NEOKLASSIK IKTISODIY NAZARIYA

NEOKLASSIK IKTISODIY NAZARIYA — iqtisodiy nazariyada marjinalizm gʻoyalari anʼanalarini davom ettirgan yetakchi yoʻnalish. Bu nazariyaning eng mashqur vakillari A. Marshall (Buyuk Britaniya), L. Valras (Shveysariya), J. Klark (AKD1), K. Viksel (Shvetsiya), A. Pareto (Italiya), P. Samuelson, K. Errou (AKD1) va b. Hozir jaqondagi iqtisodchilarning aksari-yat qismi Neoklassik iktisodiy nazariya tarafdorlaridir. Mazkur nazariya marjinalistik ta-moyillar asosida shakllanib, 20-a. dan Neoklassik iktisodiy nazariya deb nomlandi.

Neoklassik iktisodiy nazariyada raqobatli bozorda tovarlar, xizmatlar narxining shakllanishini va i. ch. omillarini oʻrganish uchun eng soʻnggi — meʼyoriy kattaliklar — meʼyoriy naflilik va meʼyoriy unum-dorlik, meʼyoriy tushumlar, meʼyoriy xarajatlar va b. tahlillari qoʻllaniladi. I. ch. omillari va tovarlarning bozor narxi ularning kamyobligi bilan bogʻliq. Neoklassik iktisodiy nazariya nuqtayi nazariga kura, meʼyoriy miqdorlar kishilar oʻzlarining iqtisodiy faoliyatida qabul qila-digan qarorlarida hal qiluvchi oʻrinni egallaydi. Neoklassik iktisodiy nazariyaning asosiy goyasi mukammal raqobat muvozanatli iqti-sodiyotni yaratadi degan qarashdan iborat. Shuningdek, bu nazariyada iqti-sodiyot tavsifiga mikroiqtisodiy yondashuvlar ustunlik qiladi. D. Rikardo va K. Marks davrida katta munozara-ixtiloflarga sabab boʻlgan daromadlarni taqsimlash nazariyasi masalasida neoklassiklar uni juda tinch va joʻn yoʻl b-n hal etadilar: har qanday i. ch. omili egasi bu omilning meʼyoriy unumdorligiga, yaʼni qoʻshimcha yollangan ishchi ishlab chiqargan yoki kapi-talning qoʻshimcha birligi yaratgan mah-sulotga teng daromad oladi. Neoklassik iktisodiy nazariya xar qanday bozorni talab va taklif egri chiziqlari yordamida tahlil qiladi. Talab va taklif egri chiziklari kesi-shadigan nuqta neʼmatlarning muvozanatli narxini va muvozanatli mikdorini koʻrsatib beradi.

A. Marshall 1890-y. da yozilgan «Iqtisodiyot tamoyillari» asarida «siyosiy iqtisod» tushunchasidan voz kechdi va «economics» tushunchasini qoʻlladi. Bu tushunchaning yuzaga kelishi iqtisodiyotni siyosatdan xalos qilish bilan barobar voqea edi. Chunki davlatning iqtisodiyotga aralashuvchi hamma vaqt ham samarali boʻlavermagan. 1902-y. dan boshlab «Ekonomiks» kursi Kembrij un-tida oʻqitila boshlandi. Yangi yoʻnalish tarafdorlari erkin raqobat va bozor gʻoyasini yana jonlantirdilar, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning rolini keskin cheklash kerakligini koʻrsatib berishdi. Neoklassik iktisodiy nazariya larning bir qancha maktablari mavjud: Avstriya maktabi, Lozanna (matematik) maktabi, Kembrij (ingliz) maktabi, Amerika maktabi. Keyingi davrda (P. Samuelson) «neoklassik sintez» konsep-siyasi xam paydo boʻldi. «Neoklassik sintez» bu aslida hozirgi neokeynschilik va neoliberal goyalarni ilk neoklassik karashlar bilan birlashtirib, uygʻunlashti-rilishidir.

Hoz. davrda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda Neoklassik iktisodiy nazariya iktisodiyot fanining amalda barcha muammolariga nisbatan qoʻllaniladi.

/Id: Razzoqov A. vab., Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi, T., 2002.

Abduxalil Razzoqov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x