MUSHK

MUSHK, ipor, ufor, muskus — hayvon yoki oʻsimliklarning oʻtkir hidli moddasi. Hayvon Mushki M. bezlaridan hosil boʻladi. Hayvon oʻzi yasha-yotgan hududni belgilashda, oʻz turiga mansub boshqa jinsli hayvonlarni jalb qilishda va b. hollarda kimyoviy signal vazifasini oʻtaydi, shuningdek, suvda yashaydigan baʼzi sut emi-zuvchi hayvonlarda junini moylashga xizmat qiladi. Oʻsimlik Mushki kovrak ildizi, gulhayrilar mevasi va b. dan olinadi. Hayvon Mushk ining hid beruvchi moddasi asosi makrotsiklik ketonlardan, oʻsimlik Mushk iniki — makrotsiklik lakton (tibetolid, ambrettolid) lardan iborat. Mushkdan parfyumeriya sanoatida foydalaniladi. Tabiiy Mushk oʻrniga kuchli hid taratadigan sintetik moddalar (mas, ksilol-M., keton-M. va b.) ham ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x