MUSTELINUM GʻOʻZASI

MUSTELINUM GʻOʻZASI (Gossypium mustelinum Miers ex Watt.) — yovvoyi gʻoʻza turi. Genomi (AD)4, xromosomalar soni 2p=52. Birinchi marta Gardner taʼriflab bergan (1888). Jan. Brazili-yaningtogʻli joylarida uchraydi. Mustelinum gʻoʻzasi koʻp yillik, oʻsuv shoxlari kuchli rivojlangan, juda kalta tuklar bilan qoplangan buta. Hosil shoxlari kalta, 2—3 boʻgʻimli. barglari yashil, yirik, barg plastinkasi 3 ta, tuxumsimon-uchburchak, uchi nishtarsimon, boʻlakchali; tomir bezlari yirik, och yashil. Gullari oʻrtacha kattalikda. Gulyonbarglari mayda, uzun, ensiz shokilali. Koʻsaklari mayda, tu-xumsimon. Uchi oʻtkir, uch chanokli, sirti gʻadir-budur chuqurchali. Chigitlari mayda (0,5—0,8 mm), yashil qoʻngʻir tuklar bilan qoplangan, sertuk, qobigʻi toshdek qattiq. Tolasi siyrak, kalta, may-in, qoʻngʻir rang. M. gʻ. fotodavr oʻzgarishlariga juda taʼsirchan, u fakat kiska kundagina gullashi mumkin.

Abdumavlon Abdullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x