NARKOTIK OʻSIMLIKLAR

NARKOTIK OʻSIMLIKLAR — tarkibida odamning markaziy nerv sistemasiga taʼsir koʻrsatadigan har xil sinfga kiruvchi organik moddalar (alkaloid, efir moyi, organik kislotalar, glikozidlar, saponin va b.) mavjud oʻsimliklar. Koʻpchilik Narkotik oʻsimliklardan olinadigan moddalar tibbiyot va vete-rinariyada davolash va ogʻriqsizlantirishda ishlatiladi. Taʼsir qiluvchi moddalari, asosan, alkaloidlar. Koʻpchilik Narkotik oʻsimliklar zaharli va ulardan olinadigan preparatlarning koʻp kabul qilinishi giyohvandlikka olib keladi. Narkotik oʻsimliklarning koʻpchiligi yuksak oʻsimliklarga kiradi. Koʻp turlari Jan. Amerika tropiklarida, Shim. Amerika va Markaziy Osiyoda uchraydi. Ularning ayrimlari dorivor ekinlar sifatida ekib oʻstiriladi (afyunli koʻknor, hind nashasi, maxorka, tamaki, xin daraxti, koka butasi), ayrimlari zaharli oʻsimliklar boʻlib, yovvoyi holda oʻsadi (bangidevona, afsonak, maral-quloq, shuvoqning baʼzi turlari). Yana q. Giyohvandlik vositalari.

Xolima Otaboyeva.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x