MUNIS

MUNIS Xorazmiy (taxallusi; asl ism-sharifi Shermuhammad Amir Avazbiy oʻgʻli) (1778 — Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻi — 1829) — shoir, tarixnavis, tarjimon, xattot va maʼrifatparvar. Dastlabki maʼlumotni tugʻilgan qishlogʻida olgan, keyinchalik Xiva madrasalarida oʻqigan. 1800-y. da otasi vafot etgach, Avaz Muhammad Inoq M. ni saroyning farmonnavis kotibi qilib tayinlagan. Munis zamonasining mashxur olim, shoir va sanʼatkorlari bilan yaqin aloqada boʻlib, bilimi, salohiyati va kuchquvvatini sheʼriyatga, ilm-fan va maʼrifatga bagʻishlagan. Munis 1804-y. dabirinchi sheʼrlar devoni — «Devoni Munis»ni yaratgan. 1806-y. da Eltuzarxon M. ga Xiva xonligi haqida kitob yozishni topshirgan. Munis oʻz asarini Shergʻozixon davrigacha yozib yetkazganda, Eltuzarxon fojiali halok boʻladi. Munis kitobini davom ettiradi va 1819-y. da Mirxondning «Ravzat ussafo» («Soflik bogi») tarixiy asarini turkiy tilga tarjima qilishni boshlaydi. Munis bu asarning 1jildini tarjima qilishga ulguradi. U bu ikki asarni ham tugata olmay vafot etadi. Uning «Firdavs ul-iqbol» («Baxtlar bogi») asarini va «Ravzat ussafo» tarjimasini shogirdi Ogahiy nihoyasiga yetkazadi. Munisning «Firdavs ul-iqbol» asari uzok, davrni kamrab olgan boʻlib, Markaziy Osiyo, ayniqsa, Xiva xonligi tarixini oʻrganishda qimmatli manbadir. Asarda Xorazmning qad. davri bilan bir qatorda, Xiva xonligining 1825 . y. gacha boʻlgan siyosiy tarixi bayon etilgan, tojtaxt, boylik uchun olib borilgan kurashlar va, shuningdek, Xiva xonlarining qoʻshni turkman va qoraqalpoq xalqlari b-n boʻlgan mu-nosabatlari haqida ham koʻplab maʼlumotlar keltirilgan.

Asar muqaddima, 5 bob va xotimadan iborat. 1-bobda Odam Atodan to Nuh paygʻambar avlodigacha boʻlgan qodisalar yoritilgan. 2-bobda Yofasdan Qoʻngʻirot shoʻbasigacha boʻlgan moʻgʻul hukmdorlari davri xususida fikr yuritilgan. 3-bobda Kurlos avlodiga mansub pod-shoxlar davrida sodir boʻlgan voqealar toʻgʻrisida yozilgan. 4-bobda Eltuzarxonning ota-bobolari xayoti tasvirlangan. 5-bobda Eltuzarxonning tugʻilishidan bu asarning yozilib tamom boʻlishiga qadar boʻlgan voqealar xususida qalam tebratilgan. Xotima esa olimlar, avliyo, amir, bek, shoir, hunarmandlar xaqida maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.

Munis oʻz davridagi sugʻorish inshootlari va yersuv munosabatlariga doir «Arnalar» (arna-anhor, kanal) nomli risola ham yozgan. Bu risola 18-a. oxiri va 19a. boshlaridagi dexdonchilik bilan bogʻliq, ijtimoiy munosabatlarni oʻrganishda ahamiyatli. Munisning asosiy adabiy merosi — 1815—20 y. larda tuzilgan «Munis ul-ushshoq» («Oshiklar doʻsti») devoni gʻazal, muxammas, kasida, ruboiy, qitʼa va b. janrlardan iborat boʻlib, 20000 dan ziyod misrani oʻz ichiga olgan. U xattotlar tomonidan qaytaqayta koʻchirilib, 1880-y. da Xiva toshbosmasida nashr etilgan.

M. Navoiyning «Mezon ul-avzon», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» asarlarini kitobat qilgan (1794, 1797). Ayniqsa, «Mezon ul-avzon»ni oldingi ayrim xattotlar yoʻl qoʻygan xatolarni tuzatib, savodli koʻchirgan. Bu uning aruz ilmining xos bilimdoni ekanligidan ham dalolat beradi.

Munisning savod chiqarishni yengillatish va xusnixat sanʼatini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan «Savodi taʼlim» (1804) sheʼriy risolasi ham bor. Devonlarining bir necha qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston FA Sharq-shunoslik in-ti Sharq qoʻlyozma asarlari fondida saqlanadi.

As: Tanlangan asarlar, T., 1957.

Ad.: Yunusov M., Munis Xorazmiy, T.. 1953; Karimov Gʻ., Oʻzbek adabiyoti tarixi, 3kitob, T., 1966; Maʼnaviyat yulduzlari, T., 2001.

Nusratullo Jumayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x