Mutafakkirlar. Ahmad ibn Ali Nisoiy (830–915)


Post Views:
59

Abu Abdurahmon Ahmad ibn Ali ibn Shu’ayb Xurosonning Niso shahrida 830 yilda tug‘ilgan. Shu yerning mashhur olimlaridan dars olgan, Qur’onni yod olgan. Keyin talabi ilm yo‘lida 15 yoshligida Hijoz, Iroq, Shom, Misr va Makkaga yo‘l olgan. Bu shahar va mamlakatlar olimlaridan dars olgan. Hadis ilmi va hadislarni bilishda zamonasining peshqadamlaridan bo‘lgan. U Misrni ma’qul topib, o‘ziga vatan qilib oldi. Umri oxirida Damashqda yashadi. Bu yerda undan xalifa Muoviyaning fazilatlari haqida yozishni talab qilishdi. U esa Alining fazilatlari haqida kitob yozdi. Uni kaltaklab, qattiq azob berishdi, masjiddan chiqarib yuborishdi. Bundan keyin Nisoiy: “Meni Makkaga olib boringlar” degan. U yerga og‘ir ahvolda olib borishgan va 915 yilda Makkada vafot etgan. Safo va Marva orasiga dafn qilingan.

Nisoiy bir qancha asarlar yozib qoldirgan. Ulardan eng muhimlari:

1.“As-sunan al-kubro” (“Payg‘ambar sunnatlari haqida katta kitob”).
2.“As-sunan al-sug‘ro” (“Payg‘ambar sunnatlari haqida kichik kitob”).
3.“Al-Xasos” (“Xos narsalar”).

Ahmad ibn Ali Nisoiy hofizi Qur’on, shayxulislom, hadis ilmida zamonasining imomi bo‘lgan.

100 MARKAZIY OSIYO MUTAFAKKIRLARI
© O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi
© Toshkent islom universiteti
© «YANGI NASHR», 2011

https://shosh.uz/uz/mutafakkirlar-ahmad-ibn-ali-nisoiy-830-915-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x