MUQADDAS UCHLIK

MUQADDAS UCHLIK, troitsa — 1) xristianlikning asosiy aqidalaridan biri. Unga koʻra, xudo mohiyatan yagonadir, lekin u 3 qiyofada namoyon boʻladi: ota-xudo, oʻgʻil-xudo (Iso Masih), muqaddas ruhxudo. Muqaddas uchlik aqidasi 1 – (325-y.) va 2 – (381-y.) Jahon soborida rasmiylashtirildi. Koʻp sektalar ratsionalistik mavqedan turib uni inkor etdilar;

2) xristianlikning asosiy bayramlaridan biri. Pasxadan keyin 50kuni nishonlanadi. Bu bayram shu kuni apostollarga «muqaddas ruh» tushishi sharafiga belgilangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x