hayvonlardan tulki, silovsin, rosomaxa, suvsar, los, bugʻu, quyon, tiyin, lemming va b. bor. Dengiz sohilida gala-gala qushlar, dengizlarda turli baliq va tyulen koʻp.

Aholisining 97% norveglar. Saamlar, kvenlar, shvedlar, danlar, ne-mislar va b. ham yashaydi. Rasmiy tilnorveg tili. Rasmiy din — lyuteranlik. Shahar aholisi 50%. Yirik shaharlari — Oslo, Bergen, Tronxeym va b.

Tarixi. Norvegiya hududida odam muzlik davridan keyingi asrlardan beri yashaydi. Mil. av. 1-ming yillik oʻrtalarida saam va german qabilalari yashagan. Norveglarning hayoti azaldan dengiz bilan bogʻliq: mamlakatning nomi ham «norveg» — «shimoliy yoʻl», «dengiz yoʻli» maʼnosini bildiradi. 872-y. bi-rinchi norveg qiroli taxtga oʻtirdi. 8 — 11-a. larda mohir dengizchi boʻlgan norveg vikinglari Islandiyaga, Grenlandiya sohillari va Shim. Atlantikadagi orollarga yetib borib, ularni mustamlakaga aylantirdilar. 11-a. da xristi-anlik joriy etildi, markazlashgan monarxiya qaror topdi. 14a. oʻrtalarida tarqalgan vabo mamlakat xoʻjaligini, ijtimoiy va siyosiy xayotni izdan chiqardi, asta-sekin mustaqillik barbod boʻlishiga olib bordi. 1319-y. Shvetsiya, 1380-y. Daniya bilan ittifoq tuzdi. 1397-y. Kalmar ittifoqiga koʻra, N. Dani-yaga tobe boʻlib qoldi, 1537-y. Daniyaning viloyatiga aylandi.

1805—14 y. lardagi Angliyadaniya urushi va hosilsizlik Norvegiyani halokat yoqasiga keltirib qoʻydi, oʻn minglab kishi ochlikdan oʻldi. 1814-y. Kil sulh shartnomasiga koʻra, Norvegiya shvedlar mulki boʻlib qoldi. Bundan norozi boʻlgan norveg xalqi mustaqillik uchun kurash boshladi. Oʻsha yil 17-mayda birinchi parlament (taʼsis majlisi) chaqiri-lib, konstitutsiya qabul qilindi va qirol saylandi. Shvetsiya-N. ittifoqi 1905-y. gacha amal qildi, Norvegiya ichki mustakillikdan foydalandi. 1905-y. 7-iyunda storting Shvetsiya-N. ittifoqini bekor qildi.

l-jahon urushida Norvegiya betaraflik eʼlon qildi. 2-jahon urushi boshlanishi b-noq Norvegiya betaraf ekanini bildirgan boʻlsa ham, 1940-y. da gitlerchilar Germaniyasi unga bostirib kirdi, Norvegiya hukumati Londonga koʻchdi. 1942-y. fashistlar Norvegiyada V. Kvisling boshchiligida sotqin hukumat tuzdi. Mamlakatda Qarshilik koʻrsatish harakati avj oldi. 1945-y. 8-mayda Norvegiya ozodlikka erishdi. Urushdan keyingi yillarda mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklash va rivojlantirishga kirishildi. 1945-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-y. 10-iyunda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 17 may — Konstitutsiya kuni (1814).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. N. ishchi partiyasi, 1887-y. asos solingan; Markaz partiyasi, 1920-y. tashkil etilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1973-y. tuzilgan; Venstre, liberal partiya, 1884-y. asos solingan; Sotsialistik soʻl partiya, 1975-y. tashkil etilgan; Xristian xalq, partiyasi, 1933-y. tuzilgan.

Xeyre, konservativ partiya, 1884-y. asos solingan. Norvegiya kasaba uyushmalari marka-ziy birlashmasi, 1899-y. tashkil etilgan. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.

