NARSHAX

NARSHAX, Narjak, — Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi qad. qishloq. Ilk oʻrta asrlarda Narshaxda katta hisor (qoʻrgʻon) boʻlgan.

Muqanna qoʻzyulonittg markazlaridan biri shu qishlokda joylashgan. 776-y. apr. da Muqanna tarafdorlari bilan Buxoro amiri Husayn ibn Maoz lashkari oʻrtasida Narshaxda katta jang boʻladi. Xalifa Maxdiyning vaziri Jabroil ibn Yaqyo arablarga yordamga kelib, Narshaxni qamal qiladi. Toʻrt oylik janglarda Hosim Ahmad boshchiligidagi Muqanna tarafdorlari boʻlgan oq kiyimliklar gʻalaba qozonishtan. Birok, arablar hiyla yoʻli bilan Narshaxni egallab, qoʻzgʻolon rahbarlarini xoinlarcha oʻldirishadi. Bu paytda Narshaxning hokimi boʻlgan ayol kishi (erining nomi Sharaf boʻlib, u Abu Muslimnpng lashkarboshisi boʻlgan)ni ham Jabroil oʻldirtirgan.

Narshaxdan mashhur tarixchi olim Narshaxiy chiqqan. Narshax haqida Abu Saʼd asSamʼoniyning «Kitob al-ansob» asarida ham muhim maʼlumotlar mavjud (12a.). Hoz. N. Narchoqtepa nomi bilan mashhur.

Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi. T., 1966; Kamaliddinov Sh., «Kitob alansab» Abu Saʼda Abdalkarima ibn Muhammada as-Samʼani kak istochnik po istorii i istorii kulturы Sredney Azii, T., 1993.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x