MULLIT

MULLIT — 1) silikatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi doim bir xil emas (ZA12O3 – 2SiO2). Romb singoniyali. Qattiqligi 6—7; zichligi 3,2 g/ sm3. Erish t-rasi 1810°. Sof Mullit rangsiz; temir va titan oksidi qoʻshilganlari pushti va koʻk rangda. Mullit A12O3 ning SiO2 bilan yagona birikmasidir; yukori t-para bardoshli. Tabiatda kam uchraydi. Tabiiy sharoitda yukori t-rada kaolin va sillimanit guruhidagi minerallardan hosil boʻladi. Mall (Mull, Shotlandiya) o. dagi toʻrtlamchi davr lavalarida yuqori t-rada erigan gilli qoʻshimchalarda topilgan. Elektr pechlarda giltuprok va kvarsning, shuningdek, kianit, sillimanit va andaluzit aralashmasini eritib olinadi. Oʻzbekistonda Mullit Angren qoʻngʻir koʻmirkaolin konida uchraydi. U konda sodir boʻladigan yer osti yongʻinlari (gliyej) natijasida hosil boʻladi;

2) sintetik Mullit olovbardosh material lar, chinni va b. tex. mahsulotlar olishda muhim qoʻshilma hisoblanadi; elektr pechlarda alyuminiy silikatlarini eritib olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x