MUROM

MUROM — RF Vladimir viloyatidagi shahar. Oka daryosining chap sox. ilidagi pristan. T. y. tuguni. Aholisi 144 ming kishi (1998). Murom muhim sanoat markazi. Mashinasozlik (teplovoz, elektrovoz, «Oka» sovitkichlari), radio (radiola, avtomobillar uchun radiopriyomniklar, elektr musiqa asboblari), yogʻochsozlik (faner k-ti), zigʻir tola, yigiruv-toʻquv, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Tibbiyot va ped. bilim yur-tlari, Vladimir-Suzdal tarixiy-meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasining fili-ali, tasviriy sanʼat akademiyasi, I. S. Kulikov uy-muzeyi bor. 12-a. oʻrtalaridan 15-a. ning boshlarigacha Murom knyazligining markaziy shahri . 1778-y. dan uyezd shahri. Muromda 16—19-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklardan Kosma va Damian cherkovlari (16-a.), Troisk monastiri (17-a.) saqlanib qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x