MUSHUKSIMONLAR

MUSHUKSIMONLAR (Felidae) – yirtqich sut emizuvchilar turkumi oilasi. Kattaligi har xil. Boshi yumaloq, dumi odatda uzun. Oyoqlari nisbatan uzun, barmoklarida yuradi. Oldingi oyoklari 5 barmokli (1barmogʻi boshqalaridan balandroqda joylashgan), orqa oyoklari 4 barmokli. Tirnoklari yurganida oyogʻi ichiga tortiladi (ge-pardlarda tortilmaydi). Yirtqich, tunda faol hayot kechiradi, yirtqich tishlari yaxshi rivojlangan, oziq tishlari oʻtkir qirrali. Juni odatda qisqa, har xil rangli. 4 urugʻ (yirik mushuklar, mushuklar, qor qoplonlari, gepardlar), 36 turi Avstraliya va Antarktidadan tashqari barcha qitʼalarda tarqalgan. Oʻzbekistonda 8 turi (irbis, gepard, silovsin, qorakulok, toʻqay mushugi, manul, qum mushugi, yovvoyi mushuk) yashaydi. Koʻpchiligi yiliga bir marta 1—7 tadan bola tugʻadi. Oʻljasiga pana joyda poylab turib tashlanadi. Koʻpchilik turi tutqinlikda ham koʻpa-yadi. Ayrim turlari moʻynasi uchun ovlanadi; chorvachilikka qisman ziyon keltiradi. 15 turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x