MUJTAHID

MUJTAHID (arab. — intiluvchi, gʻayrat qiluvchi) — oʻrta asrlarda islomda ijtihod huquqiga ega boʻlgan, yaʼni mustaqil ravishda liniy aqidaviy va huquqiy masalalar boʻyicha xulosa bera oladigan va hukm chiqara oladigan shaxs. Sunniylarda diniy huquq mazhablarining asoschilari, shialarda yuqori martabali ruhoniylar va diniy huquqshunoslar Mujtahidlar deb ataladi.

Islom ulamolari ittifoqiga koʻra, Muhammad (as)ning koʻp sahobalari ham Mujtahid boʻlganlar. Chunki keyingi avlodlar ulardan islomning avvalidagi fikdiy ilmlarni olganlar. 8-a. ning 2-yarmidan boshlab mazxab asoschilari va ularning usullarini ishlab chiqqan izdoshlari Mujtahid deb atala boshlangan. Mujtahidlar 3 darajaga ajratilgan: 1. Shariat darajasidagi Mujtahid (mujtahid fish-shar); u amaliyotda qoʻllagan manbalarini oʻzi aniqlagan, oʻzi sharhlagan. U hech kimning eʼtirozini qabul qilmasligi mumkin boʻlgan. 2. Mazhab darajasidagi Mujtahid (mujtahid filmazhab); u har qanday masalani faqat oʻz mazhabi asoschisi manbalariga suyangan holda hal etgan. 3. Ayrim masalalarni yechish darajasidagi Mujtahid (mujtahid fi-ttarjix); u oʻzidan avvalgi Mujtahidlar hal etmagan masalalarni tadqiq etish huquqiga ega boʻlgan. Agarda koʻrilayotgan masala boʻyicha hukmlar bir necha boʻlsa, u oʻzining ilmiy salohiyatiga koʻra ulardan birini quvvatlashi mumkin boʻlgan. Mujtahid darajasiga daʼvogar faqih fiqxiy bilimlarni mukammal egallagan, boshqa Mujtahidlar bilan boʻladigan munozaralarda va ommaviy chiqishlarda oʻz qarashlarini himoya qilishi lozim boʻlgan. Undan tashqari, Mujtahid arab tilini mukammal egallagan, Qurʼon va uning tafsilotlarini yod olgan, kamida 3 ming xadisni sharhlari bilan bilishi shart boʻlgan. Mujtahid odob-axloqi, turmush tarzi namunali boʻlishi lozim. Hatto islomning dastlabki davrlarida ham faqihlar ijtihodning birinchi va ikkinchi darajasiga kamdankam hollarda erishganlar. Koʻpincha ular vafotidan soʻng shu darajada eʼtirof etilganlar. 11 – a. dan boshlab «ijtihod eshiklari yopilgach» diniy va huquqiy masalalar boʻyicha mustaqil fikr yuritish mumkin boʻlmay qoldi. Sunniylikda oliy darajadagi Mujtahidlar deb mazhablar asoschilari eʼtirof etiladi. Hoz. vaqtda ayrim muftiylar, yirik jamoa (qavm)lar rahbarlari, diniy un-tlar rektorlari va b. baʼzan uchinchi darajadagi Mujtahid deb eʼtirof qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x