MUSIQA SHAKLI

MUSIQA SHAKLI — 1) keng (falsafiy, estetik) maʼnoda — muayyan gʻoyaviybadiiy mazmunni musiqada mujassamlashtiruvchi ifoda vositalari (kuy, ritm, garmoniya va b.) maj-mui;

2) tor maʼnoda — musiqa asarining ichki tuzilishi — kompozitsiyasn. Musiqa shakli badiiy obrazlarni namoyon etishda muayyan ijodiy prinsiplar (mas, kuy yoki mavzuni takrorlash, oʻzgartirish, qayta ishlash, yangi, keskin farklanuvchi kuy kiritish va b.)ga ta-yanadi. Ogʻzaki anʼanadagi musiqada, shuningdek, vokal, teatr, kino musiqalarida sof musiqiy omillar bilan birga mazkur sanʼat turlariga xos (mas, sheʼriy asar tuzilishi, sahna asari dramaturgiyasi, kinofilm montaji kabi) kompozitsiya xususiyatlari ham muhim oʻrin tutadi. Dasturli (muayyan mavzuli) musiqa asarlari (mas, simfonik poema, ballada)la Musiqa shakli umumiy syujetga mos ravishda oʻzgaradi. Musiqa shaklining eng kichik ifodaviy birligi ohang, birlamchi tugal musiqa tuzilmasi mavzudir. Har bir asardagi kompozitsiya oʻziga xos koʻrinishga ega boʻlsada, Musiqa shaklining ayerlar davomida rivojlanib, qonunlashgan turlari mavjud (davr, kuplet, ikki qismli, uch qismli shakl, sonata shakli, variatsiya, rondo, fuga va b.). Shuningdek, bir qismli aralash (rondosonata), koʻp qismli turkum M. sh. lari tarqalgan (syuita, sonata turkumi va b.). Yirik vokalsimfonik (oratoriya, kantata, messa va b.) va musiqali sahna (musiqali drama va komediya, opera, balet) asarlari koʻp qismdan tashkil topadi. Ularning ayrim qismlari (uvertyura, ariya va h. k.), odatda, uncha murakkab boʻlmagan Musiqa shakli larida yoziladi.

Sharq (jumladan, Oʻrta Osiyo) xalqlarining ogʻzaki anʼanadagi professional musiqasida turli xil Musiqa shaklilari mavjud boʻlgan (amal, kor, savt, peshrav va b.).

Ad.: Rajabov I., Maqomlar masalasiga doyr, T., 1963; Asafyev B., Muzыkalnaya forma kak protsess, 2 izd., M., 1971; Sposobin I., Musiqa shakli [Maxsus muharrir F. Gʻafurbekov], T., 1982.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x