MUZ

MUZ — qattiq holatdagi suv. M. asli shaffof, rangsiz, faqat katta xajmdagisi moviyroq rangda. Qor va qirov ham aslida Muzdan iborat. Erish t-rasi — 0°. M. ning 0°dagi zichligi 0,9168 g/sm3, yaʼni suvnikidan kamroq, shuning uchun suvda choʻkmaydi. Muzning molekulyar tuzilishi boʻshliqlarni vujudga keltiradi va shu tufayli uning zichligi kam. 0° dagi Muzning erish issikligi 79,4 kal/g, sublimatsiya issikligi (qattiq holatdan toʻgʻridan-toʻgʻri bugʻga aylanishi) 677 kal/g, issiklik sigʻimi 0,487 kal/g. Toza Muz elektr oʻtkazmaydi. Muz plastik massa, t-ra pasaygan sari pla-stikligi kamayadi. Yuqori bosim taʼsirida (2000 atm dan boshlab) Muzning yangi krisgalli xillari vujudga keladi. Tabiatdagi Muz suvga nisbatan ancha toza boʻladi, chunki Muzda moddalar (1MN4Gʻdan tashqari) juda yomon eriydi. Muz tarkibida mexanik aralashmalar — qattiq zarralar, konsentratsiyalashgan eritmalarning tomchilari, gaz pu-fakchalari boʻlishi mumkin. Tuz kristallchalari va namakob tomchilari tufayli dengiz muzi shoʻrroq boʻladi. Yer sharida Muzning umumiy zaxirasi 30 mln. km3 chamasida. Quyosh sistemasidagi sayyoralar va kometalarda ham Muz borligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. Yer sharidagi Muzning aksari qismi qutbiy oʻlkalarda, asosan, Antarktidada toʻplangan (bu yerda Muzning qalinligi 4 km ga yetadi). Oʻrta Osiyo togʻlarining dengiz sathidan 3000 m dan baland joylarida muzliklar bor. Tekisliklarda esa qish sovuq kelgan paytlarda daryo va b. suv havzalarida paydo boʻladi. Ana shunday paytlarda, mas, Sirdaryo quyilish joyidan boshlab 2000 km masofada Muz b-n qoplanadi.

Muzning baʼzi xossalari boshqa moddalar xossalaridan keskin farq qiladi: bu esa tabiat jarayonlarida muhim rol oʻynaydi. Muz suvga nisbatan yengil boʻlganidan suv yuzidagi Muzlar daryolarni va b. suv havzalarini tubigacha muzlab qolishdan saqlaydi. Muz (0,45) va xususan qorning (0,95) yorugʻlikni qaytarish xossasi katta boʻlganidan Muz va qor bilan qoplangan hudud (har ikkala yarim shardagi yuqori va oʻrta kengliklarda yiliga oʻrta hisobda 72 mln. km2-maydonni Muz va qor qoplab yotadi) quyoshdan meʼyordagidan 65% kam issik,lik oladi va yer shari yuzasini sovitib turadigan kuchli manba hisoblanadi: hoz. iqlim zonalari koʻp jihatdan ana shu manbaga bogʻliq.

Atmosfera, suv ichi va ustidagi, yer yuzasidagi va Yer poʻstidagi Muz oʻsimlik hamda hayvonlarning yashash sharoiti va xayot faoliyatiga taʼsir qiladi. Muz bir qancha tabiiy ofatlarni keltirib chiqaradi (uchuvchi apparatlar, kemalar, inshootlar, t. y. va tuproqning muzlashi, doʻl urish, qor boʻronlari, qor bosishi, dare oʻzaniga muz tiqilib qolib toshqin boʻlishi, ekinlarni sovuq urishi va h. k.). Bunday zararli hodisalarni oldindan aytib berish, ularga qarshi kurashish va Muzdan turli maqsadlarda foydalanish (dalalarda qorni tutib qolish, muzdan kechuvlar, izotermik omborxonalar yasash, omborlarning yuzini qoplash va h. k.), gidrometeorologik va muhandisliktexnik bilimlarning, maxsus xizmatlar (muz razvedkasi, qor koʻchkilarini koʻchirish, doʻlga qarshi kurash ishlari)ning vazifasidir. Sport musobaqalari oʻtkazish maqsadida sunʼiy yaxmalaklar ishlanadi. Tabiiy Muzdan oziq-ovqat mahsulotlarini, biologik va tibbiy preparatlarini saklash hamda muzlatishda foydalaniladi. Muz larning yigʻindisi Yerning uzlukli poʻsti — kriosferani xrsil qiladi, ularning eng koʻp soni muzliklar shaklida mavjud. Muzni oʻrganish bilan glyatsiologiya, geokriologiya, qisman gidrologiya, meteorologiya va iqlimshunoslik fanlari shu-gʻullanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x