Xujaligi. Norvegiya — rivojlangan indoʻst-rial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,6%, q. x. ulushi 2,9%. Dengiz kema qatnovi, baliq ovlash, tashki savdoning roli katta.

Sanoat ning yetakchi tarmoqlari: elektr metallurgiya, elektr kimyo, sellyuloza-qogʻoz, baliq sanoati, asosan tashki bozor uchun ishlaydi. Ichki bozorga xizmat qiladigan tarmoqlar orasida oziq-ovqat va yengil sanoat bilan birga mashinasozlik va metallsozlik durust taraqqiy etgan. Konchilikda temir va titan rudasi, kumir, neft va gaz qazib olish katta urin tutadi. Elektr energiyaning 99% GESlarda hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 122 mlrd. kVt-soat). Qora va rangli metallurgiya, kemasozlik, elektrotexnika, radiotexnika va yogʻochsozlik sanoati koʻproq rivojlangan. Axrli jon boshiga elektr energiyasi, sellyulozaqogʻoz mahsulotlari, ferroqotishma, alyuminiy i. ch. va kemasozlikda Norvegiya dunyoda ol-dingi oʻrinlarda turadi.

Qishloq xoʻjaligi. Mamlakatning tabiiy sharoiti q. x. uchun juda noqulay. Togʻ-tosh koʻpligidan Norvegiya hudu-dining 3% ga yaqini haydaladi. Q. X., asosan, goʻshtsut chorvachiligiga ixti-soslashgan. Dehqonchiligida yem-xashak ekinlari, bir oz miqdorda gʻalla (suli va arpa), kartoshka ekiladi. Chorvachilikda yilqi, qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. K-x. mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondi-ra olmaydi. Moʻyna hayvonotchiligi, baliqchilik rivojlangan, oʻrmonlarda koʻp miqdorda yogʻoch tayyorlanadi.

Ichki yuklar va tashqi savdo mahsulotlarining aksariyati dengiz kemalarida tashiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 38,3 mln. tonna dedveyt. Yirik portlari: Oslo, Bergen, Stavanger. T. y. uzunligi — 4 ming km, avtomobil yoʻllari 89,7 ming km. Asosiy aeroportlari — Fornebu (Oslo), Sulla (Stavanger) va Budyo. Chetga neft va tabiiy gaz, kemasozlik, sellyuloza-qogʻoz va kimyo sanoati mahsulotlari, qora va rangli metallar, baliq mah-sulotlari chiqaradi. Chetdan mashina, mineral xom ashyo, avtomobillar oladi. Tashqi savdodagi asosiy hamkorlari: Buyuk Britaniya, Shvetsiya, GFR, Niderlandiya. Pul birligikrona.

Tibbiy xizmati. Norvegiyada sogʻliqni saqlash yuqori darajada tashkil etilgan. Tibbiy xizmat qiymatining 80% ijtimoiy sugʻurta hisobidan qoplanadi. Vrachlar un-tlarning tibbiyot f-tlarida tayyorlanadi. Sankt-Olafs-Kille, Sannefyord, Larvik, Xanke balneo-logik kurortlari, gʻarbiy sohilida Bergen dengiz boʻyi iklimiy shifoxonasi bor.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Dastlabki maktablar 12-a. boshlarida ochilgan. 1848-y. 7 yoshdan 13—14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etildi, 1968-y. 16 yoshgacha yetkazildi. Hoz. taʼlim tizimi maktabgacha tarbiya muassasalari, 6 y. lik kichik va 3 y. lik yuqori majburiy maktablar, oʻrta umumiy taʼlim maktabi — gimnaziyalar, hunar-texnikala oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini oʻz ichiga oladi. Oslo, Bergen, Tronxeym, Tromsyodagi untlar, 10 ta in-t oliy taʼlim beradi.

