Navoiyda maktabda sinf xonalari yetishmasligidan norozi boʻlgan ayollar yoʻlni toʻsib qoʻydi

Navoiyda maktabda sinf xonalari yetishmasligidan norozi boʻlgan ayollar yoʻlni toʻsib qoʻydi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Navoiy viloyat hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Xatirchida norozi xalq bosh koʻtardi” nomli video yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Hokimlikning maʼlum qilishicha, oʻrganishlar davomida 2021-yil 1-mart kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan 9 maktab yonida ota-onalar tomonidan namoyish oʻtkazilgan. Ular yoʻlning qatnov qismiga chiqib olib, tegishli mutasaddilar yetib kelmagunga qadar mashinalar harakatini toʻsib qoʻyishganligi maʼlum boʻldi.
Shu kunning oʻzida yarim soat ichida voqeadan xabar topgan tuman hokimi Gʻ.Aliyev hamda tegishli masʼullar hodisa joyiga borib, murojaatlarni oʻrgangan.
«11 nafar ayol oʻz farzandlarini maktabga tayyorlov guruhlariga ( 0 sinflar) qoʻyish uchun sinf xonalari yetishmaganligi tufayli shunday qilishganini taʼkidlashgan.
Muammolar joyida bartaraf etilib, sinf xonalar va oʻqituvchilar ajratilib, masala ijobiy hal etilgan», deyiladi xabarda.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x