Nodira nomidagi Namangan viloyat axborot-kutubxona markazi

1918-yilda Namangan shahridagi paxta zavodi klubi qoshida 540 nusxadan iborat kitob fondi bilan kutubxona oʻz faoliyatini boshlagan va shahardagi hamma uchun foydalaniladigan birinchi kutubxona edi.

1927-yilda u shahar markaziy kutubxonasi sifatida faoliyat koʻrsata boshladi. 1929-yil kitob fondi koʻpayganligi sababli kutubxona alohida binoga koʻchib oʻtdi. 1936-yilda kutubxonaning kitob fondi va vaqtli matbuot nashrlari 18398 taga, kitobxonlari 8695 nafarga oʻsdi. 1941-yilda Namangan viloyati tashkil topgach, shahar markaziy kutubxonasiga viloyat kutubxonasi maqomi berildi.

Namangan viloyati Andijon viloyati bilan qoʻshilganligi sababli 1960–68-yillarda kutubxona Namangan shahar kutubxonasi deb yuritilgan. 1968-yil Namangan viloyati qayta tashkil etilgach, u yana viloyat kutubxonasiga aylantirilgan. Namangan viloyati xalq deputatlari kengashining 1980-yil 19-iyundagi qaroriga koʻra, kutubxonaga oʻzbek shoirasi Mohlaroyim Nodira nomi berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi 381-sonli Qarori va Namangan viloyati hokimining 2006-yil

24-iyundagi 154-qarori bilan viloyat ilmiy-universal kutubxonasi negizida Nodira nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tashkil etildi. AKMning faoliyati insonparvarlik, umumiylik, shaxs erkinligi tamoyillari asosida olib boriladi. AKM viloyatda RAKMning hududiy boʻlimi boʻlib, viloyatdagi barcha tipdagi kutubxonalar uchun uslubiy markaz sifatida faoliyat yuritadi.

Kutubxonada 11 ta boʻlim mavjud. 2001-yili kutubxona qoshida “Huquqiy axborot markazi” tashkil etildi. Markazning maqsadi – aholining huquqiy axborotga boʻlgan talabini qondirish, huquqiy madaniyatini shakllantirish edi. Markaz tomonidan “Konstitutsiyani oʻrganuvchilar uchun”, “Huquqingizni bilasizmi?” nomli oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar chiqarildi.

2005-yil 1-oktabrga qadar boʻlgan holatga koʻra, kutubxonaning kitob fondi – 587,3 ming bosma birlik, kitobxonlar soni – 11641 kishini tashkil etdi.

Kutubxonada turli sohalarga oid 487 mingdan ortiq adabiyotlar, gazetalar va jurnallar, shuningdek, audiovizual materiallar, 1254 ta noyob kitoblar va qoʻlyozmalar mavjud.

Kutubxona 2006-yili Namangan viloyat axborot-kutubxona markaziga aylantirilgan.

 

Zuhra Berdiyeva

 

Kutubxonashunoslik” (Kasb-hunar kollejlari uchun. Toshkent, “Ilm ziyo”, 2014) darsligidan.

https://saviya.uz/hayot/nigoh/nodira-nomidagi-namangan-viloyat-axborot-kutubxona-markazi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x