Mamlakatdagi i. t. larni Fan va texnika davlat qoʻmitasi hamda i. t. lar maslahat kengashi muvofiklashtiradi. Norvegiya fan va adabiyot akademiyasi (1857), 300 dan ortiq ilmiy tadqiqot in-ti, sanoat va savdo firmalarining 300 lab., 40 ga yaqin ilmiy jamiyat va b. bor. Bundan tashqari, Oslo un-tida 90, Tronxeym untida 50 i. t. instituta va lab. ish olib boradi. Un-tlar huzurida yirik kutubxonalar va Oslo sh. kutubxonasi, Norvegiya xalq muzeyi (1894), un-t milliy osori atiqalar muzeyi, Mil-liy galereya, Amaliy sanʼat muzeyi, Zool. muzeyi va b. bor. Norveg vikinglarining kemalari, T. Xeyerdalning «Kon-Tiki» soli muzeyda saqlanayotir.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Eng yirik gaz. va jur. lari: «Adresseavisen» («Manzilli gazeta», kundalik gaz., 1767-y. dan), «Arbeyderbladet» («Ishchilar gazetasi», kundalik gaz., 1884-y. dan), «Bergene arbeyderblad» («Bergen ishchilar gazetasi», kundalik gaz., 1927-y. dan), «Verdene gang» («Harakatdagi dunyo», kundalik gaz., 1945-y. dan), «Vort land» («Bizning mamlakat», kundalik gaz., 1945-y. dan), «Dagbladet» («Kundalik gazeta», 1969-y. dan), «Morgenbladet» («Tonggi gazeta», kundalik gaz., 1819-y. dan), «Nashunen» («Millat», kundalik gaz., 1896-y. dan), «Norges indoʻst-ri» («Norvegiya sanoati», 2 haftada chiqadigan jur., 1920-y. dan), «Fremover» («Olgʻa», kundalik gaz., 1903-y. dan), «Xarstad tidende» («Xarstad gazetasi», kundalik gaz., 1887-y. dan), «Aktuelt perspektiv» («Dolzarb istiqbol», jur., 1963-y. dan), «Fri fagbevegelse» («Er-kin kasaba harakati», 2 haftada chiqa-digan jur., 1906-y. dan) va b. Norvegiya telegraf byurosi (NTB) — norveg gaz. larining aksiyadorlik jamiyati, 1867-y. da tuzilgan. Norvegiya davlat radioeshittirish mahkamasi (1933-y. da asos so-lingan) mamlakatdagi radioeshitirish va telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi. Adabiyoti. Qad. norveg adabiyoti yodgorliklari deyarli saqlanib qolmagan. Ogʻzaki xalq afsonalari va qahramonlik qoʻshiqlari yozma adabiyotning ilk manbalari boʻlgan. «Tushdagi sharpa» dostoni va «Qirol koʻzgusi» aytishuvi (dialogi) 13-a. ga oid adabiy namunalardir. 14—15-a. larda ballada paydo boʻldi. Daniya hukmronligi davrida adabiyot tushkunlikka uchradi, dan tili koʻp vaqt N. ning adabiy tili boʻlib turdi. 18-a. da milliy tuygʻu kuchay-ishi bilan norveg adabiyoti yuksala bor-di, dramaturgiya va lirika rivoj topdi. Norveg va dan madaniyatlarining atoqli namoyandalari — Skandinaviya teatrining ijodkori — L. Xolberg va shoir K. Tullin shu davrda faoliyat koʻrsatdi. 1772-y. Ko-pengagenda norveg adabiyotini tiklash maqsadida «Norveg jamiyati» tuzildi. Shu yili Yu. N. Brun birinchi milliy drama va Norvegiya madhiyasini yaratdi, K. Fasting, K. Friman milliy vatanpar-varlik ruhidagi sheʼrlarini yezdi.

