MULLA ABDULQAHHOR

MULLA ABDULQAHHOR, Qahhorbek (1884, Gʻijduvon tumanidagi Saidkent qishlogʻi — 1924, Qizilqum) — Buxoroda kizil armiyaga qarshi harakat rahbarlaridan biri, yirik ulamo. Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil olgan. Buxoro bosqinip&n soʻng, sobiq xukmdor Sayd Olimxonnint farmoni b-n M. A. Gʻarbiy Buxorodagi 15000 nafar askarga Bosh qoʻmondon qilib tayinlandi (1920-y. kuzi). Uning rahbarligida Buxoro, Karmana, Nurotadagi 20 dan ortiq qoʻrboshi guruxlari birlashtirildi.

1921-y. da M. A. Gʻijduvon, Shofirkon, Vobkent, Romitanda oʻz hokimiyatini oʻrnatgach, Nurota viloyatiga yurish qildi. Oʻz qarorgohini Nurotada joylashtirgach, bu yerdan atrof tumanlarga vakillarini joʻnatib, aholini qizil askarlarga qarshi kurashga koʻtardi. Sayd Olimxonning yozishicha, bu paytda uning qoʻl ostida 25000 yigit toʻplangan. M. A. Buxoroga yurish qilib uning bir kismini egalladi, Bahouddin Naqshband ziyoratgohini qizil askarlardan ozod qildi (1922-y. mart). Biroq, Turkiston fronti jangchilari, Zakaspiydan yetib kelgan S. M. Budyonniynnng otliqarmi-yasi va qizil askarlarning boshqa kuchlari Mulla Abdulqahhor qoʻshinini Buxorodan siqib chiqardi. Bu magʻlubiyatdan soʻng u 1923 — 24 y. larda oʻz harakatlarini Karmana va Nurota viloyatlarida yana faollashtirdi. Mulla Abdulqahhor bilan Ibrohimbek va Sayd Olimxon oʻrtasida doimiy aloqalar boʻlgan. Mulla Abdulqahhor va Sayd Aʼzam Xoʻja imzolari bilan «Buxoro, Turkiston va Kavkazning barcha musulmonlariga» murojaatnoma chiqariltan (1924-y. mart). Kizil askarlar bilan boʻlgan toʻqnashuvlarning birida (1924.21.6) u ogʻir yarador boʻldi va magʻlubiyatga uchradi. 1924-y. yozi va kuzida Gʻijduvon tumanining Gʻishti va Katta Gʻamxoʻr qishlokdarida, Nurota togʻlarida, Shofirkon tumaniga tutash Kizilqumning Jilvon qumliklarida qattiq toʻqnashuvlar boʻldi. Kizilqumda boʻlgan ana shunday janglarning birida Mulla Abdulqahhor halok boʻldi. Ad.: Amir Sayyid Olimxon, Buxoro xalqining hasrati tarixi, T., 1991; Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2-kitob [Oʻzbekiyeton sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Rajabov Q., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.

Qahramon Rajabov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x