MUSHUKLAR

MUSHUKLAR (Felis) — mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchilar urugʻi. Boʻyi dumgʻaza qismida yagʻriniga nisbatan baland. Tirnoqlari toʻliq tortiladi. Yevrosiyo, Afrika, Shim. va Jan. Amerikada tarqalgan; 30 turi, jumladan, Oʻzbekistonda 6 turi (silovsin, qoraquloq, toʻqay mushugi, manul, qum mushugi, yovvoyi mushuk) bor. Kuyikish davrida erkaklari baland ovoz b-n miyovlaydi va bir-biri bilan urishadi. Yiliga 2-marta 1—7 tadan bolalaydi. Yangi tugʻilgan bolasining koʻzi yumuqboʻladi. Mushuklarning koʻpchilik turlari mayda sut emizuvchilar (kemiruvchilar) va qushlar b-n, Sumatra M. i oʻsimliklar mevasi, baliqchi M., asosan, baliq bilan oziqlanadi. Ayrim turlarining (mas, silovsin) moʻynasi qimmatbaho. Liviya M. i kenja turi barcha xonaki Mushuklarning nayel boshi hisoblanadi. Xonaki Mushuklar kemiruvchilarni qirib, foyda keltirsa, qushlarni yeb zarar keltiradi. 7 turi va 4 ta kenja turi Xalqaro Qizil kitobga, Oʻzbekistonda uchraydigan barcha turlari ham Qizil kitobga kiritilgan (yana q. Xonaki mushuklar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x