19-a. 1-yarmida tarix va folklorga qiziqish kuchaydi, P. K. Asbyornsen va Y. E. Mu norveg xalq ertaklarini yi-gʻib nashr etdilar, xalq qoʻshiklari va balladalarini yozib olishga kirishildi. Dramaturgiya va lirika rivojlandi. 50-y. larning 2-yarmida realizm xususi-yatlari paydo boʻldi (B. M. Byornsonning «Badjaxl Segurd» dramatik trilogiyasi, Ya. K. Kolletning «Amtmann qizlari» romani va b.). 70—90-y. larda tanqidiy realizm ustunlikka erishib, norveg adabiyotini jahon darajasiga koʻtardi. (G. Ibsen, B. M. Byornson, Yu. Li, A. Xyellann ijodi).

20-a. boshlarida Yu. Boyer, U. Duun, S. Unset kabi yozuvchilar adabiyotga kirib keldilar. S. Xyol, A. Omre, A. Sandemuse, T. Vesos, Yu. Borgen inson ruxiyatini teran aks ettirdilar. 2-jaxrn urushi yillarida Norvegiya yozuvchilari fashizmga qarshi kurashda qatnashdilar, 300 ga yaqin yashirin gaz. chikarib turildi. Urushdan keyin yaratilgan koʻpgina asarlar Qarshilik koʻrsatish harakatiga bagʻishlandi. 70—90-yillarda ijod qilgan sho-irlar R. Yakobsen, Ya. Bryuxeym, A. Andersen atrof dunyo chigalliklarini tasvirladilar. G. Lyunde, E. Xovardsxolm va b. jamiyat illatlarini tanqid qildilar.

Meʼmorligi. Oʻrta ayerlarda Norvegiyada yogoch meʼmorligi rivoj topdi, qoʻsh sinchli cherkov («stavkirka»)larning oʻziga xos toifasi vujudga keldi (Urnes va Borgunnadagi cherkovlar). 12—16-a. lardagi gʻishtli imoratlarda roman va gotika meʼmorligining taʼsiri seziladi. Bergendagi 16-a. 2-yarmi va 17-a. ga mansub Rozenkrans minorasida Uygʻonish davri, Ser-Frundagi 18-a. ga oid cherkovda barokko va rokoko, Tronxeymdagi 19-a. ga mansub qirol qarorgohida klassitsizm meʼmorligi unsurlaridan foydalanildi. 19-a. meʼmorligida eklektizm (Byugdyo ya. o. dagi Oskarsxoll qasri, meʼmor Yu. Nebelong), 20-a. boshlarida funksionalizm (Oslodagi «Skansen» restorani, meʼmor L. Bakker) usullari ustunlik qildi. Keyingi oʻn yilliklarda Oslodagi ratusha (meʼmorlar A. Arneberg va M. Poulson), «Viking» mehmonxonasi (meʼmor K. Knutsen), Hukumat uyi (meʼmor E. Vikshe), Xovikaddendagi muzey (meʼmorlar I. Eykvar, S. Engeb-retsen) binolari qurilishida oʻziga xos milliy meʼmoriy shakllar paydo boʻldi. Mahalliy xalq meʼmorligi anʼanalariga murojaat qilinib, mehmonxona, xususiy villalar, hovlili koshona uylar kurila boshlandi.

Tasviriy sanʼati. Neolit va jez davrlarida qoyalarga ishlangan rasmlar Norvegiya hududidagi eng qad. sanʼat yodgorliklaridir. 8-a. oxirida oʻrta asr sanʼati (yogʻoch, fil suyagi oʻymakorligi va h. k.) tarkib topgan. 13—14-a. larda gotika uslubidagi tasviriy sanʼat rivojlandi. Haqiqiy norveg sanʼati 19-a. da yuzaga keldi. Atoqli rassom Yu. Dal goʻzal manzaralar chizdi, A. Tidemann, X. Gude, F. Kollett, X. Bakker xalq hayotini tasvirladilar. 20-a. 1-yarmida monumental-bezak sanʼatining roli kuchaydi. Haykaltaroshlardan R. Lunne, G. Yanson mashhur boʻldi. 20-a. ning 2-yarmida abstraksionizm va turli modern oqimlari vujudga keldi. Amaliy sanʼat (metall buyumlar, jimjimador yogʻoch anjomlar yasash, gazlama, toʻr toʻqish, kashtachilik, kulollik) xalq orasida keng tarqalgan.

