MUXATOV

MUXATOV Veli (Velimuhammad) [1916.22.4 (5.5), hoz. Ashxobod tumani] — turkman kompozitori, milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1951). Turkmaniston kompozitorlar uyushmasi raisi (1954—59). Ashxobod konservatoriyasini prof. (1987). Ijodida turkman xalq musiqa merosiga xos kuy-ohanglardan keng foydalanib, ularni professional mahorat bilan zamonaviy ifoda vositalari yordamida qayta ishlagan. «Turkmancha syuita» (1950), «Mening Vatanim» simfonik poemasi (1951), «Mahtumquli xotirasiga» simfoniyasi (1974), «Qonli ayirgich nihoyasi» operasi (1967) kabi yirik asarlar, shuningdek, xalq chol-gʻulari orkestri uchun poema, qoʻshiq va romanslar, badiiy va hujjatli filmlar uchun musiqalar yaratgan. Mahtumquli nomidagi Turkmaniston Davlat mukofoti sovrindori (1972).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x