MUQOM

MUQOM (maqom soʻzidan) — uygʻur mumtoz musiqasining asosiy janri. Rok, Chabbiyat, Mushovirak, Charigyah (Chorgoh), Panjigyax, Oʻzhol (Uzzol), Ajam, Ushshak, Bayot, Nava, Sigyah va Iroq deb nomlanuvchi 19-a. da shakl topgan 12 Muqom turkumi mavjud. Muqom larning har biri muayyan mavzu bilan bogʻliq cholgʻu, ashula va raqs kuylari turkumidan iborat yirik shakldagi asarlardir. Har bir Muqom oʻziga xos pardada ijro etilib, muqom boshi, choʻng nagʻma, doston nagʻma (doston margʻuli b-n) vamashrap nagʻma qismlaridan tashkil topgan. Muqom boshi va choʻng nagʻmadagi ashula yoʻllari, asosan, mumtoz (Navoiy, Zaliliy, Nozimiy, Huvaydo, Mashrab va b.) sho-irlarning gʻazallari bilan aytiladi. Doston nagʻmalarning ashula yoʻllari uy-gʻur dostonlari qoʻshiklariga hamohang boʻlib, uygʻur xalq lirik-epik asarlari matnlari bilan ijro etiladi. Mashrap nagʻmalarning kuy-ohanglari toʻysayil, davra (mashrap)larda ijro etiladigan raqsbop qoʻshiklardan iborat. Muqomlar ijrosida hofiz (M. boshi), ashulachi va sozandalar guruhi (qolgan qismlarda) hamda raqqosalar guruhi (Mashrap nagʻma) qatnashadi, asosan, tanbur, sato, dutor, rubob, chang, dap (doira), nay kabi musiqa cholgʻu asboblaridan foydalaniladi. Uygʻur 12 Muqom ining Doʻlan, Qashqar, Turfon, Xoʻtan, Ili M. lari kabi mahalliy turlari mavjud. Ular bir-biridan parda tuzilmalari, kuy-ohanglari, ichki tarkibi bilan farklanadi. Muqom larning bizgacha yetib kelishida Halim va Salim (19-a.), Muhammad Ahmad Boqi oʻgʻli (Oxunim Korushong, 1849—1926), Turdi Oxun (1881—1956), Roʻzi tanburlarning xizmati katta. Turdi Oxun rahbarligidagi Muqom chilar ijrosida 1951—54 y. lari Sharqiy Turkiston (Sinszyan)da 12 Mlarning Qashqar varianti yozib olingan va Pekinda nota yozuvida nashr etilgan. Oʻzbekiston teleradiosida Roʻzi tanburning shogirdlari M. Hasanov, N. Nosirov, Q. Rozi (Muhammedov), F. Qodirxoʻjayev, S. Rozamovlardan 12 Muqom larning Ili varianti yozib olingan (1968—72) va grammplastinkada chiqarilgan. Uygʻur Muqom larini A. Hoshimov tadqiq etib kelgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x