Musiqasi qadimda yuzaga kelgan. Oʻziga xos norveg xalq qoʻshiqlari (qahramonlik va muhabbat qoʻshiqlari, qissa-qoʻshiklar, choʻpon va baliqchi qoʻshiklari), raqslar (xalling, springtar va b.), cholgʻu kuylari (lyuarslott va b.) keng yoyilgan. Azaliy cholgʻu asboblari — buk-kexorn (echki shoxi), prillar (buqa shoxi), selye (nayning bir turi), xar-tingfele (gʻijjakning bir turi) va b. 16-a. da sayyor baxshi (zingmeyster)lar, mohir skripkachilar, organchilar boʻlgan. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida F. Grot, AFlintenberg, F. Fogel, L. M. Linneman kabi kompozitor, dirijyor va musiqa nazariyotchilari ijod qilgan. 1850 — 60 y. larda X. Xyerulf, U. Bull, R. Nurdrok va b. milliy musiqa maktabini yaratdilar. E. Grig ijodi va ijtimoiy fa-oliyati musiqa madaniyati yuksalishiga katta taʼsir qildi. Kompozitor F. U. Valen zamonaviy norveg musiqasiga asos soldi. 20-a. oʻrtalarida X. Severud, K. Eg-ge, E. Tveyt, L. Yensen, A. Yanson, L. Nilsen kabi kompozitorlar ijod qildilar. Osloda Norvegiya operasi (balet truppasi b-n), Oslo va Bergenda konservatoriya, Tronxeymda Oliy musiqa maktabi va b. bor.

Teatri. Milliy teatr faoliyati diniy va maishiy udumlarni sahnalashtirishdan boshlangan. 18-a. oʻrtalarida Kristi-aniya (hoz. Oslo) va Bergenda havaskor teatr truppalari tuzildi. 1780-y. do-imiy teatr ochildi. 1899-y. Kristia-niyada barpo etilgan Milliy teatrda G. Ibsen, B. M. Byornson, U. Shekspir, F. Shiller, B. Shou asarlari qoʻyildi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Kristianiya, Bergen, Tronxeym, Stavangerda yangi teatrlar barpo etildi. X. Krog, N. Grig va b. yozuvchilarning pyesalari sahnalashtirildi. 2-jahon urushi (1939—45) davrida Norvegiya teatrlari inqirozga uchradi. Mamlakat ozod etilgach, teatrlarda jahon va milliy mumtoz dramaturgiyasining asarlari koʻrsatildi. Osloda aktyor va rej. lar tayyorlaydigan Davlat teatr maktabi (1953) bor.

Kinosi. 1908-y. dan kinofilmlar chikarila boshlandi. 20-y. larda chet el filmlariga taklidiy filmlar yaratilgan boʻlsa, 30-y. larda oʻtkir ijtimoiy va tarbiyaviy mavzularga murojaat etildi («Sayoq», «Torres Sner-tevold», rej. T. Ibsen). 40—60-y. larda Qarshilik koʻrsatish x,arakatiga bagʻishlangan filmlar — «Yashashni xoxlaymiz» (rej. U. Dalgar), «Qochoqlar» (rej. T. San ne), «Toʻqqiz hayot» (rej. A. Skouen) Norvegiya kinosining katta yutugʻi boʻldi. Keyingi yillarda rej. lardan N. Myuller, N. Kristensen, T. Vibe-Myuller va b. riyokorona axloqni fosh etuvchi filmlar yaratishdi. Norvegiyada huj-jatli, ilmiy ommabop (rej. P. Xest, A. Berg, T. Xeyerdal) va multiplikatsiya (rej. I. Kaprino) kinosi ham rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x