MULKDOR

«MULKDOR» — haftalik iqtisodiy gazeta. 1994-y. 31 avg. da «Yogʻdu» nomi bilan chiqa boshlagan. 1995-y. 21 yanv. dan qozirgi nomda. Muassislari: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Koʻchmas mulk birjasi va «Matbuot tarqatuvchi» ak-siyadorlik kompaniyasi. Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davridagi iqtisodiy islohotlarning borishi, kichik va oʻrta biznesning faoliyati, ishbilarmonlar, dehqon va fermerlarning ilgʻor tajribalari keng yoritiladi. Bevosita kichik va oʻrta biznes tuzilmalariga oid xuquqiy-normativ hujjatlar, jahon iqtisodiyotiga doir maʼlumotlar, mahsulotlar va xizmatlar reklamasi, xorij iqtisodiy yangiliklari, turli mavzulardagi ilmiy-ommabop maqolalar eʼlon qilinadi. Gaz. ning «Tadbirkor va huquq», «Mulkdor — sport» kabi ilovanashrlari bor. Gaz. 16 sahifa (A-3 bichim)da bosiladi. Adadi 3,5 ming nusxa (2003). Bosh muharriri Mulkdor Abdurahmonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x