MURABBO

MURABBO — hoʻl meva, rezavorlar hamda shakardan tayyorlanadigan shirinlik. Ishlatiladigan meva turlariga qarab behi M., anjir M., nok M., olma M., uzum Murabbo, olxoʻri M., olcha M., qulupnay M., qovun M., sabzi M. va b. turlari bor. Behi Murabbo — behi 4 ga boʻlinib, urugʻi olib tashlanadi, soʻngra eni 0,5 sm keladigan tilimchalar kesiladi va krzoniga solib ustidan koʻmib turadigan qilib suv quyiladi, bir qaynab chiqqach, chovli bilan suzib olinadi, sharbati suzgichdan oʻtkaziladi. Qozonga shakar solib ustidan behi sharbati quyiladi (1,2 kg shakarga 0,5 l sharbat) va kiyom kaynatiladi. Qaynab turgan qiyomga suzib olingan behi solinadi. Murabbo 5—6 min. qaynagach, olovi pasaytiriladi va qiyom qizil tusga kirguniga kadar pishirish davom ettiriladi. 1kg behiga 1,2 kg shakar kerak. Olxoʻri M . — yaxshi pishgan olxoʻrining bandlarini olib tashlab, issiq suvga 5—6 min. solib qoʻyiladi. Soʻngra olxoʻrining bir necha yeri teshiladi (baʼzan pichok, bilan oʻrtasidan tilinadi). Qiyom alohida tayyorlanadi. Issiq qiyomni olxoʻri ustidan quyib, 15—20 soat olib qoʻyiladi. Uchinchi marta qiyom meva bilan birga qaynatiladi. 1 kg olxoʻriga 1,2 kg shakar, 0,5 l suv, tayyor Murabboga qoʻshish uchun 10—15 tomchi olxoʻri essensiyasi kerak.

Murabbo pishirish uchun qiyomning sifati katta ahamiyatga ega. Murabbo batamom pishgan boʻlsa, meva idish yuzasida qalqimasdan qiyom ichida bir tekis tarqaladi, qiyom esa tiniq tusga kiradi, sifatli qiyom tomchisi sovuq suvga tomizib koʻrilganda darrov erib ketmaydi. Murabbo taʼmi va rangini yaxshilash uchun mevalar essensiyasi, limon kislotasi, vanilin, zaʼfaron va b. solinadi.

Ad.: M ahmudov. K., Oʻzbek tansik, taomlari, T., 1989.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x