NAVO

NAVO (nova) — yarim yoy shaklidagi bezak turi; shift bilan devor oraligʻidagi qayrilma egik shaklli hoshiya bezak. Milliy meʼmorlikda binolarning ichki va tashqi qismini bezashda ishlatiladi. Zamonaviy binolarning tashqi qismida tom bilan devor oraligʻida boʻrtib chiqib (devorga oqib tushadigan suvni toʻsib) turadi va binoga salobatli koʻrinish beradi. Navo bezagi ganch, yogʻoch, marmar va b. dan tayyorlanishi mumkin. Usta Shirin Murodovning ganchli ajoyib Navo namunalari Toshkent sh. dagi koʻpgina binolar (Navoiy teatri, Toshkent kuranti va b.) ni bezab turibdi. Xalq ustalaridan T. Arslonqulov, M. Usmonov, Sh. Gʻafurov, J. Hakimov, S. Norqoʻziyev, O. Fayzullayev va b. naqshli ganch, yogʻoch N. larni keng qoʻllagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x